Biznes etikasi va ma’naviyati


BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATI



Download 27,09 Kb.
bet3/7
Sana06.08.2021
Hajmi27,09 Kb.
#140384
1   2   3   4   5   6   7
BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATI - ILMIY BILIMLAR SOHASI SIFATIDA

2.1. Ijtimoiy munosabatlarning tashkil topishi

Jamiyatda ma’lum mavqe va maqomga ega bo‘lgan hamda ijtimoiy rolni bajarayotgan kishilar va bir guruh shaxslar o‘rtasidagi munosabat-lar ijtimoiy munosabatlarni tashkil qiladi. Ijtimoiy munosabatlar odam-larning bir-biri bilan munosabati jarayonida o‘rnatiladi.

Biznes sohasida hamkorlikdagi faoliyat jarayonida o‘rnatilgan munosabatlari biznes munosabatlari deb ataladi. Biznes munosabatlari instrumental, hissiy-ehtiyoj, bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi.

Ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar aynan muomalada amalga oshadi. Muomala odamlar o‘zaro munosabatlari tizimining amalga oshishidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida shakllanayotgan shaxslararo munosabatlar tahlili inson va tashqi dunyo bilan bo‘lgan murakkab aloqalar tizimida muomalaning o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Insonning turli ko‘rinish-dagi munosabatlari faqat o‘zaro aloqalar bilan chegaralanmaydi: inson-ning ijtimoiy tizimdagi mavqei uning aloqa tizimini yaratishini talab qiladi. Bu jarayon faqat muomalada yuzaga kelishi mumkin. Muomalada shaxslararo va ijtimoiy munosabatlar o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, muomala kishi munosabatlarining barcha tizimini amalga oshishidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida shaklangan shaxslararo munosabatlarning tahlili inson va tashqi dunyo o‘rtasidagi munosabatlar tizimining aha-miyati haqida fikr yuritishga imkon beradi. Insonning munosabatlarini ko‘p xilligi faqat shaxslararo munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Insonning kengroq ijtimoiy muhitdagi holati munosabatlar tizimini muayyan tartibda shakllantirishni talab qiladi. Bu jarayon esa faqat muomalada amalga oshirilishi mumkin. Muomalada shaxslararo, ijti-moiy, ya’ni faqat bir shaxsga oid bo‘lmagan munosabatlar amalga oshi-riladi. Odamlar bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish nafaqat biznes, xizmat pog‘onasida yoki boshqa sohalarda ham muvaffaqiyat qozonish garovi-dir. XX asrning 30-yillarida Deyl Karnegi insonning moliyaviy va tex-nik sohalardagi muvaffaqiyatining 15 foizi bilimiga bog‘liq bo‘lsa, 85 foizi boshqalar bilan muomalasiga to‘g‘ri kelishini qayd qilgan edi.



Biznes keng ma’nodagi faoliyat sohasidir. Ish, har turli faoliyat ak-sariyat kishilarning ko‘p vaqtini oladi. Bu sohada kishi faoliyatining turi keng bo‘ladi. Har qanday sohada ishlash odamdan muayyan xatti-hara-katlarni talab qiladi. Chunki ular shu sohada faoliyat ko‘rsatuvchilarga ham ma’qul bo‘lishi lozim. 13 Tashqi va ichki sabablar ta’sirida biznes etikasi va ma’naviyatining shakllanishi, amalga oshishi, o‘zgarishi muomala va biznes, professional etika, boshqarish va rahbarlik etikasi kabi ko‘plab qator ijtimoiy katego-riyalar tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozirgi paytda biznes sohasida bir necha yondashuvlar shakllangan desa bo‘ladi.

Ta’kidlash lozimki, biznes axloq me’yorlariga javob bermaydi, eti-ka tili esa biznesga to‘g‘ri kelmaydi degan nuqtayi nazarlar ham mavjud. Demak, muayyan etikaga oid me’yorlarni qonuniy jihatdan rasmiylash-tirish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Amalda mazkur nuqtayi nazar G’arbda shakllangan tabiatni himoya qilish bo‘-yicha ommaviy harakatlar, Rossiyada keng tarqalayotgan konsyumerizm – iste’molchilar huquqini himoya qilish harakati ko‘rinishida yuzaga keladi. Ijtimoiy qiynchiliklar sababchisi bo‘lmish biznes bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar OAV uchun keng tarqalgan mavzu bo‘lib qoldi.

Odamlar munosabatlarini aks ettiruvchi an’anaviy etika kishining individual huquqlarini asoslashga va ularni buzganlar uchun javobgar-likni belgilashga qaratilgan. Biroq etikaga oid talablarni iqtisodiy fao-liyatga bog‘lab, “axloqli” biznes bo‘yicha sherik iste’molchilar orasida katta muvaffaqiyat qozonadi degan farazlar doimo ham amalda o‘z ifo-dasini topmaydi. Biznes omma talabiga qanday javob berishi kerakligi masalasi biznesmenlar simpoziumlarida muhokama qilingan. Aksariyat olimlar, shu jumladan, Amerika olimlari jamiyatning qadriyatlari tizi-mini tadqiq qilmoqda. Biznes jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgani uchun uning qiymatliklarini o‘zicha tartiblarga bo‘ladi. Masalan, AQShda bun-day qadriyatlarga boylikka intilish, daromad olish, yaxshi turmush ke-chirish, individualizm, raqobat, biznesdagi erkinlik kiradi. Bu esa ja-miyatning barcha a’zolarining qarashlarida aks etadi. Har bir kishi qo-nun doirasida qaror qabul qiladi; bundan tashqari haqiqat, adolatlilik, teng imkoniyat, insoflilik va to‘g‘rilik katta ahamiyat kasb etadi. Xulosa shuki, iste’dodli kishilar ishlayman deb, intilsa, izlansa, katta yutuqlarga erishadi.




Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish