Yuqoridagi muammolarga taklif sifatida aytadigan bo’lsam, birinchi muammo ya’ni prokratura xodimlari soniga ish hajmining ko’pligini bartaraf etish uchun xodimlar sonini ko’paytirish yoki maosh bilan ta’minlab yuridik o’quv muassasalari, texnikumlardan yordamchi xodimlar biriktirish lozim. Aks holda prokuratura xodimlari faoliyatining samaradorligi yuqori bo’lmaydi.
Ikkinchi muammo, prokuratura xodimlaridan axborot, hisobot, murojaatlar ro’yxatini elektron shakli bo’lishiga qaramay, qo’lyozma shaklini talab qilinayotganini butunlay bekor qilish lozim. Bugungi dunyoda yangi avlod allaqachon “elektron yozish va tahrirlash”ga o’rgangan. Majburan holda uzundan-uzoq ma’lumotlarni qo’lyozma shaklini yozishdan hech qanday naf yo’q.
Uchinchi muammo, protsessual hujjatlar yuborish xatlari, quyi organga biriktirish xatlari, davlat organlarining javob xatlari kabilarni asl variantini emas, elektron variantini yuborish tizimiga o’tish lozim. Xavfsizlikni ta’minlash uchun shunday protsessual hujjatlar alohida “davlat organlari uchun platforma” yaratish lozim. Shunda:
Pochta xarajatlari kamayadi;
Organ xodimlari vaqti tejaladi;
Qo’shimcha vaqt paydo bo’ladi;
Murojaatchilar kutib qolmaydi;
Ish samaradorligi ortadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |