Global marketing - jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida transmilliy korporatsiyalar tomonidan qo'llanilayotgan faoliyat bo`lib, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asosida glo bal marketing strategiyalaridan foydalanadi. Jahon yagona bozor, deb qaraladi va bir xil marketing strategiyasi qo'llaniladi. Masalan, "Pepsi Cola", "Coca-Cola", "Macdonalds", "Adidas", "Sony", "Toshiba" va boshqa kompaniyalar faoliyati. Xalqaro marketing tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori marketingidir. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan koʻpgina farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o'z marketing strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umummadaniy va iqtisodiy muhitlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga xalqaro marketing: firmaning tashkiliy ishlarini jahon standartlari darajasida, mahsulotni rejalashtirish, sotish, harakatini tashkil etish va narxlashtirishda o'ziga xos talablar qo'yadi. Xalqaro marketing strategiyasi eksport, import va qo'shma korxonalar tashkil etishga alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozorni tanlash va unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar faoliyatini tadqiq qilish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
To'g'ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo'lib, iste'mol chining istagini uyg'otish, uning buyurtmasini olish uchun bir yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To'g'ri marketingni iste'molchidan to'g'ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To'g'ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To'g'ri marketing kataloglar, pochta orqali to'g'ri jo'natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni bildiradi.
Tashkilot marketingi alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo`lgan vaziyatni qo'llab-quvvatlash yoki o'zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qoʻllaniladigan amaliy faoliyat." Ijtimoiy marketing ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog'liq boʻlgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy-etik marketing bu marketing turi uzoq muddatga moʻljallangan marketing faoliyati bo'lib, iste'molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e'tibor qaratiladi. Hozirgi vaqtda egomarketing, g'oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |