qo’lyozma shaklini ham yozishlari shart ekan! Barcha murojaatlar ham elektron bazada hamda qog’oz shaklida mavjud bo’ladi. Ammo, bularni ham qo’lyozma shaklida yozib borishlari shart ekan! Bunday keraksiz talablar Prokuratura xodimlarining foydali ish koeffitsentini sezilarli darajada tushirib yuboradi deb hisoblayman.
Yana bir muammo, muhim ish hujjatlari, masalan, jinoyat ishi bo’yicha “delo”lar, nazorat hujjatlari asl shaklida bo’lishi lozim. Ammo, boshqa protsessual hujjatlar yuborish xatlari, quyi organga biriktirish xatlari, davlat organlarining javob xatlari shu qadar ko’pki, bularga ketgan vaqt, pochtaga yuborish, uni yetib kelishini kutish kabi holatlar muammo bilan kelgan fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan ishonchini susaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |