Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining



Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana30.04.2022
Hajmi11,47 Mb.
#596618
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
undp brochure uz

28
29
Asosiy mavzu:
TADBIRKORLIK FAOLIYATI
O‘zbekiston Hukumati mamlakatda tadbirkorlik va 
moliyaviy muhitni yaxshilashda xalqaro miqyosda 
qabul qilingan me’zon va andozalarga tayanadi. 
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit 
yaratilsa kichik biznes, xususiy tadbirkorlar aholi uc
-
hun yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholining daromad 
olish imkoniyatlari yaxshilanadi.
Jahon bankining “Doing Business 2016” (“Biz
-
ness yuritish 2016”) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 
2014-2015 yillarda dunyoning eng yuqori iqti
-
sodiy o‘sishga erishgan mamlakatlar o‘ntaligiga 
kirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston 2014 yildagi 
141-o‘rindan 2015 yilda birdaniga 87-o‘rinni egal
-
lab oldi. Ushbu yutuq mamlakatda yangi tadbirkorlar 
qo‘llab-quvvatlanib, bankdan kredit olish osonlash-
gani hamda mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalash-
ganidan dalolat beradi.
Har yili chop etiladigan “Doing Business” hisoboti 
mamlakatda biznesni yuritish uchun yaratilgan 
qulayliklarni baholash va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri in
-
vestitsiyalarni jalb etishga yordam beruvchi vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Hisobotda taqdim etiladigan 
ko‘rsatkichlar mamlakatda tadbirkorlik muhitini 
boshqaruvchi milliy qonunlarni takomillashtirish uc
-
hun ham juda qulay vositadir. Hisobotda mamlakat
-
ning reytingi yuqori bo‘lgani yangi tadbirkorlarning 
paydo bo‘lishi, mavjud bo‘lgan tadbirkorlar esa o‘z 
faoliyatini kengaytirishiga kuchli turtki bo‘ladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi BMT agentliklari 
bilan birga mamlakatda ishbilarmonlik muhitini 
boshqaruvchi qonun hujjatlarini yanada takomil
-
lashtirishga o‘z hissasini qo‘shib boradi. Birgalikda 
ishlab chiqilayotgan “Yo‘l xaritasi” va takliflar joriy 
davlat dasturlariga kiritilib, ularni kiritishda asosiy 
maqsad xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatini hi
-
moya qilish hamda tadbirkorlik faoliyati yo‘lidagi 
to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat. 
Internet tarmog‘ida yaratilgan yangi tadbirkorlik 
faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yagona https://
my.gov.uz davlat xizmatlari portalidan iborat bo‘lib, 
ilgari majburiy bo‘lgan ba’zi tartib-taomillarni bekor 
qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash masala
-
sini ancha yengillashtirdi. Endilikda yangi biznesni 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun atigi olti kun talab qili
-
nadi. 
Xususiy mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish ham ancha os
-
onlashdi. Bunga yangi maxsus sertifikatning joriy 
etilishi orqali erishildi. Mazkur sertifikat inventa
-
rizatsiya tartib-taomilini soddalashtirdi va boshqa 
ko‘p vaqt talab qiladigan qog‘ozbozlikni bekor 
qildi, jumladan mas’uliyati cheklangan jamiyatlari 
o‘rtasidagi ko‘chmas mulkning oldi-sottisini notari
-
al tasdiqlash talabini bekor qildi. Bundan tashqari, 
tadbirkorlar uchun bankdan kredit olish masalasi 
ham osonlashdi, chunki garovni Markaziy bankda 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi isloh qilinmoqda.
Shuningdek, Hukumat tadbirkorlar elektr tarmog‘iga 
ulanishni, eksport-import tartibini soddalashtiru
-
vchi, bojxonaga taqdim etilishi talab qilinadigan 
hujjatlar sonini qisqartiruvchi maxsus qonunosti 
hujjatlarni ishlab chiqib, amalga tadbiq qilmoqda. 
Tegishli litsenziya va ruxsatnomalarni olish masalasi 
ham tartibga solingani tufayli tovarlarni tashish, bo
-
jxonadan o‘tkazish kabi tartib-taomillar bilan bog‘liq 
xarajatlar va vaqtning qisqarishiga erishildi.
Kichik yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha yangi 
soddalashgan tartib-taomillar qurilish loyihalarini 
tasdiqlash va nazorat qilish masalasini ancha yen-
gillashtirishga yordam beradi. Tadbirkorlarga dav
-
lat xizmatlarini ko‘rsatish markazlarining yaratili
-
shi tufayli tadbirkorlarning vaqti va pullari tejalib
ko‘rsatilayogan davlat xizmatlari yanada ochiq va 
shaffof bo‘lishiga erishildi.



Download 11,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish