Dunyoning eng boy, iqti-
sodiy rivojlangan, demokrati-
ya taraqqiy etgan davlatlarida
yoshlar taʼlimiga katta eʼtibor
qaratiladi va sarmoya kiritiladi.
Mamlakatlar taraqqiyoti ka-
liti aynan taʼlimdir. Bu borada
Janubiy Koreya, Finlandiya va
AQShdan o‘rganishimiz kerak
bo‘lgan tajribalar ko‘p.
X
o‘sh, O‘zbekiston
qachon o‘zining
mukammal taʼlim
tizimini yaratadi?
Ayni kunlarda
yurtimizdagi anomal sovuq ob-ha-
vo faqat chekka qishloqlar emas,
shaharning markaziy tumanlarida
yashovchi yurtdoshlarimiz, ijarada
turadigan talabalar uchun ham
haqiqiy sinov bo‘lmoqda.
Xo‘sh, ota-onasidan uzoqda ilm
olish mashaqqatlarini totayotgan
yosh yigit-qizlarni qo‘llab-quv-
vatlash uchun javobgar vazirliklar
nima qilyapti? Ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilari orasida ko‘plab
bahs-munozaralarga sabab
bo‘layotganidek, 25-dekabrdan
18yanvarga qadar eʼlon qilingan
taʼtil muddatlari beqaror ravish
-
da qisqartirilmoqda yoki uzayti-
rilmoqda. Bu chetdan qaraganda
juda oddiy va osondek, biroq o‘rta-
da sarson bo‘layotgan talabalar
haqida o‘ylashning o‘ziyoq og‘riqli.
Noqulay sharoit tufayli bekor qilin-
gan reyslar sabab hanuz viloyat-
da qolib ketgan yoki taʼtil mud
-
dati uzaytirilgani eʼlon qilinishidan
avvalroq poytaxtga yetib kelgan
yoshlar kayfiyatini his etish uncha
-
lik ham qiyin emas, nazarimizda.
Yoshlarimizning chet elda tah-
sil olishi juda yaxshi, ammo ular
o‘zimizdagi taʼlim sifatidan qoniq
-
may, shu yo‘lni tanlayotgan bo‘lsa,
yomon va bu qanday oqibatlar-
ga olib kelishi dargumon. Bugun
dunyoning nufuzli universitetlarida
o‘qiyotgan yigit-qizlarning tanlovi
“xo‘rozqand chet elniki” bo‘lganligi
uchunmi yoki chindan ham katta
mablag‘ sarflash va o‘z yurtidan
uzoqda yashashga arzigulikmi?
Balki, bizning taʼtilcho‘zar tizimimiz,
talabaning galstugi yoki oq ko‘ylagi
ustida jiddiy muhokamalar o‘tka-
zadigan, davomat qilish bilan
darsning yarmini o‘tkazib yubora-
digan oliy o‘quv yurtlarimiz o‘zlari
uchun foydali nimadir olishar.
TALABA BIZ
UCHUN KIM?
Xorijda, asosan, Yevropaning
istalgan oliy o‘quv yurtida tala-
baning huquqlari har tomonla-
ma muhofaza qilinadi, moddiy va
maʼnaviy tomondan qo‘llabquv
-
vatlanadi. Ayrim davlatlarda
yoshlarning kamayib borayotgani
sabab boshqa davlatlardagi ilmga
chanqoq yoshlarni ko‘proq jalb etish,
keyinchalik ham qo‘llab-quvvatlash
uchun katta grantlar ajratadi. Mod-
diy qiyinchilikka duch kelgan talaba-
lar moliyaviy yordam olishi mumkin.
Agar chet eldagi qaysidir universi-
tetda bir oilaning uch farzandi o‘qi-
sa, kontrakt shartnomasini to‘lash-
da 50 foiz, 25 foizli katta chegirmali
imtiyozlar berilishi, ayrimlari bepul
tahsil olishi mumkin. Hatto
Do'stlaringiz bilan baham: |