Mavzu: Intelektual bilimlar haritasini yaratishda Web 2.0/3.0 xizmatlaridan foydalanish metodikasi Amaliy mashg’ulot-5.
MOODLE DA O’QUV JARAYONINI TASHKILLASHTIRISH.
AMALIY ISH. Ishdan maqsad: Talabalarga : Moodle da o’quv jarayonini tashkillashtirish ko’nikmasini shakllantirish.Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar bilan ishlashni o’rgatish va ular haqida nazariy bilimlar berish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Bilim va ko’nikmalarga talablar: Talabalar Moodle da o’quv jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi tizimlardan foydalangan holda elektron ta’lim muhitini tashkillashtirish, virtual ta’lim tizimlari,uning komponentlari haqidagi ma’lumotni ko`rsatishni bilishlari lozim, shuningdek tizimlar haqida ma’lumotga ega bo`lishlari talab etiladi.
Tajriba mashgulotni o’tkazish uchun kеrakli jixozlar: Pеntium-IV kompyutеr, printеr va kompyuter dasturlari.
ISH REJASI: Moodle tizimi bilan ishlash.
Tizimlar va ularning tamoyillarga rioya qilish.
Barcha etaplar uchun ma’lumotga ega bo’lish.
tizimlar haqidagi ma’lumotni ko`rsatish va ularni qo`yish va h.z.
Keltirilgan reja asosida mustaqil hisobot yozing.
Ishni bajarish uchun namuna
Moodle da o’quv jarayonini tashkillashtirishni o’rganish uchun Moodle bilan ishlash kerak.
Shu sababli tizimda ishlash uchun avval Moodle ning ish joyini tashkillashtirish kerak.
Tizimda ishlash orqali malaka va ko’nikmani hosil qilish uchun har hil variantlari mavjud.
Sizning shaxsiy kompyuteringizda Moodle lokal ko’rinishda o’rnatilgan bo’lishi mumkin
Siz ishlayotgan OTM Moodle o’rnatilgan bo’lishi va sizga tizimga kirish uchun login va parol bilan ta’minlangan bo’lishingiz mumkin.
3. Internet muhitida ma’lum bir axborot tizimlari (servislar) orqali Moodle ni o’rnatilgan versiyasi bilan to’g’ridan to’g’ri ishlashingiz mumkin. Ayrim tizimlar bepul ishlash imkoniyatini beradi ayrimlari esa 30 kun davomida MOODLE imkoniyatlari bilan to’liq tanishish imkoniyatini yaratadi. Bu o’quv modulida moodle ishlash ko’nikmasini shakllantirish uchun va tizim orqali tinglovchilarning o’zlarining shaxsiy o’quv kurslarini yaratishlari va yaratilgan kursni taqdimot etishlari uchun yetarli bo’ladi deb hisoblaymiz.
Biz bu o’quv modulimizda 3- bandda keltirilgan yo’l orqali ishlashni o’rganamiz.
Internet muhitida Moodle o’quv jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimlari bir nechatasi mavjud. Bu axborot tizimlari foydalanuvchiga Moodle barcha xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Internet muhitida Moodle tizimini testlash imokniyatini beruvchi axborot tizimlari bilan tanishib chiqaylik:
1. Moodle.org – Moodlening rasmiy sayti bo’lib, bu saytning demo bandi orqali, tizimning barcha xususiyatlarini onlayn ravishda 1 soat davomida tanishib chiqish imkoniyatini beradi. Har bir soatda tizim yangilanib turadi. Lekin foydlanuvchi bir soat ichida foydalanuvchi administrator, o’qituvchi, kurs yaratuvchisi, tyutor, o’quvchi, mehmon, ota ona rollarida kirishi va tizimning barcha imkoniyatlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini beradi.
Moodle.org sayt nomini brauzerning adresslar kiritish joyiga yozamiz. Natijada qo’yidagi sayt yuklanadi:
Yuqori bandidan DEMO bandini tanlaymiz:
Natijada qo’yidagi sahifa yuklanadi:
Bu yuklnagan sahifandan ―Mount Orange School‖ havolasini tanlaymiz va qo’yidagi oyna yuklanadi:
Qo’yidagi oynadan tizimga kirish uchun login va parollar rollar kesimida beriladi.
Tegishli rollardan birini tanlagan holda tizimga kiriladi.
Agar biz tizimga o’qituvchi rolida kiradigan bo’lsak, tizimda mavjud o’quv kurslari ro’yixati chiqadi. Shu ro’yihatdan biror bir kursni tanlaymiz. Natijada biz shu tanlagan kursga ―o’qituvchi‖ rolida kiramiz va qo’yidagi oyna yuklanadi:
Bu yerda Moodle da yaratish mumkin bo’lgan o’quv kursining ko’rinishi keltirilgan. Siz bu kursdagi o’quv materiallarni tahrirlashingiz yoki biror bir dars elementlarini yuklashingiz mumkin bo’ladi. Taxrirlash jarayonini boshlash uchun siz
Turn editing on tugmasini bosishingiz kerak bo’ladi. Natijada O’quv kursining ko’rinishi qu’yidagi ko’rinishga o’tadi:
Tahrirlash imkoniyatini beruvchi elementlar paydo bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan usul orqali ya’ni Moodle.org sayti orqali tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishimiz va bu saytda o’quv materiallarni shakllantirishimiz uchirishimiz har xil o’quv elementlarini kiritish imkoniyatiga ega bulamiz. Yana eslatib o’tamiz bu yerda kiritilgan o’zgarishlar har bir soatda yangilanib boshlang’ich holatga kelib turadi.
1. Keyingi axborot tizimlaridan biri https://www.gnomio.com/ sayti hisoblanadi. Saytning umumiy ko’rinishi qo’yida keltirilgan:
Bu axborot tizimi orqali Siz o’zingizning elektron ta’lim tizimini yaratishingiz mumkin bo’ladi. Moodle.orgsaytidan farqli o’laroq bu axborot tizimi orqali yaratilgan kurslar o’chirilmaydi. Agar siz bu tizim orqali ochilgan o’quv kurslarga umuman kirmasangiz, u holda yaratilgan saytingiz o’chirilib tashlashi mumkin.Tizimdan foydalanganingiz uchun hech qanday pul to’llash shart emas.
Tizimda ishlashingiz uchun qo’yida keltirilgan ishlarni amalga oshirishingiz kerak bo’ladi:
Rasmda ko’rsatilgan joylarga o’zingizning elektron ta’lim tizimingizning domen nomini va shaxsiy elektron pochtangizni kiritishingiz kerak bo’aldi. Natijada siz 3- уровен dagi domenli saytga ega bo’ladsiz. Bu axborot tizimi Siz uchun avtomatik ravishdaMoodle ning oxirgi versiyasini avtomatik ravishda o’rnatilgan versiyasini admin rolida parol va loginlarini pochtangizga generatsiya qilib yuboradi. Natijada siz bu sayt orqali o’zingizning shaxsiy loyihalaringizni shu yerda tajribalarni amalga oshirishingiz, tizimning imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi. Tizimdan foydalanishdan oldin Tizim haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni maslahat qilib qolar edik.
Bu sayt orqali yaratilgan sayt qo’yida keltirilgan:
https://maktab.gnomio.com/
Navbatdagi axborot tizimlaridan biri http://www.keytoschool.com/ sayti hisoblanadi. Bu sayt orqali Siz Moodle ning imkoniyatlaridan 1 oy davomida ishlashingiz mumkin bo’ladi. Bu tizim orqali ro’yihatdan o’tganingizdan so’ng 10 daqiqadan 60 daqiqagacha sizga ajartilgan xosting va domen aktivlashtirilib berilishi mumkin, shu sababli ozgina vaqt bo’lsada kutish kerak bo’ladi.
Keytoschool saytining umumiy ko’rinishi.
keytoschool.com saytidan ro’yihatdan o’tishvaqtida chiqadigan muloqat oynasi. Yuqorida keltirilgan muloqat oynasidan ohirgi bandni tanlashni (―Iwanttouseafreesubdomain”) sizga tavsiya etamiz.
Bu bandni tanlaganigizdan keyin sizdan domen nomini kiritishingiz so’raladi. Siz o’zingiz domenni o'ylab topib kiritasiz.
Ro’yhatdan o’tganingizdan so’ng albatta pochtangizni ochib tekshiishingiz va pochtangizga aktivlashtirish uchun kelgan xatdagi havolani aktivlashtirishingiz kerak bo’ladi.
Yuqoridagi oyna yuklanadi, продолжит tugmasini bosing va o’zingiz haqingizda ma’lumotlarni to’ldiring.
Ma’lum bir vaqtdan keyin pochtangizni ochsangiz siz yaratgan domen va administartor rolida ishlashingiz uchun login va parollarni qabul qilib olishingiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tizim orqali so’ralayotgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin Sizning pochtangizga aktivlashtirish uchun xat jo’natiladi. Aktivlashtirgandan keyin Sizga 3 ta xat keladi. Bu xatda Siz uchun tizimga kirish parol va loginlari keladi. Tizimning to’liq ishlashi uchun ro’yhatdan o’tgandan keyin 10-60 daqiqa kutishingiz kerak bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan usullardan foydalangan holda biz moodle tizimida ishlash ko’nikmasini shakllantira olishimiz mumkin bo’ladi.
Bu o’quv moduli orqali shu yuqorida keltirilgan axborot tizimlari orqali moodle imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Yuqorida keltirilgan usullardan birini tanlagan holda siz moodle ning ohirgi versiyalarida internet orqali bepul ishlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Yuqorida keltirilgan amallarni bajargandan keyin Siz administrator rolida tizimga kirib o’zingizning o’quv kursiningizni yaratishingiz va o’quv jarayonini tashkillashtirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Topshiriq. Moodle da o’quv jarayonini tashkillashtiring.
Adabiyotlar va internet resurslar 1. https://elearning.zn.uz http://uz.infocom.uz/2013/11/25/masofaviy-talim-tizimida-oquvresurslarini-yaratish-imkoniyatini-beruvchi-dasturiy-taminotlar-tahlili/