I.4. Mehnat faoliyati diagnostikasi
Faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash psixologik ko’rsatgichlar asosida olib boriladi.u faoliyatda o’rgatish jarayonini optimallashtirish uchun muhim.oquv guruhlarini tuzishda individual yondashishnitashkil etishda va boshqa hollarda muhim.
Ko’pincha faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash insonning u yoki bu faoliyatga to’g’ri kelishi kasbiy tanlov o’tkazishni yo’lga qo’yish uchun to’g’ri keladi.Insonning mehnatga jismoniy va psixik layoqatliligi va yaroqliligini ergonomika sohasi o’rganadi.ergo ingliz tilidan ish nomika inson o’rganadi.
Professional tanlovning komponentlaridan biri psixologik tanlov bo’lib,u o’z ichiga tibbiy tibbiy,ta’lim,bilim darajasi bo’yicha tanlovlarni o’z ichiga oladi.aniq faoliyat turida inson qobilyatlarni son va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha baholash eng oddiy ammo unchalik mukammal bo’lmagan usuldir.Professional malaka olingan ko’rsatgichlarni boshqalarniki bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.qobilyatlarni pragnozlash kasbiy ta’limdan oldin o’tkaziladi va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi;
1. Vaqtdan uzilganligi
2. Vositali usullar
3. Nisbatan kam ishonchliligi va h.k.lar.
D.D.Jangarov diagnostika va pragnozlash tushunchalarini o’zaro bir-birini to’ldiruvchi ammo eksperimental psixologiyaning alohida mavzulari deb aytadi.
Faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash –kelajakda individual hulq ehtimolini argumentlash bo’yicha xulosadir. Uni ilmiy asoslash uchun b.m/psistemasi ishlab chiqaradi va u quyidagi bosqichlarga bo’linadi;
- faoliyatni psixologik o’rganish
- yakuniy axborotni olish uchun metodlar tanlash va ishlab chiqarish
- mezonlarni ishlab chiqish
- yakuniy axborotni diagnostik integral boshqa aylantirishning qoidasini ishlab chiqish
- faoliyatni pragnozlash sistemasi validligini aniqlash.
statistik algoritmlarni beshta guruhga bo’lish mumkin.
1. Quyi va yuqori guruhlarni qiyosiy tahlil qilish
2. Korrelatsion pleyadalar metodi
3. Faktorli tahlil
4. Ketma-ket davomli tahlil
5. Regression tahlil
Professional tanlov va qobilyatlarni diagnostik tahlil qilish talablarni V.A.Bodrov quyidagicha tushuntiradi.4
1. Metodikaning pragnostik (informatsion qimmati) bu metodikaning o’ganilayotgan shaxs haqida keng va aniq axborot bera olishi bilan o’lchanadi.
2. Metodikaning ishonchliligi.bu olingan natijalarning stabilligi takror tadqiqotlarda bir xil ko’rsatgichlarni olish o’lchov xatolari dispersiyasi,juft qatorli korrelatsiya koifsentiko’rsatgichlari bilan aniqlanadi.
3. Metodikaning differensialligi.bu har bir metodikaning alohida funksiyalar yoki funksiyalar to’plamini baholashgaqaratilganligidir.natijalarni tahlil qilganda ular orasidagi farq kichik bo’lishi metodika to’g’ri tanlanganligini bildiradi.metodikalar differansialligini aniqlash uchun korelatsion matritsa o’tkazish lozim.
Tanlangan va ishlab chiqarilgan metodilalarning yuqori pragnostik va qimmati va ishonchligini taminlash uchun v.a.bodrov quyidagi prinsiplarni sanab o’tadi;
1. Ilmiy asoslanganlik tamoyili.
2. obyektivlik tamoyili.
3. amaliyotga qulaylik tamoyili.
Tajriblarni o’tkazishda instruktash katta ahamiyatga ega. Instruksiya o’zining osonligi, aniqligi, standart shakli bilan ajralib turadi. Instruksiyani eksperimentatr yodlashi yoki uni matndan o’qib borishi mumkin. Sinaluvchi va eksperimentatrorasidagi psixologik kontakt metodning ishonchliligini oshiradi. Metodika blanklari bir xil o’lchovda, rangda va shriftda tuziladi. Standart sharoitlarda asbob-uskunalar eksperiment tajriba o’tkazadigan joyning yorug’lik darajasi, shovqin izolyatsiyasi va maxsus metodikaning professionalligi va qonuniyligini ta’minlaydi. Faoliyatni prognoz qilish uchun maxsus psixologik tayyorgarlikka ega mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Qobilyatlar diagnostikasini sintetik usulda o’tkazish pragnoz ishonchliligini oshiradi, chunki faoliyat adekvat va takroriy sinab ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |