O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari bu – O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iboratdir.
Men, ................................................... Toshkent shahar Yunusobod tumani prokraturasida 2021-yil 1 fevraldan 9 aprelgacha “Bitiruv malakaviy amaliyoti” olib bordim. Yunusobod tumani prokraturasi manzili: O’zbekiston, Toshkent, Yunusobod tumani, Yangishahar ko’chasi, 3 A. Yunusobod tumani prokraturasida amaliyot soat 09.00dan 17.00gacha tashkil etilgan bo’lib, amaliyotning birinchi kuni meni Prokuratura xodimlari hamda menga biriktirilgan Prokuror yordamchisi bilan tanishtirishdi.
2021 yil 1 fevraldan 9 aprelgacha “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o’tab quyidagi ishlarni bajardim:
Prokuratura organlarining asosiy funksiyalari va bu borada nazorat va kontrol olib borishning shakllari bilan tanishish;
Amaliyot rahbari bilan birgalikda prokuratura organlarida amaliyot o’tash tartiblari haqida tushuntirish va ma’lumotlar olish, amaliyot rejasini tuzish;
O’ziga biriktirilgan rahbar yordamida bitiruv malakaviy ishining mavzusiga aloqador ma’lumotlarni olish va malakalarni egallashni boshlash;
Prokuratura nazorat xujjatlarini urganish, sud protsessslarida qatnashish;
Ish hujjatlarini tikish, tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilishni o’rganish;
Prokuror fikri, ayblov nutqini sudda bayon qilish va yozish tartibini o’rganish;
Prokuratura organlarining tegishli tashkilotlarga yuborish xatlarini o’rganish, sud protsesslarida qatnashish;
Xizmat tekshiruvi tayinlash bo’yicha bayonnoma yozishni o’rganish;
Prokuror fikrini yozish;
Arxivdan foydalanish tartibini o’rganish;
Fuqarolarni murojaatlari yuzasidan javob xatlari yozish;
Murojaatchilarni qabul qilish jarayonini o’rganish;
Majlis bayonnomasini yozish, sud protsessslarida qatnashish;
Protest yozish va uni asoslashni o’rganish, sud protsesslarida qatnashish;
Sud protsesslarida qatnashish va sud muhokamasi jarayonida prokuror o’rnini o’rganish;
Sud hukmi yuzasidan xulosa yozish;
Ish hujjatlariga jild, muqova tayyorlash, sud protsesslarida qatnashish;
Fuqarolar murojaati bilan tanishish va ularni o’rganish;
Fuqarolardan tushuntirish xatlari olish;
Sudlanuvchilarga jazo tayinlash va ularni asoslash;
Jazo tayinlashda ularni qo’shish, hisoblash, sud protsesslarida qatnashish;
Jinoyat ishini qo’zg’atish bayonnomasini yozish, sud protsesslarida qatnashish;
Sayyor sud majlisida ishtirok yetish;
Jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holatlarni qo’llash( JK 55-m);
Jazo tayinlashda JK 60, - 61 – moddalarni qo’llash, sud protsesslarida qatnashish;
Xaftalik, oylik hisobotlarni yozish;
Aholini bandligini nazoratga olish yuzasidan mahalla fuqarolar yig’iniga borish va ishsiz yoshlar va ayollar bilan ularni bandlik holati bo’yicha dalolatnoma tuzish;
Bitiruv malakaviy ishiga tegishli amaliyotga oid hujjatlarni to’plash;
Hisobot tuzish va tasdiqlatish uchun taqdim etish.
Prokraturaga murojaat qilib kelgan fuqarolar va yuridik shaxs rahbarlariga o’z vaqtida hamda kerakli xizmatlar ko’rsatilayotganining guvohi bo’ldim, o’zim ham bevosita bu jarayonda ishtirok etdim. Prokratura faoliyati to’laqonli ravishda qonunlar va qonunosti hujjatlariga asoslangan ravishda tashkil etilgan.
Amaliyot o’tash natijasida shaxslarga o’z vaqtida zarur yordam va maslahatlar berilayotganiga ishonch hosil qildim hamda ushbu davr mobaynida o’zim ham jarayonlar ishtirokchisi sifatida zarur bo’lgan xulosalarni chiqardim. Tuman prokuraturasining fuqarolarni huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda prokuror ishtirokiga bevosita kuzatish, sudlarda prokuror fikrini o’qib eshittirish, sud muhokamasida savollar berish, bir necha jazo turlarini qo’shib xisoblash, sud hujjatlarini o’rganib chiqib, ularga protest keltirish tartibi to’g’risida ko’nikma va bilimlarga ega bo’ldim.
Men amaliyotni o’tagan Yunusobod tuman prokraturasida barcha jarayonlar “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi qonunga asosan ko’rib chiqildi. Murojaat qilgan shaxslarning masalalari o’sha vaqtning o’zida yoki ma’lum vaqtdan so’ng hal etildi.
Undan tashqari, aholini bandligini nazoratga olish yuzasidan mahalla fuqarolar yig’iniga borish va ishsiz yoshlar va ayollar bilan ularni bandlik xolati bo’yicha dalolatnoma tuzish uchun “Oqtepa” MFYga borib, ishsiz yoshlar va ayollar xamda qo’shimcha ish bilan shug’ullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan bevosita ko’rishib, ular bilin “yoshlar va ayollar daftari” ro’yxati ijrosi qanday ta’minlanayotgani bo’yicha nazorat amalga oshirilayotganiga guvoh bo’ldim.
Bitiruv malakaviy amaliyoti davomida murojaatlarni ko’rib chiqishda va fuqarolarning muammolariga yechim topishda shaxsan qatnashib, o’z tajribamni orttirdim. Amaliyot davomida fuqarolar bilan qanday muomala qilish kerakligini, ularning murojaatlari muhim ahamiyat kasb etishini, ushbu murojaatlarni hal qilish usullarini o’rgandim. Bitiruv malakaviy amaliyot ish rejasini to’liq bajardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |