Mikromarketing - «ma'lum bir kompaniya tomonidan iste'mol chilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetkazib berish bilan bog'liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida mikromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste'molchini birinchi bo'lib eshitadi va iste'molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltiradi. Mikromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs munozaraga sabab boʻlgan muammo hisoblanadi. 1960 yilgacha turli marketing yo'nalishlari o'z diqqat e'tiborini makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o'rganilmagan holda sotuv va iste'molchi bilan munosabatlar o'rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori darajada oʻrganish muhimligiga urg'u berdi. AQShda o'sha davrda marketingni jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.). Mikromarketingga quyidagi sohalar: marketing texnologiyasi, tovarning sifat va miqdoriy ko'rsatkichlari, iqtisodiy resurslarni kengaytirish va jamlash marketingi, ijtimoiy marketing va hk. kiritildi. Samarali mikromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanishning mahsulidir. Samarali mikromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur. Rivojlanmagan jamiyat: hamma o'zi uchun mahsulot ishlab chiqaradi va sotuvchilar bo'lmaydi, vositachilik rivojlanmaydi. Rivojlangan jamiyat: hamma narsa bozor orqali, degan g'oyaga amal qiladi.
Makromarketing – “mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga jamiyat talab va istaklaridan kelib chiqqan holda yetkazib beriladigan ijtimoiy jarayondir”.
Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng qo`llanmoqda. Turizmning rivojlanishi tabiiyki, turizm marketingini, ta'lim xizmati bozorlarining kengayishi ta'lim xizmatlari marketingiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Agromarketing esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi sohasining oʻziga xos tadqiqotlar kompleksidir. Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks yondashuv talab etiladi. Bunga sabab quyidagilardir:
• Notijorat tashkilotlar maqsadlarining daromadni oshirish maqsadining yo'qligi. Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi tufayli daromadning pasayishiga olib kelishi;
• Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi Davlatning notijorat tashkilotlarga e'tiborining kuchliligi;
Ko'rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika, Skan dinaviya, G'arbiy Yevropa) maktablarining marketing klassifikatsiyalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |