Yapon behisi-
Ayva
|
1-2 m gacha balandlikdagi, tarvaqaylagan shoxli, tikanli, quyuq barg novdali buta. Barglari ochilish vaqtida bug‘doy rang-qizil, yozda qoramtir yashil. Kech kuzda rangini o‘zgartirmagan holda tushadi. Gullari yirik, yarqiroq qizil, pushti yoki oq. Mevalari 6 sm uzunlikdagi, yashil-sariq xol-xol dog‘li.
|
Tez o‘sishi bilan ajralib turadi. Issiqsevar, qurg‘oqchilga chidamli. Tutun va gazlarga bardoshli. Soyaga chidamli.
|
Old qism va jonli to‘siqlarda turkum va yakka holida ekish uchun tavsiya etiladi.
|
Tarvaqaylagan olxo‘ri (olcha)-
|
Chodirsimon shox-butoqli va ingichka tikanak shoxli, barglari to‘kiladigan buta yoki 2-3m balandlikdagi daraxt. Gullari yashil, yirik, oq, juda uzoq gullaydi. Mevalari yesa bo‘ladigan, soqqasimon, sariq yoki qizil.
|
O‘rta Osiyoning tog‘li tumanlaridagi odatiy o‘simlik.
|
Yakka, turkum holida ekish, jonli to‘siqlar, to‘g‘ri chiziqli va ko‘p qatorli ekinzorlarga kiritish uchun tavsiya qilinadi.
|
O‘rtacha spireya-
|
2m gacha balandlikdagi zich yumaloq shox-butoqli buta. Barglari cho‘zilgan, elliptik, yorqin yashil. Gullari oq, novdaning butun uzunligi bo‘ylab joylashgan ko‘p gulli yassi to‘pgul. May-iyun oylarida 13-20 kun davomida gullaydi. Gullagan davrda nihoyatda manzarali.
|
Sovuqqa, qurg‘oqchilga chidamli. Soyaga bardoshli. Gazga chidamli. Ko‘chirib o‘tqazishini yaxshi qabul qiladi.
|
Dam olish maydonchalarida yakka, turkum va jonli to‘siqlar holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
Yirik bargli yoki oddiy irg‘ay-
|
3 m gacha balandlikdagi, kurtaklaganda kumushrang, keyinroq yorqin yashil bargli va shokiladagi ko‘p sonli gullari oq rangda bo‘lgan buta.
|
Sovuqqa bardoshli. Qurg‘oqchilga to‘la bardoshli. Soyaga chidamli. Tuproqqa talabchan emas. Tez o‘sishi bilan ajralib turadi. Asosan, mo‘l-ko‘l gullari bilan qimmatli.Ko‘chirib o‘tqazishni yaxshi qabul qiladi.
|
Turkum holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
Kanada irg‘ayi-
|
8 m gacha balandlikdagi yirik buta yoki daraxt. To‘g‘ri o‘suvchi egilgan shoxlari keng ovalli shox-butoq hosil qiladi. Barglari tuxum ko‘rinishida, 10sm gacha uzunlikda, 4 sm atrofida kenglikda, ko‘kimtir-yashil,kuzda to‘q sariq-qizil va qirmizi. Oq gullari 12 sm gacha uzunlikdagi ko‘p gulli shokilaga yig‘ilgan. Dastlab yorqin qizil, keyinchalik qoramtir qirmizi, ko‘kimtir rang bilan qoplangan mevalari yashil barglar fonida chiroyli ajralib turadi. Mo‘l-ko‘l gullashi maygacha davom etadi va avgust-sentabrda hosil beradi.
|
Tuproq namligiga talabchan. Tutun va gazga bardoshli. Sovuqqa chidamli.
|
Baland jonli to‘siqlar va turkum holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
|