Xulosa va takliflar Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. Turizm juda ko’p serqirra tarmoqdir, ularning asosi xizmat ko’rsatish sohalari. Bu asosan mehmonxonalar, restoran va turistik firmalardir. Hozirda ko’plab tashkilotlar sayyohlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lib, ularning asosiy qismi xususiy firmalar tashkil qilyapti. Shu qatorda mamlakatimizda ko’pgina xususiy mehmonxonalar ham ochilmoqda. Men joriy yilning sentabr-oktabr oylarida “KITOB-SAYYOH” sayyohlik agentligida amaliyotda bo’ldim. Amaliyotim davomida Buxoro Davlat Universitetida olgan nazariy bilimlarimni amalda qo’llanilishi, ish jarayoninig qay tarzda borishi, sayohatchilarga xizmat ko’rsatish ular bilan qay tarzda muloqotda bo’lish kerakligini o’rgandim. Haftalik amaliyotim davomida biz mehmonxonaning turli bo’limlarida (reception, ozodalikni ta’minlash,ovqatlanish bo’limi va h.k) amaliyot dasturi asosida ish jarayonlarini kuztaib qo’limizdan kelgancha mehmonxona xodimlariga ko’maklashdik. Har bir ishning o’z qiyinchiliklari va qiziqarli tomonlari bo’lgani singari mehmonxona xizmatining ham o’z qiyinchiliklari , majburiyatlari va vazifalari bor ekan. Mana shu amaliyot davomida o’z sohamni yanada chuqurroq o’rgandim, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish, ularning talab va istaklarni qondiradigan darajada xizmat ko’ratish va yaxshi ta’assurot qoldirishni bilib oldim.
Xulosa qilib aytganda, bizning mamlakatimiz juda boy tarix va turistik resurslarga ega tarixiy mamlakat desak mubolag’a bo’lmaydi. Kelajakda biz shunday imkoniyatlani qo’ldan boy bermagan holda mamlakatimiz turizmini yanada rivojlantirishimiz,Turistik xizmatlarni jahon starndartlariga mos keladigan darajada olib chiqishga o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Hozirda talaba yoshlarga juda ko’p imkoniyatlar yaratilyapti va bundan oqilona foydalangan holda bizga berilgan ishonchni oqlashimiz kerak. Chunki mamlakatimizning kelajagi biz yoshlarning qo’limizda.
Men qilgan amaliyotim va olgan nazariy bilimlarim asosida “KITOB-SAYYOH” sayyohlik agentligi faoliyati yanada yaxshilanishi uchun quyidagi takliflarimni bildirib o’tmoqchiman:
Agentlik mehmonxona binosida sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi shaxsiy transport xizmatini yo’lga qo’yish;
Amaliyotim jarayonida men agentlik mukammal emasligiga guvoh bo’ldim va bu sayyohlarning fikriga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shunday ekan saytni mukkammal darajada takomillashtirish kerak. Saytni tez tez yangilab turish va sayt ustida doimiy ishlanishi va O’zbekistonda kutilayotgan turistlarni jalb qiluvchi sayllar, bayramlar, festivallar va hokazolar haqida saytda yangilik sifatida kiritilib borilishi kerak.
Agentlikda malakaviy yosh kadrlarni ko’paytirish kerak.
Mehmonlar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun mehmonxonaning o’zida turli animatsion dasturlar, shoular tashkil qilish;
· Jismoniy imkoniyati cheklangan mijozlar uchun alohida nomerlar tashkil qilish va h.k.
O’zidagi mavjud bor potensialni ishlatib sayyohlarga mazmunli xizmat ko’rsatish.
Agentlik hududidagi turli xil landshaft obyektlarini ta’mirlash.