Birlashgan millatlar tashkiloti


Fuqarolik jamiyati va ishbilarmon doiralar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Download 57,79 Kb.
bet35/35
Sana18.02.2022
Hajmi57,79 Kb.
#453581
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Бирлашган миллатлар ташкилоти

Fuqarolik jamiyati va ishbilarmon doiralar[tahrir | manbasini tahrirlash]


1990-yillarda rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan rasmiy (hukumat koʻmagi va qarzlar) hamda xususiy (savdo-sanoat kompaniyalari mablagʻlari, hissadorlik kapitali shaklida mablagʻ ajratish) moliyaviy mablagʻ manbalari oʻrtasidagi nisbatda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu borada 1981-1990-yillarda rasmiy mablagʻ ajratish barcha mablagʻlarning oʻrta 60 % ni, xususiy manbalardan ajratmalar esa 40 % ni tashkil etgan boʻlsa, 1991-95-yillarda xususiy sarmoya 80 % gacha oʻsgan, rasmiy sarmoyaning hissasi esa 20 % gacha pasayib ketgan edi.
Bosh kotib Kofi Annan, rivojlanish istiqbolini asosan xususiy sektor belgilab berayotganini hisobga olib, ishni savdo va sarmoyalar oʻsishi borasidagi faollikni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan boshladi. 1997-yilda u globallashtirish afzalliklaridan birinchilar qatorida manfaat koʻra boshlagan korporatsiyalarni „jahon fuqarosi“ sifatidagi masʼuliyatni ham zimmasiga olishga chaqirdi. Keyinchalik ularga Global shartnoma imzolash taklif etildi. Mazkur hujjatga binoan unga imzo chekkan ishbilarmon tizimlar BMTning inson huquqlari, mehnat standartlari va atrof muhitga oid muhim qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. 2000-yilning iyulida Bosh kotib bilan Global shartnomaga bagʻishlab oʻtkazilgan birinchi uchrashuvda taniqli fuqarolik jamiyati va xalqaro mehnat tashkilotlarining ellikdan ortiq rahbari ishtirok etdi. Unda kompaniyalar rahbarlari Bosh kotib tomonidan ilgari surilgan gʻoya oʻz kompaniyalari rahbariyati tomonidan maʼqullanganini maʼlum qildi. Shundan buyon nomi zikr etilgan Shartnomani imzolagan firma va korxonalar soni 300dan oshib ketdi.
Ayni paytda, BMT faoliyati turli xastalik, qashshoqlik va haloqatlar oqibatini tugatishga qaratilgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirdi. Ular bilan amaliy aloqalar yanada mustahkamlanib, nodavlat tashkilotlarning (NDT) hukumatlararo jarayonlardagi ishtiroki yoʻlga qoʻyildi. Baʼzi davlatlar hukumati hozir bunday tashkilotlarni vakillarini oʻzining Bosh Assambleya doimiy sessiyalarida ishtirok etuvchi delegatsiyalari tarkibiga kiritmoqda, xalqaro konferentsiya va maxsus sessiyalarda esa bunday tajriba oʻzining yanada keng ifodasini topmoqda. Fuqarolik jamiyatiga oid tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar umumjahon konferentsiyalariga tayyorgarlikka bagʻishlangan uchrashuvlar va konferentsiyalarda kechadigan muzokaralarda oʻz fikr-mulohazalarini yanada faolroq aytishga kirishgan.
Fuqarolik jamiyatlari guruhlari, BMT bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalaridan foydalanib, oʻzining xalqaro hayotdagi mavqʼeini yanada oshirib, voqealar rivojidagi taʼsirini tagʻin ham koʻtarishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlarning oʻz qarzini toʻlashini yengillashtirishga oid xalqaro rejaning tuzilishiga sababchi boʻlgan 2000-yil yubiley kampaniyasi va piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlashga qaratilgan besh-yillik xalqaro kampaniyadan keyin hukumatlar tegishli konventsiyani imzolaganliklari shundan dalolatdir.
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari inson huquqlari normalarini jahon miqyosida keng yoyish harakatida va Xalqaro jinoyat sudini tuzishda muhim rol oʻynadi. BMTning fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikka yangidan keng quchoq ochishi tufayli boshqa sohalarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 2000-yili beshta yetakchi farmatsevtika kompaniyasi OITS tarqalishidan katta talofot koʻrayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni mazkur kasallikka qarshi antiretroviral dori-darmon bilan koʻproq taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish masalasida BMT muassasalari bilan muloqotga jalb qilindi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari farmatsevtika kompaniyalariga koʻrsatgan taʼsir va Bosh kotibning bu masalani soha kompaniyalari bilan muhokama etish chogʻidagi qatʼiyati qator mamlakatlarda dori-darmon narxining keskin tushishiga olib keldi. Bunda dori-darmonning yuqori sifatli, moʻljallangan manzilga aniq yetib borishi va arzon dori-darmondan foydalanish uchun zarur boʻladigan asosiy klinik infratizimning taʼminlanishi borasida zarur choralar koʻrildi.
Bosh Assambleyaning 2001-yil iyunida VICh-OITS boʻyicha oʻtgan maxsus sessiyasi arafasida amalga oshirilgan yana bir tadbir — hozir OITS, bezgak va sil kasalligi boʻyicha global jamgʻarma, deb ataluvchi jamgʻarmaning tashkil etilishi boʻldi. Jamgʻarmaning tashabbuskori boʻlgan Bosh kotib Kofi Annan uning, avvalo, davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda xususiy sektor oʻrtasida oʻziga xos koʻprik boʻlishini nazarda tutgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga doir yaqinda tashkil etilgan maxsus guruhdagi oliy texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi texnik ekspertlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari yetakchilari va kompaniyalar rahbarlari mazkur sohalar boʻyicha dunyo mamlakatlari oʻrtasidagi mavjud uzilishlarga barham berish ishiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
1997-yili Ted Terner BMT oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishishida koʻmak koʻrsatish uchun 1 milliard AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratajagini maʼlum qildi. Buning natijasi oʻlaroq 1998-yilning martida Xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi (BMTXHJ) tuzildi. BMTning T. Terner xayr-ehsoni hisobidan tuzilgan Jamgʻarma- jamoat hayriya tashkiloti sifatida 2002-yilda talay ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Jamgʻarma oʻz dasturlarida bolalar sogʻligʻini saqlash, aholishunoslik, ayollar, atrof muhit, tinchlik, xavfsizlik va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 484 million dollar ajratishni koʻzda tutdi. Jamgʻarma korporatsiyalar, fondlar va sahovatparvar tashkilotlar bilan mavjud munosabatlarni mustahkamlab, yangilari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda, xususiy sektorga hamkorlikning yangi jabhalarini taklif etmoqda.
2000-yil sentabrdagi Mingyillik sammitida qabul qilingan Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarda 147 davlat va hukumat rahbarlari hamda 191 mamlakat vakillari rejalarni global tarzda qoʻllash borasida misli koʻrilmagan kengqamrovli maqsadlar majmuini tasdiqladi. Mingyillik deklartsiyasida tinchlik va xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari, zulmsiz boshqaruv va Afrikaning maxsus ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan kurashga oid maqsad va boshqaruv printsiplari belgilab berilgan. Rivojlanish borasida qashshoqlikni kamaytirish, kasalliklar, ocharchilik, savodsizlik va genderga oid kamsitishlarga qarshi kurashga qaratilgan muayyan vazifalar qoʻyilgan. Ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilangan: koʻpchilik vazifalar 2015-yilning oxirigacha amalga oshishi kerak. Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlar hozir milliy, regional va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy va iqtisodiy rejalashtirishda oʻziga xos hisob nuqtasi sifatida keng qoʻllanilmoqda; mazkur maqsadlar fuqarolik jamiyati, hukumatlar va faoliyati koʻpqirrali tashkilotlarni birlashtiruvchi umumiy gʻoya sifatida xizmat qilyapti.
Kofi Annan Bosh kotib lavozimiga ikkinchi marta saylanganidan soʻng Mingyillik deklaratsiyasida beligila berilgan vazifalarni amalga oshirishni Kotibiyat oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida qabul qilishi lozimligi haqida koʻrsatma berdi. Kotibiyat xalqaro hamjamiyatning bu boradagi faolligini qoʻllab-quvvatlashga oid xatti-harakatlarini kuchaytirdi. Ming-yillik deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarini amalga oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim va ularning ijrosi uchun kimlar masʼulligi qayd etilgan va barcha amal qilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash 2000-yilning sentabrida boshlangan edi. Bir-yil oʻtgach, rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarining bajarilish jarayoniga oid dastlabki-yillik hisobot chop etildi. Unda rivojlanishga oid sakkiz sohasi boʻyicha jahon miqyosida va muayyan mintaqalarda erishilgan ijobiy natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlardan dalolat beruvchi asosiy tendentsiyalar oʻz ifodasini topgan edi. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi bunday hisobotlar 2015-yilgacha har-yili chop etib boriladi.
Download 57,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish