1.2 Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Konsepsiya-lotincha "conception"-soʻzidan olingan bo'lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma'nosini anglatadi. Keng ma'noda konsepsiya so'zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo'nalishi, g'oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste'molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo'nalishidir. Konsepsiya komponentlari g'oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g'oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi. Marketing konsepsiyasini o'zlashtirish oson bo'lmadi. Marketing konsepsiyasini birinchilardan boʻlib Procter & Gamble qabul qildi. Procter & Gamble kompaniyasi 1837-yilda ikki tadbirkorning birga likda ish olib borish to'g'risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan bo'lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya o'zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat buyurtmasini qo'lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo'yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o'zining sohasi bo'yicha yirik kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo'li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish – bu foyda olish yo'lidir, yani shior “Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla”. Keyinchalik, turli sanoat sohalari - metall, ko'mir, qog'oz, shisha kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi. Xizmat ko'rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul qildi.
Marketing konsepsiyasini o'zlashtirish oson bo'lmadi. Banklar bank xodimlari uchun qulay bo'lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay paytda yopiq bo'ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo'ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan harakatlar talab qilinadi. Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.
• Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.
• Marketing strategiyasini asoslash.
• Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash.
Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko'rsatdi:
1. Ishlab chiqarish.
2. Tovar.
3. Sotuv.
4. An'anaviy.
5. Ijtimoiy-etik.
6. O'zaro ta'sir marketingi.
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug'ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo'llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste'molchilarga yo'naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing.
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi. Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma boʻlib xizmat qiladi, degan fikr noto'g'ri. Marketing evolyutsiya si har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha boʻlishi va konsepsiyalar ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog'liq.
Bozordagi talab va taklif orasidagi nisbatning oʻzgarishi bozor munosabatlari uchun xarakterli bo'lib, firmalarning tovar ishlab chiqarishdan sotish, so'ngra esa xaridorga va jamiyatga yetkazishgacha bo'lgan faoliyatning boshqaruvida urg'u berilishining aralashib ket ganligi bilan kuzatilar edi. XX asr davomida marketingning boshqa boshqaruv konsepsiyalari paydo bo'ldi. Marketing konsepsiyasi - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurlar tizimidir.
1. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi. Bozor rivojlanishining boshlang'ich bosqichida (AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlari uchun o'tgan asrning 20-40-yillari) tovarga boʻlgan talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o`zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi sotuvchilar mustahkam pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizat siyasiga), juda boʻlmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin boʻlmagan savdoga yo'naltiriladi, potensial iste'molchilarni jalb etish esa hozircha ularning e'tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish yoki tovarga yo'nalganlik haqida ketmoqda.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos holda xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat boʻlmagan tovarlarga intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o'z kuchlarini ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur. Bu konsepsiya ikki vaziyatga to'g'ri keladi. Birinchisida tovarga boʻlgan talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab chiqarishni oshirish yo'llarini izlashi kerak bo'ladi. Ikkinchisi - tovar tannarxi o'ta yuqori va uni pasaytirish zarur, buning uchun esa mahsuldorlikni oshirishga to'g'ri keladi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi mavjud assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo`naltirilgan. Bu dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo'llaniladi. Firmaning asosiy e'tibori mahsulot hajmini ko'paytirishga qaratilgan boʻlib, bozor tor assortimentdagi tovarlarga to'yinadi. Bunday sharoitda iste'molchi o'z talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Real va potensial iste'molchilarning ko'pchiligi cheklangan sotib olish qobiliyatiga ega boʻlsa. Ma'lum tovarga talab taklifdan yuqori bo'lsa, bunday holda o'rinbosar tovar bo'lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga majbur. Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo'lsa, ko'p hajmda ishlab chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma'lum bir tovari bilan bozorda o'z ulushini egallaydi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo'lib, aynan shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam boʻlgan vaqtda uni sotish muammo emas. Rejali iqtisodiyot davrida ko'proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin juda katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste'molchilarning bunday tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning peshtaxtalarda turib qolishiga sabab bo'ldi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, bu konsepsiya o'z vaqtida Genri Fordning avtomobil zavodida juda katta daromad keltirdi. U katta hajmda ommaviy avto mobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil sanoatini rivojlantirdi. Uning qora rangdagi oʻrta hol amerikalikning hamyoniga to'g'ri keladigan avtomobillarini 1908 - 1927-yillarda T-modeli nomi ostida chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi. Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy iste'molchilarni shakllantirdi. Qora rang o'sha vaqtda eng arzon va tez quruvchi bo'yoq boʻlgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib, mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad koʻrgan. O'z mahsulotlarini har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib, mijozlarga xohlagan rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta shart bilan: u qora boʻladi, degan gapi uchun sal bo'lmasa "tuzoqqa" tushay dedi, chunki raqobatchilari yangi boshqaruv konsepsiyasini o`zlashtirib, avtomobillarning turli modelini taklif qila boshladilar. Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qoʻllanilib, unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, assortimentlari yaratilishiga katta e'tibor qaratildi.
2. Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi. Iste'molchilarni o'rganish, ular xohish, ehtiyojlarini, zaruratini, sotib olish imkoniyat larini tahlil qilish asosida yangi tovarlar, o'rinbosar tovarlar, innovatsion tovarlar ishlab chiqarish bu konsepsiyaning asosiy maqsadidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchayishi firma va kompaniyalarni shu konsepsiyaga asoslanishlarini taqozo etadi. Bu konsepsiya juda ko'p hollarda yaxshi natijalar keltirsada, ba'zi hollarda kutilgan natijaga erishmaslik hollari ham uchrashi mumkin. Yangi tovarning afzalligi, narxi, uning naflilik darajasi, ilgarigi tovardan farq qiluvchi xususiyatlari iste'molchini qoniqtirishi zarur. Iste'molchilar yuqori ekspluatatsiya xossalariga ega boʻlgan yuqori sifatli tovarlarga moyilligini ta'kidlaydi, demak, tashkilot o'z energiya sini tovarni doimiy mukammal quvvatlashtirishga qaratishi zarur boʻladi. Shu bilan "marketing shabko'rligidan qochish uchun ushbu iste'molchilarga shu holicha kerak emas, o'z muammolarini qandaydir mahsulot yordamida hal qilish uchun kerakligini hamisha yodda tutish shart. Mukammallashtirilgan mahsulot iste'molchilar uchun avvalgilariga nisbatan katta iste'mol qiymatini (iste'molchining tovar sotib olish xarajatiga nisabatan foydasi) berishi kerak.
3. Bozorning rivojlanishining navbatdagi bosqichida (50-60-yillar), ya'ni talab va taklif nisbatan teng boʻlganda, xaridorlar talab qiladigan tovarlar bozorda doimo sotila boshlaydi, korxonani boshqarishda savdo ga doir yondashuv amalga oshadi. Bu davrda marketing savdo ustidan gʻolib keladi.
Sotuvchining vazifasiga raqobatchilarni emas, aynan xaridorlarni tovarlarni sotib olish uchun qator rag'batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Buning uchun sotuvchi o'z mahsulotlarini reklama qilish, uning savdosini rag'batlantirish uchun qo'shimcha xarajatlar qilishi kerak boʻladi. Bunday vaziyatda agar savdo va rag'batlantirish sohasida sezilarli harakatlar amalga oshirilmasa. xaridorlar korxonaning mahsulotlarini yetarli miqdorda sotib olmaydilar, degan tasdiqqa asoslanadigan tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash (jadallashtirish) boshqaruv konsepsiyasi (savdo konsepsiyasi) yo'nalishi o'z o'rniga ega bo'ladi. Ko'plab firmalar mahsulotlarini o'tkazishda qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish belgilari paydo bo'ladi. Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing nomini olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning maqsadi-jamiyat ehtiyojmand bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo'lib qoladi.
Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining asosiy maqsadi - firma ishlab chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga yo'naltirilgan xatti-harakatlardan iborat.
Marketingning sotuvni rag'batlantirish, reklama, targ'ibot, turli aksiyalar e'lon qilish orqali iste'molchilarni o'ziga jalb etish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir. Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar ulardan so'rovnomalar o'tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko'p hollarda bozorni o'rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda to'yinish hosil boʻlgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda qiynalib, mazkur konsepsiyani qoʻllashi kerak. F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi:
Xaridorlar o'z manfaatlarini himoyalanishini biladilar. Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar. Bunday xaridorlar o'z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo'lishmaydi.
• Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, iste'molchilar huquqini himoya qiluvchi qo'mitaga shikoyat bilan murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k.
• Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko'p potensial xaridorlar
firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar. Shunday bo'lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan iste'molchilar xohishi talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga yo'naltirilganligi uchun uning hayotiylik davri uzoq emas.
4. An'anaviy marketing konsepsiyasi. Bozor rivojlanishining nav batdagi bosqichida (60-70-yillar) tovarga bo'lgan taklif talabdan ortib ketishi vaziyati yuz beradi (xaridorlar bozori): xaridorlar taklif qilinayotgan juda ko'p turdagi va rang-barang (har xil) tovarlarga duch kelishadi, ular tovarlarni bemalol tanlab, erkin xarid qila oladilar. Shu tariqa ishlab chiqaruvchi nisbatan tobelik holatiga tushib qoladi, chunki u koʻplab boshqa korxonalar bilan raqobatlasha borib, xaridorlarning didini anglab olishi, kelgusi talablarini shakllantirish maqsadida ularga ta'sir o'tkaza olishi zarur bo'ladi. Savdo "tor joy"ga aylanib qolgan vaziyatda ko'plab korxonalar faoliyatini boshqarish iste'molchiga, bozor shartlariga moslashishga va ularga faol ta'sir etishga yo'naltirilgan boʻladi. Marketingning iste'mol konsepsiyasi mohiyati ana shundan iborat. Marketingning iste'molchilarga oid konsepsiyasi tashkilot maqsad lariga yetishning garovi iste'molchilar talabini oʻrganish va ularning qondirilishini raqobatchilarga nisbatan samaraliroq usulini ta'minlashdir, deb ta'kidlaydi. Marketingning iste'molchilarga oid konsepsiyasi savdo konsepsyasiga o'xshash, biroq u iste'molchilar muammolarining anchagina qismini hal qilishiga to'g'ri keladi. Savdo konsepsiyasi mahsulot savdosini (sotishni) rag'batlantirish bo'yicha tadbirlar vosita sida sotish hajmini ko'paytirish hisobiga foyda (daromad) olishni ko'zda tutadi. Marketingning iste'molchiga oid konsepsiyasi xaridorlar talablarini qondirish yo'li bilan foyda (daromad) olishdan kelib chiqadi. Savdoning asosiy maqsadi ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya qilish, marketingning maqsadi esa talabni oʻrganish, yaratish va ularga mos holda tovar chiqarishdir. An'anaviy marketing konsepsiyasi tub ma'noda sotuvni inten sivlashtirish konsepsiyasi mohiyatini o'zgartirishga qaratilgan. Marketing konsepsiyasi avvalambor, iste'molchi talab va ehtiyojlariga yo'naltirilganlikdan, konsepsiyaning maqsadi - real va potensial iste'molchilarni aniqlash, talabini o'rganishdan iborat. Marketing konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi:
• Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga.
• Oʻz tovarini emas, balki xaridorni sevishga.
• Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga. Bozor talablarini o'rganib, so'ngra ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga
• Iste'molchilarning tez o'sib borayotgan talablariga moslashish va egiluvchan ishlab chiqarishni tashkil etishga. Firmaga raqobatning ta'sirini o'rganishga, tashqi omillarning ta'sirini baholashga.
Potensial iste'molchilarga ko'ra uzoq muddatga mo'ljallangan sotuv jarayoni, bu - iste'molchi bilan muloqot, uning fikrini bilish, tovardan qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma xaridor talabini qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali xaridorni o'z iste'molchisiga aylantiradi. An'anaviy marketing konsepsiyasi muntazam ravishda iste'mol chilarni yangi talab va ehtiyojlarining o'sishiga sabab bo'lsa, firma katta foyda ketidan quvishga intilib, boshqa narsalarga e'tiborni susaytirishi, o'z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo'yishi mumkin. Amerika marketologi T.Levitt savdo va marketing konsepsiyasini quyidagicha ajratadi: "Savdo bo'yicha tijorat kuchlari - bu sotuvchi ehtiyoji bo'yicha jamlanganlik, marketing esa xaridorlar ehtiyojlariga jamlanganlik. Savdo bo'yicha tijorat kuchlari - bu sotuvchining o'z tovarlarini naqd pulga aylantirish bo'yicha ehtiyojlari haqida qayg'urish (harakat qilish), marketing esa bu mijozlar ehtiyojlari haqida tovarlar va ushbu tovarlarni yaratish, yetkazib berish va iste'moli bilan bog'liq qator omillar vositasida qayg'urish (harakat qilish)". Menejmentning yetakchi nazariyachilaridan biri P.Druker ta'kidlaydiki: "Marketingning maqsadi mijozni shunchalik bilish va tushunishki, tovar yoki xizmat uning talabalariga aniq mos kelsin va o'zini o'zi sotsin". Biroq, iste'molchilarning joriy istak-xohishlari va ularning uzoq muddatli manfaatlari mos kelmaydi. Yoki jamiyatning alohida a'zosi xohishi hamisha ham uning atrofidagi odamlar yoki umuman, jamiyat istagiga mos kelavermaydi. Masalan, odamlar chekib, oʻzlari va atro fidagilarga zarar yetkazadilar. Marketingning iste'mol konsepsiyasi bu ziddiyatni hal qila olmaydi. Tabiiy resurslar yetishmasligi, kimyoviy va biotexnologik mahsulotlarning qo'llanilishi, insoniyat yashash manzil lari muhitining ifloslanishidan aholining jismoniy va axloqiy salomatligi yomonlashuvi bilan bog'liq muammolar paydo bo'ldi va bu muammoni ham marketingning iste'mol konsepsiyasi hal qilishga qodir emas. "Hayot sifati bu nafaqat iste'mol tovarlari va xizmatlarining miqdori va sifati, shuningdek, insonning yashash muhiti sifati hamdir. Jamoatchilik va davlat organlari tashkilotlarni atrof-muhit va jamiyatga nisbatan mas'uliyat bilan harakatlanishga chaqirmoqda va buni talab qilmoqda. Shu bois 80-yillarning boshlaridan marketingning evolyutsiyasi marketingning ijtimoiy etika konsepsiyasi paydo bo'lishi va tadbirkorlar tomonidan uning o'zlashtirilishi bilan davom etdi. Bu konsepsiyada tashkilotning vazifasi iste'molchilardan aniqlangan talablarni raqobatchilarga nisbatan samaraliroq, bir vaqtning o'zida iste'molchilar va jamiyatning umumiy manfaatlarini hisobga oladigan vositalar bilan qondirish, deya ta'kidlanadi. U marketing siyosati doirasida uch omilning bog'lanishni talab qiladi: firma foyda (daromad)lari, iste'molchilar talablari va jamiyatning uzoq muddatli manfaatlari. Kompaniyaning jamiyat farovonligi haqida qayg'urishi uning raqobatbardoshligini oshirishning qudratli omili boʻladi. Masalan, banklardan birining o'z missiyasi sifatida ovoza bo'lishi u "qora" biznes (mo`yna yoki tamaki sanoati savdosi bilan shug'ullananuvchi) bilan bogʻliq kompaniya bilan ish olib borishdan bosh tortgan etikali bank bo'lgani ushbu bankni keng jamoatchilik tomonidan ijobiy faoliyati tan olinishini ta'minlaydi.
5. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi yangi davr konsepsiyasi bo'lib, firma nafaqat iste'molchini, balki atrof-muhit va jamiyat manfaatlarini ko'zlagan holda faoliyat yuritishi ko'zda tutiladi. Batafsilroq tushuntiradigan bo'lsak, masalan, firma iste'molchi xohishi va talabidan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab chiqarish jarayonida juda ko'p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya qilishlari shart. Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste'molni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir. F.Kotler bu konsepsiyani qoʻllashning shartlarini quyidagilardan iborat, deb ta'kidlaydi.
• Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondi rishda jamiyat mafaatlariga mos holda bu vazifani bajarishga yoʻnal tirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino kabi jamiyat manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini taklif etish va h.k.
• Firma muntazam ravishda izlanishda bo'lib xaridorlar uchun yangi, zamonaviy, barcha yoshdagi iste'molchilarning talabini inobatga olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi zarur.
• Iste'molchi bilan doimiy ravishda aloqada boʻlish orqali ularning potensial ehtiyoj va talablarini qondirish.
Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi bilan birga boshqa marketolog olimlarning ham bu borada o'z fikr va mulohazalari mavjud. Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichi ni ajratib ko'rsatadi.
1- Tijorat yoki sotuv marketingi.
2- Funksional marketing.
3- Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida.
4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing yangi bosqich bo'lib, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o'sishi firmaga o`z faoliyati jarayonida juda ko'p omillarni nazarda tutgan holda o'z istiqbol rejasini, strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar innovatsiyasi bugungi kunda firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi, marketologi, muhandisi va boshqa xodim va ishchilari uchun juda muhim bo'lib, har qanday axborotdan xabardor boʻlish, chet el bozorlari, mahsulotlari, texnologiyalarini bilish, ularni qo'llash firmaning raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |