(71) 233-22-16. (71) 236-79-95
.
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosma-
xonasida, A-3 formatda chop etildi. Hajmi – 2 bosma taboq.
Korxona manzili: Buyuk Turon ko‘chasi, 41. Indekslar: 203, 3203.
Bahosi kelishilgan narxda. Buyurtma G-108, Adadi – 10217.
Bosishga topshirish vaqti – 21.00. Topshirildi – 20.00
Musahhih:
Qirmizoy HAKIMOVA
Navbatchi muharrir:
Muhammadshukur
MUHAMMADJONOV
Bosh muharrir o‘rinbosari:
Rustam YUSUPOV
SINGAPUR HAQIDA
NIMALARNI BILASIZ?
Singapur
1965-yil 9-avgustda
Malayziyadan
ajralib, alohida mustaqil respublikaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil
2-yanvarda tan olgan, 1997-yil 8-aprelda diplo-
matik munosabatlar o‘rnatilgan.
Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoda joylash-
gan bo‘lib, Pulau Ubin, Pulau-Tekong, Sentosa
va 60 dan ziyod kichik orollardan tashkil topgan
rang-barang va jozibador davlatdir. Bu dav-
lat muhim jahon savdo markazi va Osiyoning
asosiy portlaridan biri hisoblanadi. Poytaxti Sin-
gapur shahri.
Rasmiy tillari:
malay, xitoy, tamil, ingliz. Sin-
gapurliklarning aksariyati ingliz tilida gaplashadi.
Aholining taxminan uchdan bir qismi buddizmga
e’tiqod qiladi, 20 foizdan ortig‘i taoizm (konfut-
siylik) va boshqa – musulmonlar, hindular, 13 foiz
xristianlar, taxminan 15 foiz ateistlardan iborat.
S I N G A P U R
ENG QIMMAT. TOZALIK
BO‘YICHA BIRINCHI.
RANG-BARANG
OROLLAR
Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz
davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ldi. Dav
-
latimiz rahbari Singapurning korrupsiyaga qar-
shi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini
o‘rga nish lozimligi, qolaversa, bu davlatdan 4,7
milliard dollargacha qo‘shimcha investitsiya
jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif
muhim ahamiyatga ega ekanini, xususan, sa-
marasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xusu-
siylashtirishga ham investitsiyalar jalb qilinishini
taʼkidlagan edi.
Xalqaro puli:
SGD (Singapur dollari). Chet el
valyutasini va sayohat cheklarini ko‘pgina banklar-
da va ixtisoslashtirilgan almashinuv shoxobchalari-
da almashtirish mumkin. Kurs barqaror va hamma
joyda deyarli bir xil. Kredit kartalari eng keng tarqal-
gan va to‘lovning asosiy vositasi hisob lanadi. Bar-
cha muassasalar American Express, Diners Club,
MasterCard va Visa kabi mahalliy bank kartalarini
qabul qiladi. Bankomatlar hatto kichik kafe yoki xu-
susiy do‘konlarda ham o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |