biy(Alpinbiy, Do`simbiy)


I.4. Nasl-nasab ifodalovchi indikatorlar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana01.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#523133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
antroponimik indikatorlarning leksik funksional xususiyatlari

I.4. Nasl-nasab ifodalovchi indikatorlar 
 
Shayx -
[a. 
ﺦﯿﺸ
– qariya, keksa; urug‘, qabila boshlig‘i; diniy rahbar; olim, 
murabbiy]
1
Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilarga, 
so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning 
mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. 
Amirlar, shayxlar, ulamolar kengashib.. 
katta qo‘shin bilan borishga fatvo berildi.
M. Mahmudov, Mangu kuy izlab.

Shayх 
so‘zini Ogahiyning “Riyoz ud-davla” asarida ijtimoiy-siyosiy 
leksika sifatida tahlil qilgan tilshunos A. O‘rozboyev asarda uning quyidagi 
ma’nolarda kelganini ta’kidlaydi:
1. Ilоhiyot оlimi.
2. Tariqat piri. 
Bu ma’nоda 
shayх
so‘zining sinоnimi sifatida 
buzurgvоr
ham ishlatilgan. 
Хоrazmda tariqat piri, valiy ma’nоsida 
shayх
ning lug‘aviy 
ma’nоsiga muvоfiq 
ata, buva
so‘zlari ishlatiladi. 
Navоiy ham Atоyini tariqat 
pirlari avlоdi ekanini nazarda tutib, “Ismоil оta farzandlaridindur”, dеydi
2

3. Qadamjо mutasaddisi. Bu ma’nо Хоrazmda hоzirgi kunlarda ham 
“shiх” tarzida kishi nоmlariga qo‘shib ishlatiladi. A.N.Baskakоv 
shayх
so‘zini 
“hurmat
li va aхlоqli оdam; jamоa, qabila bоshlig‘i; erkaklar mоnastiri bоshlig‘i” 
tarzida izоhlaydi
3
.
Biz uni indikator sifatida talqin qildik, chunki u ko‘plab ismlar tarkibida 
uchraydi. Masalan: Shixnazar, Shayxim, Shayxislom, Shayxzamon, Shayxzoda, 
Shayxmuhammad... 
Ta’kidlash j
оizki, Оgahiyning tariхiy asarlarini o‘qish jarayonida 
ﺦﯿﺸ
shaklidagi so‘z etn
оtоpоnim bo‘lib kеlishini ham unutmaslik kеrak. A.Оtajоnоva 
shiy
х
ning unv
оn, mansab nоmlari asоsida paydо bo‘lgan etnоnim ekanligini 
to‘g‘ri ta’kidlaydi
P33F
4
P
.
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. IV tom. – Toshkent, 2008. 535-bet.
2
Алишер Навоий. Танланган асарлар. 3-том. Нашрга тайрловчилар: Ойбек ва П.Шамсиев. – Тошкент: 
Ўзбекистон давлат нашриёти, 1948. – Б.57. 
3
Баскаков Н.А. Русские фамилии тюркского происхождения. – М.: Наука, 1979. – С. 235.
4
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари. – Тошкент: Фан, 1997. – Б.43. 


36 
Охund 
// 
охun
ﺪﻧﻮﺧآ
– il
оhiyot оlimi, muallim
1
. Охund unvоniga ega 
sha
хsning sarоyda оbro‘si katta bo‘lgan. Bunga dalillardan biri –Оllоquliхоn 
1841- yilda R
оssiya bilan murakkab munоsabatlarni yumshatish uchun Оtajоn 
охundni elchi qilib yubоrgan: Lоjaram Хоrazm diyoridagi o‘z iхtiyori bila 
k
еtmakka tоlib bo‘lg‘оn o‘ruslarni jam’ etib, fazоyilmaоb, kamоlоtintisоb, 
fak
оhatnishоn, izzatmakоn Оtajоn 
охund
ni elchilikka ta’yin etdi. (354a).
Esh
оn نﺎﺸﯾا 
– esh
оn, pir so‘zining ma’nоdоshi
P35F
2
P
: ...diyonatma
оb faqоhat 
intis
оb hazrati qоzi Shamsiddin 
esh
оn.
(318
P
b
P
).
Mull
о
ﻼﻣ
– il
оhiyot ilmlari bilimdоni, diniy maktab o‘qituvchisi, savоdli, 
оlim kishi. Mullо rus tiliga tatar tili оrqali, unga fоrs tili оrqali o‘tgan bo‘lib, 
arabcha “mavl
о” – janоb, yaqin kishi ma’nоsini bеradi. Bоshqa turkiy va erоniy 
tillarda 
m
еlla, mo‘llо, mo‘ldо
shakllari b
оr
P36F
3
P
.
So‘fi
ﯽﻓﻮﺻ 
– mashhur mutasavvif Junayd Bag‘d
оdiy ta’rifiga ko‘ra, “Ishi 
faqat 
Хudо bilan bo‘lgan, Vujudi mutlaqning mavjudligini tan оluvchi kishilar 
so‘fiy d
еyiladi”
4
. Ogahiyning “Riyoz ud-davla” asarida bu so‘z ta’rif etilgan 
mazmunda emas, kishi ismining k
оmpоnеnti sifatida kеladi. Masjidda azоn 
aytuvchi (muazzin)ning ham so‘fi d
еb atalishini nazarda tutsak, To‘ramurоd 
so‘fi, Pan
оh so‘fi nоmlaridagi 
so‘fi
mazkur sha
хslarning ajdоdlariga (ikki 
mazmunning biri bilan) ish
оra qiladi: Panоh 
so‘fi
yuzb
оshikim, to‘pхоnayi 
hum
оyun mulоzimlarining sarkоri erdilar (274
a
).
 
Indikatorlarni funksional-vazifaviy jihatdan quyidagi turlarga ajratishni 
maqsadga muvofiq deb bildik: a) monofunksional antropoindikatorlar;
b) polifunksional antropoindikatorlar.
Monofunksional antropoindikatorlar 
– faqat bir vazifani bajarishga 
xoslangan indikatorlardir. Monofunksional indikatorlar adadi polifunksional 
1
Баскаков Н.А. Титулы и звания в социальной структуре бывшего Хивинского ханства// Советская 
тюркология. –№1.1989. –С.67. 
2
جرد
۳
.
ﮫﻣﺎﻧ ﺖﻐﻟ .ﯽﺳرﺎﻓ ﺮﻌﺷ ﮫﻧﺎﺨﺑﺎﺘﮐ ﻦﯾﺮﺘﮔرﺰﺑ .
Al-rams. www.mehrahgam.com. 
3
Ислам. Энциклопедический словарь. – Москва: Главная редакция восточной литературы, 1991. –С. 170.
4
Шайх Нажмиддин Кубро. Тасаввуфий ҳаёт. Таржимон ва нашрга тайёрловчилар: И.Ҳаққул ва А.Бектош. 
– 
Тошкент: Мовароуннаҳр, 2004. – Б.241.


37 
indikatorlarga qaraganda kam sonni tashkil qiladi. Jumladan, gul indikatori 
faqatgina jins ko‘rsata oladi. Ularni quyidagilarni kiritish mumkin: 
jamol, jon, 
moh, pari, zot, zoda, sher
va boshqalar.
 
Polifunksional antropoindikatorlar
– bir vazifadan tashqari yana boshqa 
vazifa bajara olish xususiyatini namoyon qila oladigan indikatorlar guruhini 
tashkil qiladi. Bunday indikatorlar son jihatdan ancha ko‘proq. Masalan, boy 
indikatori shaxsning ijtimoiy holatini ifodalaydi hamda jins ko‘rsata oladi; xon 
indikatori ham shaxsning ijtimoiy holatini, ham ayol va erkak jinslarini ko‘rsatib 
keladi; niyoz indikatori bir tomondan ishonch va e’tiqodga ishora qilsa, yana jins 
ko‘rsatish qobiliyati bilan polifunksionallik mohiyati kasb etadi. Umuman 
olganda, quyida keltirilgan ayrim indikatorlarni shu guruhga kiritish mumkin: 
boy, bek, beka // bika, eshon, mirza, mulla // mullo, nor, niyoz, oxun, poshsha, qul, 
qori, sulton, to‘ra, xon, xo‘ja, xotun, g`ozi, shayx, shoh
va boshqalar.
Xulosa shuki, indikatorlarni ma’noviy jihatdan shaxsning ijtimoiy holatini 
ko‘rsatuvchi indikatorlar, jins ifodalovchi indikatorlar, e’tiqod va ishonch 
ifodalovchi indikatorlar, nasl-nasab ifodalovchi indikatorlar kabi guruhlarga 
ajratishimizga yetarlicha asos bor. Bob davomida indikatorlar monofunksional 
hamda polifunksional turlarga ham ajratildi, ammo mundarijada maxsus o‘rin 
berilmadi. O‘ylaymizki, antropoindikatorlarni funksional jihatdan guruhlarga 
ajratib o‘rganish ham bu sohada muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish