Zayom konvertsiyasi - Markaziy bank tomonidan avval chiqarilgan davlat zayomini boshqasiga almashtirish.
Zahira - muayyan maqsadlar uchun, ayrim hollarda esa kutilmagan hollarning oldini olish uchun saqlab qo‘yilgan moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar.
Iqtisodiy jazo - qonun talablarining muntazam ravishda buzilishiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga, tabiiy va boshqa moddiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanayotgan, faoliyat samarasi past bo‘lgan yuridik shaxslar - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridan biri.
Iqtisodiy makon - muayyan davlatlararo hudud. Iqtisodiy makon iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning birligini yoki qaysidir darajada o‘zaro o‘xshash xususiyatlari bilan yaqinligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |