Biologiya
Mavzu: Xotira.
53 - dars
Toshkent shahar Yangihayot tuman
303-umumta`lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi
Mamatqulova Xilola Burxanjonovna
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/nambiolog_group
8
sinf
Xotiraning ahamiyati. - Odam ko'rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo'lgan voqea va hodisalarni ma'lum vaqt davomida eslab qoladi.
- Odam eslab qolish tufayli o'rganadi.
Xotira - shaxsiy tajribaning to'planib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta hosil qilinishidan iborat.
Xotira markaziy nerv sistemasida sodir bo'ladigan xilma-xil va murakkab jarayonlar bilan bog'liq. O'rganish xotira orqali amalga oshadi.
Odamning nimani eslab qolishiga ko'ra xotira 4 xilga bo'linadi.
Harakat xotirasi
Obrazli xotira
Emotsional (hissiyotli) xotira
Og'zaki xotira
- Turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni o'rganib olishdan iborat.
- Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po'stlog'ining tepa qismi bilan bog'liq.
Obrazli xotira
---Odamlar qiyofasi, tabiat ko'rinishlari, musiqa ohangi va narsalar hidini eslab qolishga yordam beradi.
---artistlar, musavvirlar, yozuvchilar, bastakorlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Obrazli xotira – bosh miya yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish markazlari-da qoladigan izlar bilan bog'liq. - Obrazli xotira – bosh miya yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish markazlari-da qoladigan izlar bilan bog'liq.
Emotsional (hissiyotli) xotira - Odamning o'z boshidan o'tkazgan his-tuyg'ularini esda saqlab qolishdan iborat;
- Emotsional xotira hamma odamda rivojlangan bo'ladi;
- Bunday xotira hissiy qo'zg'alishda ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog'liq;
- Emotsional xotira tufayli boshqa odamning boshidan o'tganlarini his etib, unga hamdard bo'lamiz.
Og'zaki xotira - O'qilgan va eshitilgan so'zlarni esda saqlab qolishdan iborat;
- Xotiraning barcha turlari o'zaro bog'liq;
- Odatda, har qanday axborot bir necha xotira ishtirokida chuqurroq eslab qolinadi.
- Xotira uzoq va qisqa muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi;
- Uzoq muddatli xotira izi uzoq vaqt, ba'zan umrbod saqlanib qoladi;
- Ixtiyorsiz xotira odamning xohishiga bog'liq bo'lmaydi;
- Odatda, kuchli taassurot qoldiradigan, odam uchun muhim bo'lgan narsalar va hodisalar eslab qolinadi.
Ixtiyoriy xotira odamning muayyan narsa va hodisalarni eslab qolishga urinishi, buning uchun maxsus metodlardan foydalanishi bilan bog'liq. - Ixtiyoriy xotira odamning muayyan narsa va hodisalarni eslab qolishga urinishi, buning uchun maxsus metodlardan foydalanishi bilan bog'liq.
- Xotira 25 yoshlarda eng yaxshi rivojlangan bo'ladi, 50 yoshgacha yaxshi saqlanadi.
- Shundan so'ng asta-sekin pasayib boradi. Kasbiy xotira uzoq vaqt saqlanib qoladi,
Xotiraning fiziologik tabiati. - Xotira bosh miya yarimsharlari po'stloq qismidagi markazlar bilan bog'liq.
- Xotirada saqlab qolish sezgi organlaridagi qo'zg'alish bilan bog'liq bo'lganidan, sezgi organlarining markazi xotira markazi ham bo'ladi.
- Shuning uchun bosh miya po'stlog'idagi sezgi organlari markazlari zararlanganida xotiraning o'sha turi buziladi. Masalan, yarimsharlar po'stlog'ining ensa qismi zararlanganida obrazli xotira izdan chiqadi.
Axborot xotirada saqlanib qolishi uchun uni bir necha marta takrorlash lozim. Ana shu yo'l bilan biz telefon raqamlarini, kimyoviy va matematik fbrmulalar hamda qonuniyatlarni xotirada mustahkamlab olamiz.
Xotira gigiyenasi. - Ta'sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira qisqa va uzoq muddatli bo'ladi.
- Uzoq muddatli xotirada ta'sir izi uzoq yillar, ba'zan umrbod saqlanib qoladi.
- Bitta narsani qayta-qayta takrorlash, reja, sxema va jadvallardan foydalanish, konspekt va referat tuzish, laboratoriya hamda amaliy mashg'ulotlarni mustaqil bajarish esda saqlab qolishga yordam beradi, xotirani yaxshilaydi.
Darslikda berilgan mavzuni o‘qib o‘rganib, tayanch so`zlarni tahlil qiling
Uyga vazifa
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/nambiolog_group
Do'stlaringiz bilan baham: |