2.4. Gigiyena va mehnatning muhofaza qilinishini tashkil etish.
Mehnatni muhofaza qilish korxonada xavfsizlik texnikasi va yong'inga qarshi kurash bilan uzviy bog'langan. Korxonada mehnat uzluksiz davom etishi uchun xodimlar sog‘-salomat bo'lishlari, ko'ngilsiz tasodiflarga duchor bo'lmasliklari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirish ishlab chiqarishning hamma sohalarida ilmiy-gigiyenik va texnik asosda bir me’yordagi ish sharoitini yaratishga imkon beradi. Umumiy ovqatlanish korxonasida xavfsizlik texnikasining vazifalari – ishlab chiqarish va xizmatlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, baxtsiz hodisalar, kasb kasalligi sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olishning aniq chora-tadbirlarini ko'rishdan iborat. Yong'inga qarshi texnika vositalari yong'inlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish sohasida foydali usullarni amalga oshirishda yordam beradi.
Sog'lom va xavfsiz mehnat sharoiti O'zbekiston Respublikasida 1996- yilda qabul qilingan Mehnat Kodeksi bilan amalga oshiriladi. Demokratik huquqiy tamoyillarga asoslangan mustaqil davlatimizning bu kodeksi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini, mehnatni muhofaza qilish me’yorlarining bajarilishini tartibga soladi. Mehnat kodeksi asosida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi haqidagi qoidalar ishlab chiqiladi.
Mehnat muhofazasining tekshiruv ishlarini davlat va jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Mehnat Kodeksining 9-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat to'g'risidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlatning bir qancha mutasaddi organlari ham nazorat ishlarini amalga oshiradi.
O'zbekiston RespublikasiSog'liqni saqlash vazirligi bosh sanitariyaepidemiologiya nazorati amalga oshiradigan ishlar bu sohada eng muhim hisoblanadi.
Texnika inspeksiyasi ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini, og'ir ishlarning mexanizatsiya darajasini, jihozlarni ishlatishda xavfsizlikka rioya qilish qoidalarini tekshiradi. Soha yo‘riqchilari mehnat haqidagi qonunchilikni, xavfsizlik texnikasi yo'riqnoma va qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, tasodifiy holatlar yuz berishi, kasb kasalligining oldini olishni nazorat qiladi. Ular shamollatish tizimlari ishini, yoritish texnikasi holatini, jihozlar, inventar, asboblar to‘g‘ri ishlashining texnik holati, tozalik, ishchi joylarining tartibi, xodimlarning kasb kiyimlari bilan o'z vaqtida ta’minlanishini tekshiradi. Hamma mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha zaruriy tadbirlar jamoa shartnomasiga kiritiladi. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalarini saqlash hamma ko'rinishigidagi anjomlardan foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Bu jihozlarga qaraydigan xodimlar ularni ishlatish bo'yicha yo'riqnomalar bilan ta’minlanadi, ularda xavfsizlik texnikasi, ularni me’yorida ishlatish ko'rsatilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |