50
o‘tkazuvchanligining temperatura va kirishmalar konsentratsiyasiga kuchli
bog‘lanishi bilan o‘tkazgichdan farq qiladigan modda
YASHASH VAQTI
- tizimning uyg‘ongan holatda mavjud bo‘lishining o‘rtacha
vaqti.
ZARRALARNI KIRITISH
- zaryadlangan zarralar dastasini tezlatgich
yoki jamlagichga kiritish.
ZARRALARNING KONSENTRATSIYASI
- biror hajmdagi zarralar sonining
shu hajm kattaligiga nisbati.
ZARRA
- moddalarning elementar bo‘lagi.
ZARRANING YUGURISH YO‘LI
- moddada zarraning to‘la to‘xtaguncha
o‘tadigan yo‘li uzunligi.
ZARYAD TASHUVCHILAR DREYF (DAYDISHI)
- tashqi maydonlar ta’-
sirida zaryadlangan zarralarning xususiy harakatiga ularning nisbatan sekin
sodir bo‘luvchi yo‘nalgan ko‘chishining qo‘shilishi.
ZARYAD TASHUVCHILAR
- elektrik zaryad tashuvchi va moddadan elektr
tokning o‘tishini ta’minlashga qodir harakatchan zarralar-ning
umumiy nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: