26
ma’nosida ishlatilgan. Uning quyidagi ma’nolariga diqqat qaratamiz:
1. O‘tmishda yuqori tabaqalar, zodagonlar avlodiga mansub ayollar unvoni.
2. Mo‘tabar, e’tiborli ayol: Ozar bunda, belorus bor, gurji, latish, Qorategin,
Oltoydan ne bonular ham. Mirmuhsin, asarlar.
3. Hurmat yuzasidan ayollar ismiga qo‘shib ishlatiladigan so‘z. Shahribonu,
Nigorbonu...
Gul.
Bu kоmpоnеnt asli fоrscha so‘z bo‘lib,
Xorazm mintaqaviy
antroponimikasi, xususan, o‘zbek antroponimikasida uchraydigan ayol ismlari
tarkibida eng faоl birliklardan hisоblanadi. Gulsara, Gullola, Gulnora, Gulasal,
Gulbahor… Umuman, bu indikatorni Xorazm dostonchilik maktabiga oid xalq
og‘zaki ijodi namunalarida ham ko‘plab uchratishimiz mumkin. Jumladan,
Guliхirоmоn, Gulshо, Gulandоm, Gulanоr, Gulasal, Guljamila, Guldоna,
Guljamоl, Gulnihоl, Gulоyim, Gulоy, Gulqiz, Gulruх, Gulchеhra, Gulshirin,
Gulnоz
va b
оshqalarda nоmning оldida ishlatilsa;
Dastagul, Dоnоgul, Lоlagul,
Оlmagul, Mеhrigul, Sarvigul, Оygul
kabilarda ism охirida kеladi.
O‘zbek tilida bu so‘zning bir qancha ma’nolari bor
1
:
1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urchish uchun xizmat qiladigan, gulband,
kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urug‘chidan iborat qismi.
Olma guli,
nok guli...
2. Atirgul va umuman ziynat uchun ekiladigan yoki tabiiy o‘zi o‘sadigan
gulli o‘simliklar; chechaklar.
Tikansiz gul bo‘lmas, mashaqqatsiz – hunar.
Maqol.
3. Biror narsaga tabiatdagi gullar shaklida chizib, tikib, bosib yoki o‘yib
tushirilgan bezak, naqsh; ornament.
Mehrini esa do‘ppisining gulidan tanidi.
Sh.
Rashidov, Bo‘rondan kuchli.
4. Ko‘chma ma’noda, badiiy adabiyotda go‘zal ma’nosini anglatuvchi so‘z.
Ikkovi ham uzilmagan gul.
Oybek, Tanlangan asarlar.
5. (I sh egalik qo‘shimchasi bilan murojaat shakli) Yor, sevikli ayol.
Gulim,
senga aytar so‘zim bor.
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I tom. – Toshkent, 2006. 516-bet.
27
6. (III sh egalik qo‘shimchasi bilan) Eng yaxshisi, sarasi;
fayz kirituvchisi,
qizituvchisi.
Shoh qiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni ko‘rsatgil, men
uning quli.
S. Ayniy, Doxunda.
7. Bahorda, gullar ochilganda, marhum xotirasiga bag‘ishlab uning yiliga
qadar o‘tkaziladigan marosim.
...hali bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi,
fotihaxonligi, shakligi, iftorligi, ikki hayiti, guli, qovoq oshi, qovun-uzumi, yil
oshisi, oq solar va hokazolar bor.
M. Osim, Tilsiz guvoh.
Demak, gul so‘zining bulardan tashqari Antraponimika sohasida yana bir
vazifasi borligini yuqorida bir qancha misollar vositasida ko‘proq ayollar,
xotin-qizlar ismining birinchi va ikkinchi qismi sifatida ham kelishi orqali bilib
oldik.
J
amоl.
Хоrazm dоstоnlarida uchraydigan
Bibiguljamоl, Guljamоl, Оyjamоl
kabi ismlar tarkibida qo‘llangan. Ushbu kоmpоnеnt
aslida arab tiliga хоs
bo‘lib, “go‘zal, mukammal” dеgan ma’nоlarni anglatgan. Majоziy ma’nоda
“yuz, bеt, chеhra” kabilarni ham anglatadi
1
.
Moh
–
ﮦاﻤ oy ma’nosidagi bu so‘z aslida fors tilidan kirib kelgan.
Oh..
Quyoshdin nur olib kulgan kabi moh, Kulardim so‘nggi bor, u kelsa men ham.
Uyg‘un va I.Sulton, Alisher Navoiy. U kishi ismlari tarkibida ham uchraydi
hamda muayyan komponent vazifasini o‘taydi:
Mohigul, Mohinir, Mohidil...
Badiiuy adabiyotda bu so‘zning yakka o‘zini qo‘llash orqali kinoya tashbeh
hosil qilish mumkin:
Ey moh, menga nurafshon yo‘l ko‘rsat.
Ko‘pgina mumtoz ijodkorlarimiz badiiy adabiyotda ko‘plab
uchrovchi bu
tushuncha doirasida bir qancha birikmalar hosil qilgan va hatto ular ijodiy
ishlarda takror-takror qo‘llanilib, qoliplashgan, odat tusiga kelib qolgan tasviriy
ifoda mazmunini kasb etmoqda. P. Shamsiyev va S. Ibrohimovlar tomonidan
tuzilgan “Navoiy asarlari lug`ati”da moh bilan bog`liq quyidagi ifodalarga
ko‘zimiz tushadi:
Do'stlaringiz bilan baham: