Moliyaviy menejment - tashkilot resurslarini shakllantirish, foydalanish va tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari mavzusi. Moliyaviy menejment moliyaviy resurslar harakati jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi moliyaviy resurslar va moliyaviy munosabatlarni boshqarishga yo‘naltirilgan.
Monopolistik faoliyat - korxonaning mahsulot yoki tovar bozorida raqobatni cheklash yoki barham berish yo‘li bilan monopol yuqori foyda olishga qaratilgan faoliyati.
Motivatsiya - shaxsiy ichki va tashqi omillar yordamida insonni ma’lum faoliyatga undash jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |