Hamkorlikda o’rganish; Modellashtirish; Tadqiqot (loyiha.) - Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchi-talabalarning jamoaviy, guruh bo’lib mustaqil ishlashi evaziga ta’lim olishni ko’zda tutadigan metod.
- “Aqliy hujum” metodi - aqliy hujum (Brain Storming) usuli
- Aqliy hujum- uslubi, muayyan muammo qo’yilib, uni yechish uchun talabalar o’rtasiga qo’yiladi. Unda har bir guruh yoki alohida talabalar tomonidan fikr va mulohazalar bildiriladi. Ular solishtiriladi va xulosa chiqariladi.
- Aqliy hujum mashg`ulotlarda talabalar faolligini oshirishga, charchoqni yo`qotishga, barchani mavzuning eng maqbul yechimini izlashga sharoit yaratadi.
- Aqliy hujum qoidalari:
- Hech qanday o‘zaro baholash va tanqidga yo‘l qo‘yilmaydi!
- Tanqid qilma — barcha fikrlar teng qadrli.
- So‘zlovchini to‘xtatma!
- Tanbeh berma!
- Maqsad — bu miqdor!
- Fikrlar qanchalik ko‘p bildirilsa, shuncha yaxshi ya’ni yangi, optimal va qadrli fikr paydo bo'lish ehtimoli ortadi.
- Guruhlarda juftlik yoki kichik guruhlarga bo’linib ishlash - juftlik, yoki kichik guruh bilan birgalikda aniq qo’yilgan u yoki bu masalani, ma’lum belgilangan vaqt ichida o’zaro fikr almashish, muloqot qilish orqali yechish ko’zda tutiladi.
- Uning mohiyati shundaki, guruh talabalari 4-6 kishidan iborat mikroguruxga bo`linadi. Mikroguruhlarda ishlash strategiyasining ahamiyati shundaki, unda topshiriqni bajarishda barcha talabalar faol ishtirok etadi va ularning har biri sardor(taqdimotchi) bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`qituvchi esa, har bir talaba bilan yakka tartibda ishlash uchun ko`proq imkoniyatga ega bo`la
- Guruhlarda juftlik yoki kichik guruhlarga bo’linib ishlash.
- Baxs-munozara - tashkil etishga yo’naltiruvchi xamkorlikdagi bir-birini o’qitish faoliyati. Ushbu usul bilan ishlashda, matnni o’qib chiqib, ma’ruza tinglab, film namoyishidan so’ng yoki muammoli vaziyatni hal etilishida qo’llanilishi mumkin. Ushbu usulni tashkil etish juda sodda va osondir. Bunda aniq muammo bo`yicha fikr almashish, muhokama shaklidagi ta’lim berishning faol usuli. Munozara usuli o’qitishning barcha vazifalarni bajaradi.
- Baxs-munozara qoidalari:
- 1. Muhokama qilish uchun mavzu tanlab olinadi.
- 2. Ushbu mavzu yuzasidan qatnashchilar yakka tartibda ishlashadi va yozma shaklda o’z fikri, munosabati, qarashlarini bildirishadi.
- 3. Ishtirokchilar bir-birlariga o’xshash fikr, qarash, munosabatlar, qarashlar asosida guruxlarga bo’linib, ushbu qarashlar, munosabatlarini himoya qiluvchi dalil, asoslarni umumlashtirishadi.
- 4. Raqiblarining dalillari asosli, kuchli deb hisoblagan ba’zi-bir gurux qatnashchilari o’z fikr, qarashlarini o’zgartirib, qarama-qarshi guruxlarga qo’shilib olishlari mumkin.Qatnashchilar baxsga taklif etiladi va ular o’zlarining asosiy dalil va asoslarini keltirib, so’zga chiqadilar. Bunda guruxlar navbat bilan so’zga chiqadilar.
- 5. Dars yakunlanib, xulosalar chiqarilib, ishtirokchilardan o’tilgan mavzu bo`yicha fikr, mulohazalarga munosabati yozma so’raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |