Biznes etikasi va ma’naviyati


III BOB. BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATINING O‘ZARO MUNOSABATLARI, TURLARI, VAZIFASI VA DARAJALARI



Download 27,09 Kb.
bet4/7
Sana06.08.2021
Hajmi27,09 Kb.
#140384
1   2   3   4   5   6   7
III BOB. BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATINING O‘ZARO MUNOSABATLARI, TURLARI, VAZIFASI VA DARAJALARI

3.1. Biznes etikasi va ma’naviyatining o‘zaro munosabatlari, turlari, vazifa va darajalarining faoliyatda tutgan o‘rni

Biznesmen munosabati – shaxslar o‘rtasidagi kasbiy faoliyat va biznes sohasida ma’lumotlar almashish borasidagi murakkab, ko‘p qirrali jarayondir. Murakkab, ko‘p tarmoqli biznes munosabatlarida shaxslar bir-biri bilan aloqa o‘rnatadi, o‘zaro faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lum ma’lumotlarni almashadi. Bunday munosabatlar ishti-rokchilari rasmiy maqomga ega bo‘lib, aniq maqsadlarga erishish uchun harakat qilishadi.

Biznes etikasi va ma’naviyatining o‘ziga xos xususiyati, uning turli darajadagi rasmiyligidadir, ya’ni ular shartli cheklanishlarga tobedir. Bu tobelik ko‘p omillarga, ya’ni milliy va madaniy an’analarga, faoliyat-ning kasbiy xususiyatlariga, tashkilotning talablariga, axloqiy tamoyil-larga bog‘liq bo‘ladi.

Ish yuzasidan aloqada bo‘lgan sheriklarning maqsadlari, odatda, ular o‘rtasidagi psixologik masofani belgilab beradi. Muloqotdagi masofa psixologik yaqinlik darajasini bildiradi. Ishtirokchilar o‘rtasidagi masofaga qarab, muloqotning uchta bosqichi farqlanadi.

1. Konvensional. Muloqotning maqsadi umum qabul qilingan me’yorlar, muloqot ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan rollarni bajarish. Bularga uchrashganda salom berish kabi holatlar kiradi.

2. Ishbilarmonlik darajasi. Muloqotda ishtirok etayotgan sheriklar-ning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hamkorlik faoliyatini tashkil qilish uning asosiy maqsadidir.

3.Shaxsiy daraja. Maqsad – bir-birini tushunish, qo‘llash, ko‘mak-lashish va bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish.

Bundan tashqari, biznes etikasi va ma’naviyati bo‘yicha muloqot-ning boshqa turlari ham bor:

1. Manipulyativ daraja shundan iboratki, suhbatdoshlarning biri ma’lum ijtimoiy rol orqali sherigida hamdardlik va mehr tuyg‘ularini uyg‘otadi.

2. Sodda daraja. Bunda sheriklardan biri ikkinchisiga yo‘l bermaydi (biri –doimiy kommunikator, ikkinchisi - doimiy retsipient).

3. Oliy daraja. Bunda eng yuqori ijtimoiy munosabatlar yuzaga keladi, ijtimoiy maqom, tutgan o‘rniga qaramasdan sheriklar teng muno-sabatda bo‘ladi. 21


Maqsad mezoni bo‘yicha biznes etikasi va ma’naviyatining zamo-naviy tasnifi mavjud.

1) Kontakt funksiyasi – bunda muloqot o‘rnatilib, ma’lumotlarni qabul qilish va yetkazib berishga, o‘zaro aloqani ikki tomonning man-faatini ko‘zlab, davom ettirishga tayyorlik tushuniladi.

2) Axborot funksiyasi – ma’lumotlar, fikrlar, rejalar, qarorlarni al-mashish.

3) Undash funksiyasi – ma’lum harakatlarni bajarish uchun she-rikchilik faoliyatini rag‘batlantirish.

4) Muvofiqlashtiruvchi funksiya – o‘zaro faoliyatni tashkillashti-rishda kelishilgan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar.

5) Tushunish funksiyasi – ma’lumot ma’nosini muqobil tarzda qa-bul qilish, maqsadlar, intilishlar, tashvish va holatlarni o‘zaro to‘g‘ri tushunish.

6) Emotiv funksiya – sherikda ma’lum his-hayajon uyg‘otish va uning yordamida o‘zining psixologik holatini o‘zgartirish.

7) Munosabatlar o‘rnatish funksiyasi – individ faoliyat ko‘r-satayotgan hamjamiyatda rol, maqom, ishbilarmon, shaxslararo va bosh-qa aloqalar tizimida o‘zining o‘rnini belgilash va anglab olish.

8) Ta’sir etish funksiyasi – sherikning holati, xatti-harakati, shaxs haqidagi tushunchalarini o‘zgartirish.

 Kontakt o‘rnatish(tanishib olish). Boshqa kishini tushunish, unga o‘zini tanishtirishni nazarda tutadi.

 Muloqot vaqtida zarur usulni tanlash, sodir bo‘layotgan voqea-larni anglash.

 Qiziqtirayotgan muammoni muhokama qilish.

 Muammoni echish.

 Kontaktni tugatish( undan chiqish).


Biznes munosabatlari o‘zaro sherikchilik asosida qurilishi lozim. Bu munosabatlar har ikki tomonning talab, ehtiyojlari va ishdagi man-faatidan kelib chiqishi kerak. Bunday hamkorlik mehnat va ijodiy fao-liyat samarasini oshiradi va ishlab chiqarish texnologik jarayonning mu-him omillaridan biri hisoblanadi.

Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish