O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“ Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
5311300-“Telekommunikatsiya”
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MAVZU: “Samarqand shahrida FTTB texnologiyasi asosida abonentlarni ulash bo’yicha loyiha yaratish”
I
Bajardi: 403-guruh talabasi
______ Namozov V. A.
Ilmiy rahbar: “O’zi Samarqand” filiali texnik direktori
_______ Qayumov A. A.
sh kafedraning 2019 yil ______
___________dagi № __sonli
majlisda muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi. Kafedra mudiri
_______dots. Jumanov X.A. “____”______________2019y.
SAMARQAND – 2019
M U N D A R I J A
KIRISH.............................................................................................................
|
3
|
I BOB. ABONENT KIRISH TARMOG‘IGA FTTx TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH.....................................................................................................
|
6
|
1.1.
|
FTTx texnologiyalarini qo’llash va ularni tashkil etish usullari………......................................................................................
|
6
|
1.2.
|
FTTx texnologiyalarini qurish usullari va vazifalari….
|
10
|
II BOB. FTTB TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ABONENTLARNI ULASH
|
19
|
2.1.
|
FTTB texnologiyasini qurish va uni abonentlarga taqdim etish…………………………………………………………………..
|
19
|
2.2.
|
FTTB texnologiyasini qurushda kerak bo’ladigan materiallar to’plami va ularni vazifalari………………………………………….
|
23
|
2.3.
|
FTTB texnologiyasidan keyingi FTTH texnologiyasi haqida va uni qurushda kerak bo’ladigan qurulmalar.………………………………
|
28
|
III BOB. FTTB, FTTH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHGA QARATILGAN LOYIHAGA KETADIGAN SARF-XARAJATLARNI HISOBLASH………………………………………………………………...
|
43
|
3.1.
|
FTTB texnologiyasini qurushda ketadigan xarajatlar hisoblash……..
|
43
|
3.2.
|
FTTH texnologiyasini qurushda ketadigan hisob-kitoblar…………...
|
|
3.3.
|
FTTB va FTTH texnologiyalarini bir-biridan farqli ko‘rsatkichlari…
|
|
3.4.
|
Texnologiyalarni yillik faoliyati davomidagi xarajatlarini hisobla….
|
|
IV BOB. HAYOT FAOLIYATI XAFVSIZLIGI VA MEHNAT MUXOFAZASI ………………………………………...……………….......
|
58
|
4.1.
|
Kabelni yotqizish paytida xavfsizlik choralari………..……………...
|
58
|
4.2.
|
Optik kabellarni kanallarda, kollektorlarda, tunnellarda yotqizish qoidalari………………………………………………………………
|
65
|
4.3.
|
Optik tolalarni payvandlash…………………………..………………
|
|
XULOSA……………………………………………………..……………...
|
69
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….
|
71
|
Kirish
XXI asrning boshida telekommunikatsiya tarmog'ining rivojlanish tendentsiyasi vaqtni, ya'ni yuqori darajada tashkil etilgan, aqlli, avtomatlashgan, dunyodagi yuqori rivojlangan mamlakatlarning texnik darajasiga javob beradigan, turli xabarlarni uzatishni ta'minlaydigan va foydalanuvchilarga yuqori sifatli va ishonchli xizmatlarni taqdim etishni ta'minlashi kerak. Tarmoqning texnik ko'rinishi uning modulyarligi, moslashuvchanligi, samaradorligi va yuqori potentsial imkoniyatlarini ta'minlaydigan ilg'or texnologiyalarni joriy etishni belgilaydi. Keng polosali ulanish texnologiyalarini tanlashda foydalanuvchilarning ehtiyojlari, ularning joylashuvi, talab qilingan asosiy xizmatlar, turli xil iqtisodiy jihatlar hisobga olinishi kerak. Telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda, buning misolida Samarqand viloyati hududini ko’rishimiz mumkin. «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali nomenklaturasini kengaytirib va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirib, mavjud telekommunikatsiya vosita va tarmoqlarining yangilarini qurish, modernizatsiya qilish, shuningdek, telekommunikatsiya tizimlarini yaratish va amal qilish sohasida jahon yutuqlarini joriy etish yo‘li bilan muntazam rivojlantirish va texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirmoqda. 2007-yilda filial tomonidan «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirish natijasida tuman markazlari telefon stansiyalarining ulanish sig‘imi 10 foizga oshirildi.
2008-yilda «Samarqand telekom» filiali telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha bajarilishi munosabati bilan viloyatda 7ta telefon stansiyasida uskunalar zamonaviy HUAWEI kompaniyasi MSAN tashqi konsentratorlariga almashtirildi.
2009-yilga «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» nomi berilishi bilan filial qishloq ATS stansiyalarini mamlakatimiz ishlab chiqaruvchisi «Koinot» OAJ tomonidan tayyorlangan 51 ta raqamli «El SGM» konsentratoriga almashtirildi. Shuningdek, 2009-yil oxirida Nurobod tumanidagi Nurbuloq qishlog‘ida uzunligi 1,8 km optik-tolali kabel yotqizildi. 2010-2011 yillarda Samarqand viloyati qishloq joylarida yana 5ta ATS o‘rnatildi.
Bugungi kunda filial tomonidan eski ATSlar to‘liq raqamliga almashtirildi. aloqada buzilish va to‘siqlarga barqaror, shuningdek, uzoq masofalarga ma’lumotlar uzatishni kuchaytirish punktlarisiz ta’minlovchi optik-tolali kabel yotqizilmoqda, Internet tarmog‘i portlari sonini va ulanish tezligini oshirish bo‘yicha kabel yotqizish va FTTx texnologiyasi sohasida joriy etish uchun uskunalar o‘rnatish vositasida ishlar olib borilmoqda. Bularning barchasi aloqa vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlanishi evaziga tarmoq sig‘imidan foydalanish va abonentlar sonining oshishiga olib keladi. FTTx texnologiyasi sohasini joriy etilishi abonentlarga qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda.
FTTx (Fiber To The ... –«...gacha optik ») – texnologiyasi bo‘lib, belgilangan masofagacha optik tola orqali ishonchli aloqani ta’minlovchi kirish tarmog‘ini qurish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu texnologiya keng tarqalmoqda va qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |