2.2.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi
Endi esa biz sifatli so’nggi optik tolali kabelni tanlaymiz va GYXTW 4 juftli optik tolali kabelni ishlatamiz. Bu optik kabel juda mustahkam hisoblanadi va tola ustiga polimer materialdan muhofaza qatlami qoplanadi. Kabel ikki parallel temir po'lat simlar, 1.3 mm tashqi qoplamaga ega hisoblnadi.
2.2.2-rasm: GYXTW 4 juftli optik tola
Xususiyatlari:
4 juftli tola , geliy plomba moddasi, markaziy naychada solingan tola, sopolimer bilan qoplangan po'lat lenta, ikki parallel temir po'lat simlar, 1.3 mm tashqi qoplama, Fujikura G652D bir modali tolalardan tashkil topgan.
Uzoq masofalarda ma'lumotlarni uzatish uchun mo'ljallangan mahalliy kabel tarmoqlari.
Tavsiya etilgan qurilish usuliga kabel kanallari, quvurlar, ko'priklar, tunnellar, kollektorlar, binoga kirishda.
Foyda:
suv o'tkazmaydigan qatlam mukammal suvga chidamliligini ta'minlaydi;
Tashqi qoplamali plyonkali va metall nazorat qiluvchi element kabelning zarbaga chidamliligini oshiradi va uni ko’p vaqt uzluksiz ishlashini ta’minlaydi [11];
Optik kabelli tolalar orasidan o‘tuvchi halaqitlarning juda kamligi, bu tolalarning sonini bir necha yuz bor oshirish imkonini beradi;
Atrof -muhitga optik kabeldan elektromagnit nur tarqalmaydi;
Yuqori texnologik integrasiyaga egaligi; tabiiy ofatlarni (Yer qimirlashi, toshqinlar, sel va hokazo) sodir bo‘lishi kutilayotgan mintaqalardagi muhitlarda ishlay olish qobiliyatining borligi, ularning simli kabellardan afzalliklarini ko‘rsatadi;
Texnik xususiyatlari:
Tolalar soni – 8
Tashqi simi diametri, mm - 8,9 (10,2)
Kabelni og'irligi, kg / km - 90 (110)
Min statik bukilish radiusi, mm – 10
Min dinamik bukilish radiusi, mm – 20
Qisqa muddatli ruxsat etilgan kuchlanish, N – 1500
Uzoq muddatli ruxsat beruvchi kuchlanish, N-600
Qisqa muddatli max. zanglik yuki, N / 100mm – 1000
Uzoq muddatli max. zanglik yuki, N / 100mm- 300
2. "Twisted pair" - aloqa kabellarining eng keng tarqalgan turlaridan biri. Raqamli (kompyuter tarmog'i) yoki analog (telefon, video kuzatuv) signalini bir qurilmadan boshqasiga uzatadi. Bir-biridan izolyatsiya qilingan bitta simning ikkita konduktorini bir- biriga bog'lab turadigan bir kabel tipidir. Har bir juftning o'ziga xos maydoni bor, shuning uchun 150 m masofada past oqim elektr signalini uzatishda, takrorlash qurilmasini ishlatmasdan, bunday yuqori tezliklarga erishilmaydi. " Twisted pair " deyarli barcha turdagi ichki RJ 45 (kompyuter tarmog'i uchun), RJ 11 (telefon uchun) yoki boshqa ulanish qurilmalariga ulangan holda tashqi niqob kabelidan osongina qutilish imkonini beradi. [11]
Do'stlaringiz bilan baham: |