Sariq mevali do‘lana-
|
Katta bo‘lmagan daraxt yoki daraxt shaklidagi buta. Oq gullari asosiy qo‘shma yassi to‘pgul yoki soyabonga to‘planadi. Sariq rangdagi unli mag‘iz -meva-olmasi kuzda pishadi va sovuq tushguncha turadi. Qoramtir-yashil patli-parrakli barglari kuzda tillarangga, qirmizi va to‘q-sariq tusga kiradi.
|
Sovuqqa, qurg‘oqchilga bardoshli, yorug‘liksevar. Tuproqqa talabchan. Qimmatli yirik mevali, yesa bo‘ladigan do‘lana navi. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan.
|
Turkum yaratish va yakka holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
Yovvoyi atirgul-
|
3m gacha balandlikdagi, uzun kamalak shaklida yerga egilgan shoxli, ko‘kimtir yashil bargli, yirik (8sm gacha) oq yoki pushti gulli va chiroyli qizil mevali buta
|
Sovuqqa chidamli. Yorug‘liksevar. Tuproqning unumdorligi va namligiga talabchan emas.
|
Yakka va turkum holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
Burushiq atirgul-
|
Zich qalinlikdagi, yumaloq shakldagi 2 m gacha balandlikdagi, qoramtir-yashil bargli, yirik (12sm gacha diametrdagi) va xushbuy oq-pushti yoki qirmizi-qizg‘ish gulli va ancha yaxshi taassurot tug‘diradigan katta yorqin-qizil, mevasi ko‘ndalangiga 2,5 sm gacha bo‘lgan buta.
|
Barcha yovvoyi holda o‘suvchi na’mataklardan chiroyli, mo‘l-ko‘l va uzoq vaqt gullaydi. Yirik (10 sm gacha) seryaproq gullari manzarali shaklga ega. Yuqori darajada sovuqqa chidamlilik va madaniy ekishga ko‘nikish xususiyatiga ega.
|
Turkum holida ekish uchun tavsiya qilinadi.
|
Oddiy olcha-
|
Balandligi 7 m gacha bo‘lgan daraxt yoki soqqasimon yoxud tarvaqaylagan shox-butoqli buta. Tana po‘stlog‘i qoramtir-qo‘ng‘ir, ingichka yassi parchalar bilan qoplangan. Barglari elliptik, 7 sm gacha uzunlikda zich, yuqoridan qoramtir-yashil, yaltiroq. Gullari oq, 2,5sm gacha diametrda 3-4 tadan soyabonsimon to‘pgulga yig‘ilgan. Mevalari qizil.
|
Tuproqqa talabchan. Quruqliqqa bardoshli. Havoning tutun va gaz bilan ifloslanishiga chidamli.
|
Turkum, yakka holida ekish va hoshiya yaratish uchun tavsiya qilinadi.
|
Cho‘l olchasi-
|
2m gacha balandlikdagi, ko‘pincha tarvaqaylagan shox-butoqli buta. Barglari yirik emas, 5 sm gacha uzunlikda teskari tuxumsimon, qoramtir-yashil, yaltiroq, odatda, kuzda ham o‘z rangini o‘zgartirmaydigan, kamdan-kam holda qisman qizaruvchi. Gullari oq, 1,5sm gacha diametrda, 3-4 tadan soyabonsimon to‘pgulda yig‘ilgan, kamdan-kam yakka holda. Mevalari qizil, soqqasimon, 1sm diametr atrofida.
|
Tuproq va namga talabchan emas. Kurg‘oqchilga va sovuqqa chidamli.
|
Yo‘l chetlarini manzaralash, turkum va jonli to‘siqlar yaratish uchun tavsiya qilinadi.
|
|