YARIMO‘TKAZGICH ASBOB ELEKTRODI
- yarimo‘tkazgich
asbobning muayyan sohasi bilan tegishli chiqish orasida elektr bog‘lanishni
ta’minlovchi element.
YARIMO‘TKAZGICH ASBOB TUZILMASI (STRUKTURASI)
- elektr
o‘tkazuvchanligining turi yoki solishtirma elektrik o‘tkazuvchanligi kattaligi
bo‘yicha turli chegaradosh sohalarning yarimo‘tkazgich asbob funksiyalarini
bajarilishini ta’minlaydigan yarimo‘tkazgich tizim.
YARIMO‘TKAZGICH ASBOBLAR
- ishlashi bir jinsli va birjinsmas
p-n
o‘tishlarga, geteroo‘tishlarga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlarning xossalariga
asoslangan xilma-xil asboblarning umumiy nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |