YARIMO‘TKAZGICH MATERIALLAR - xona (T~300 K) temperaturasini
o‘z ichiga oluvchi keng temperaturalar oralig‘ida yarimo‘tkazgich xossalarini
yaqqol namoyon qiluvchi hamda yarimo‘tkazgich asboblar yasashda keng
qo‘llaniluvchi moddalar majmui.
YARIMO‘TKAZGICHLARNI LEGIRLASH - yarimo‘tkazgichlarning elektr
xossalarini o‘zgartirish maqsadida ularga kirishmalar yoki tuzilmaviy nuqsonlarni
ulushlab kiritish.
YARIMO‘TKAZGICHLARNING SIRTIY XOSSALARI –
yarim-
o‘tkazgichning boshqa bir muhit bilan bo‘linish chegarasi yaqinida zaryad
tashuvchilar(elektronlar va kovaklar)ning o‘zini qanday tutishi bilan bog‘liq
bo‘lgan xossalari.
YARIMO‘TKAZGICHNING XUSUSIY ELEKTRIK O‘TKAZUVCHANLIGI TEMPERATURALARI SOHASI –yarim-
o‘tkazgichdagi zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi zaryad tashuvchilar
juftlarining termik generatsiyasi bilan aniqlanadigan va amalda panjara
nuqsonlariga
bog‘liq
bo‘lmaydigan
holdagi
temperaturalar
sohasi