ZARYAD TASHUVCHINING TUTILISHI - o‘tkazuvchanlik elektroni yoki
kovagining uning panjara nuqsonining sathiga o‘tib olishi natijasida g‘oyib
bo‘lishi.
ZARYADNING HAJMIY ZICHLIGI - biror hajm ichidagi elektr zaryad
kattaligining shu hajm kattaligiga nisbati.
ZARYADNING SIRTQI ZICHLIGI - jismning yupqa sirtqi qatlami bo‘lagida
joylashgan elektr zaryad miqdorining shu bo‘lak yuzasiga nisbati.
ZEEBEK (Th. J. SEEBECK) HODISASI - payvandlari turlicha temperaturada
bo‘lgan turli jins metallar yoki yarimo‘tkazgichlardan tuzilgan yopiq elektr
zanjirda termo - E.YU.K.ning vujudga kelishi.
ZICHLIK - modda xossalarining biror hajmda joylashgan modda massasining shu
hajm kattaligiga nisbati bilan belgilanuvchi tavsifi.