Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti bo’yicha hisoboti



Download 0,9 Mb.
bet2/4
Sana18.10.2022
Hajmi0,9 Mb.
#853917
1   2   3   4
Bog'liq
3-3 tur 21 guruhi O\'ljayev Temurbek

Sayohat agentligi - bu har bir yo'nalish uchun turli xil sayohat paketlarini taklif qilish uchun turar joy yoki sayohat etkazib beruvchilar nomidan keng jamoatchilikka sayohat va turizm bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan xususiy sotuvchi yoki davlat xizmati . Sayohat agentliklari ochiq havoda dam olish tadbirlari, aviakompaniyalar , avtomobil ijarasi , kruiz liniyalari , mehmonxonalar , temir yo'llar , sayohat sug'urtasi , paketli turlar , sug'urta ,yo'l- yo'riq kitoblari , aeroportning VIP saloniga kirish , so'rov bo'yicha sayohatchilar uchun bagaj va tibbiy buyumlarni yetkazib berish uchun logistikani tashkil etish, jamoat transporti jadvallari , avtoulovlarni ijaraga berish va almashtirish xizmatlari. Sayohat agentliklari, shuningdek , ma'lum bir mintaqada ofislari bo'lmagan aviakompaniyalar uchun umumiy savdo agentlari sifatida xizmat qilishi mumkin. Sayohat agentligining asosiy vazifasi etkazib beruvchi nomidan sayohat mahsulotlari va xizmatlarini sotadigan agent sifatida harakat qilishdir. Ular, shuningdek, Sayohat maslahatchilari deb ataladi. To'y kabi guruh sayohati uchun kruiz kemasida mehmonxona xonalari yoki kabinalarini oldindan band qilmasa, ular inventarni qo'llarida saqlamaydilar , asal oyi yoki boshqa guruh tadbiri.
Sayohat agentliklari ko'pincha provayderlardan komissiyalar va boshqa imtiyozlar va rag'batlarni oladilar yoki oxirgi foydalanuvchilardan haq olishlari mumkin. Mehmonxona egalari va turoperatorlar odatda sayyohlik agentliklariga yuqori komissiya stavkasini toʻlaydilar, aviakompaniyalar esa odatda past komissiya toʻlaydilar. Mijoz, odatda, sayyohlik agentligi qancha komissiya va boshqa imtiyozlar olishi haqida xabardor emas.


1-rasm Agentlikning bog’ qismi

KITOB-SAYYOH” SAYYOHLIK AGENTLIGI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT



‘KITOB-SAYYOH’ turistik xususiy korxonasi 1992-yil tashkil topgan va 1996-yil xususiylashtirilgan. To 2015-yilgacha korxona turli joylarda ishlashga majbur bo’lgan. Dastlab Kitob tumani hokimligida korxonaga ajratilgan kabinet bo’lgan. Nihoyat 2015-yilga kelib, korxonaning bir necha yillik orzusi amalga oshdi. Korxona o’zining xususiy yer maydoniga ega bo’ldi. 2016-yilga kelib korxona 5 ta o’tov, 30 sotixlik mo’jazgina bog’, umumiy oshxona va boshqalarga ega boldi. Har bir o’tov 4 kishiga moslangan, 4 ta krovat, konditsioner va ko’rpa-to’shaklar bilan ta’minlangan. O’tov atrofi milliy kigiz gilamlarimiz bilan o’ralgan. Shu sababli o’tov qishda issiq, yozda esa salqin bo’ladi.
«Kitob Sayyoh» xususiy turistik kompaniyasi Kitob shahrida joylashgan. Kitob Qashqadaryo vohasining tog‘li tumanlaridan biri bo‘lib, markazi Kitob shahri. Uch tomoni osmono‘par tog‘lar bilan o‘ralgan vodiy sersuv daryolari, serhosil bog‘lari, qaynarbuloqlari, serunum tuproqlari bilan mashhur. Eng muhimi, tanti, mehnatkash, olijanob insonlari bor. Kitob Qashqadaryo vohasining Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati hamda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lib, maydoni 1.8 ming kvadrat kilometr. Dengiz sathidan 1788 metr balandlikdagi Taxtaqoracha dovoni respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bog‘laydi. Tumanda 218 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazi Kitob shahri bo‘lib, Qarshi, Shahrisabz, Samarqand shaharlari bilan avtomobil va temir yo‘llari orqali bog‘langan. Ko‘pchilik Kitobning tabiatini Shveytsariyaga qiyos etadi. Hududning shimoliy va sharqiy chegaralari bo‘ylab yastanib yotgan Zarafshon va Hisor tog‘lari Kitobga salobat beradi. Tuman iqlimi mo‘'tadil bo‘lib, o‘rtacha harorat yanvar oyida – 3, – 8 gradus atrofida bo‘lsa, iyul oyida + 43 gradusgacha ko‘tariladi. Yiliga o‘rtacha 545 millimetr yog‘in tushadi.
Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari – Ayoqchisoy, Oqsuv, Jinni daryolar oqib o‘tadi. Tog‘ yon bag‘irlarida archa, bodom, do‘lana, olma, tol, yong‘oq, pista, zarang daraxtlari o‘sadi. Tog‘larida tulki, bo‘ri, chiya bo‘ri, bo‘rsiq, ayiq, qobon, tog‘ echkisi, arxar, turli xil sudralib yuruvchilar, shuningdek, kaklik, chil, bulbul va boshqa hayvonu parrandalar yashaydi.
Tuman qadim tarixga ega bo‘lgani kabi qadim madaniyatga ham egadir. Birgina Saroy, Minjir, Bugajil, Mallaboshi qishloqlaridagi tepaliklar ostidan topilgan osori-atiqalar Kitobda hunarmandchilik azal – azaldan rivoj topganini bildiradi. Topilmalar orasida eramizdan avvalgi 1 asrga taalluqli Budda haykalchalari nihoyatda qadrli bo‘lib, ular Kushon podsholigi davrida buddizm diniga xizmat qilgan. Shuningdek, Hayrobod qishlog‘idagi Munchoqtepadan topilgan ayol va erkak haykalchalari eramizdan oldingi IV – II asrlarga taalluqli deb taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, bu qishloqlardan Aleksandr Makedonskiy tangalari topilgani madaniyatimiz tarixi naqadar qadimiyligini bildirsa, Xorazmshoh, Qoraxoniylar, Amir Temur, Amir Olimxon va hatto XVI asrda Lyudovik davrida Germaniyada zarb etilgan kumush va mis tangalar savdo – sotiq rivojidan darak beradi. «Kitob Sayyox» xususiy turistik kompaniyasi Kitob shahrida joylashgan. Kitob Qashqadaryo vohasining tog‘li tumanlaridan biri bo‘lib, markazi Kitob shahri. Uch tomoni osmono‘par tog‘lar bilan o‘ralgan vodiy sersuv daryolari, serhosil bog‘lari, qaynarbuloqlari, serunum tuproqlari bilan mashhur. Eng muhimi, tanti, mehnatkash, olijanob insonlari bor.
Topilmalar orasida hayvon haykalchalari, metal eritishda ishlatiladigan idishlar, turli kulolchilik buyumlari, taqinchoqlar ham bor.
Arxeologik qazishmalar paytida topilgan juda ko‘p buyumlar sopoldan yasalgan. Bu tumanda kulolchilik o‘zining qadim ildizlariga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bir zamonlar Saroy qishlog‘ining soz tuprog‘i va qishloqdan oqib o‘tgan Ayoqchisoy daryosi kulolchilik guzariga asos solgan va bu yerda aholi asosan idish-tovoqlar yasash bilan shug‘ullangan.
Topilmalar orasida hayvon haykalchalari, metal eritishda ishlatiladigan idishlar, turli kulolchilik buyumlari, taqinchoqlar ham bor.
Arxeologik qazishmalar paytida topilgan juda ko‘p buyumlar sopoldan yasalgan. Bu tumanda kulolchilik o‘zining qadim ildizlariga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bir zamonlar Saroy qishlog‘ining soz tuprog‘i va qishloqdan oqib o‘tgan Ayoqchisoy daryosi kulolchilik guzariga asos solgan va bu yerda aholi asosan idish-tovoqlar yasash bilan shug‘ullangan.
Kitob tumani azal – azaldan shirin – shakar mevalari va uzumlari bilan mashhurdir. Varganzaning anorlari, Sumakning nashvatilari, Palandaraning olmalari, Qaynarning kishmishlari elning og‘ziga tushgan. Bugungi kunda tumanda bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda.

O‘z tarixi, madaniyati va urf – odatlariga ega bo‘lgan, odamlari yangilikka intilgan har bir go‘shaning kelajagi ham bo‘ladi. Bugungi kunda Kitob tumaniga qarab ko‘z quvnaydi.


Ushbu hudud tog‘lar bilan o‘ralganligi, tabiati go‘zal, suvi soz, o‘z qadimiy tarixiga ega bo‘lganligi, shu bilan birga buyuk sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan yurt bo‘lganligi sabab, “Kitob Sayyoh” xususiy turistik kompaniyasi tarixiy turizm va eko turizm yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Qadim va boy tarixga ega bo‘lgan Kitob tumanida 6 ta yirik ziyoratgoh, 235 ta madaniy obida bor.



2-rasm Mehmonlar uchun o’tovlar.

KITOB-SAYYOH” SAYYOHLIK AGENTLIGI BOSHQARUV TUZILMASI


“KITOB-SAYYOH’ sayyohlik agentligi o’zining boshqaruvini juda aniq namoyon etadi.Agentlikda bosh direktor tashkilotning asosiy rahbari Axat Berdiyev, agar u kishi yo’qligida ma’sul o’rinbosar tur-operator, gid Feruza Berdiyeva xohlagan masalada yordam beradilar.
Buxgalter Xamrayeva Malika opa agentlikning barcha hisob-kitoblarini amalga oshiradilar.Oshpaz Xamrayeva Nargiza , bog’bon Niyozov Xamroqul.
Bosh haydovchi Muzaffarov Akbarxon, mehmonxona xizmatchilari esa Murodov Xolmurod, Azamov Azimmurodlar hozirda agentlikning asosiy ishchi-xodimlari hisoblanadi. Va yana mavsumga qarab respublikamizning turli joylaridagi 26 nafar tur-agentlar bilan agentlik shartnoma asosida ishlaydi.
KITOB-SAYYOH” sayyohlik agentligi faoliyatini o‘rganilganlik bo‘yicha xulosalar

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, turizmning rivojlanishi bevosita bu majmuaga aloqador sohalarning, jumladan turistik agentliklarning faoliyatini oshirish bilan bog’liqdir.


Men 4 hafta davomida o’z amaliyotimni “KITOB-SAYYOH” mehmonxonasida o’tadim. Bu sayyohlik agentligi yangi ochilgan bo’lishiga qaramasdan tashrif buyurgan mehmonlarga yaxshi xizmat ko’rsatishi bilan e’tiborga tushib kelmoqda. Men agentlikda amaliyot davomida Universitetda olgan nazariy bilimlarni amalda qo’llanilishi , ish jarayoninig qay tarzda borishi, kelgan mehmonlarga xizmat ko’rsatish ular bilan qay tarzda muloqotda bo’lish kerakligini o’rgandim. Agentlikda har bir bo’limlarda alohida alohida bo’lib, ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritdim. Har bir bo’limning o’z majburiyatlari va vazifalari bor, har birining ishi qiziqarli va o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Mana shu amaliyot davomida o’z sohamni yanada chuqurroq o’rgandim, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish, ularning talab va istaklarni qondiradigan darajada xizmat ko’ratish va yaxshi ta’assurot qoldirishni bilib oldim. “KITOB-SAYYOH” SAYYOHLIK agentligi xodimlari menga o’z bilimlari bilan bo’lishib kerakli joyda o’z maslahatlarini berdilar. Menga amaliyot davrida yordam bergan mehmonxona xodimlariga alohida minatdorchilik bildiraman.

3-rasm Agentlik binosining umumiy ko’rinishi.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish