3.2. Biznes etikasi va ma’naviyatining muloqot tuzilmalari.
Biznesga oid muloqotlarning kommunikativ tomonlari
Psixologiya fanida muloqot kishilar faoliyatining o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Masalan, psixolog B.G. Ananevning tadqiqotida in-songa kishi mehnat, bilish va muloqot kabi uchta asosiy faoliyat turlari-ning subyekti sifatida qaraladi. Muloqot tuzilmasida, asosan, kognitiv (bilish), affektiv (emotsional) va xatti-harakat komponentlarini farqlana-di. Kognitiv komponent so‘z (belgi) vositalari yordamida ma’lumotlar almashinishini, affektiv komponenti emotsional darajada ma’lumotlar almashinishini nazarda tutadi. Xatti-harakat komponent muloqotda ishtirok etgan sheriklarning o‘zaro boshqarish xatti-harakati va faoliyati nuqtayi nazaridan muloqotni ta’riflaydi.
Muloqotlarning ajratib ko‘rsatilgan jihatlarining ta’riflari quyidagicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |