SO‘Z BOSHI
Mazkur risola Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Taraqqiyot dasturiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan
ishlab chiqilgan bo‘lib, unda BMTTD o‘zining ham-
korlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida
erishgan yutuqlari yoritilgan. O‘zining mustaqilligiga
erishgach, O‘zbekiston Respublikasi tez sur’atlar
bilan o‘z iqtisodiyotini
zamonaviylashtirish, sano
-
atlashtirish va diversifikatsiyalash yo‘lini tanladi.
Demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida
mamlakatda fuqarolik jamiyati shakillanib, parla
-
ment roli kuchayib bormoqda. Mamlakatdagi yoshi
katta insonlarga, ayollar va bolalarga ko‘rsatilayotgan
g‘amxo‘rlik – davlat har bir fuqarosining farovonligi-
ni oshirish, turmush darajasini yaxshilashga intilayo
-
tganining isbotidir.
BMTTD 1993 yildan boshlab O‘zbekistonning
taraqqiyot yo‘lidagi ishonchli hamkori bo‘lib kelayo-
tganidan faxrlanadi. BMTTD O‘zbekiston Hukuma
-
ti, fuqarolik jamiyati va xalqi bilan birgalikda mam
-
lakatda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirish, O‘zbekiston xalqining farovonligini
ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamdagi dasturlarni
amalga oshirib kelmoqda.
BMTTD o‘z faoliyati doirasida mamlakatda barqaror
rivojlanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsa
-
dida kerakli bilim va tajribalar,
moliyaviy yordam
berib, innovatsiyalarni kiritib kelmoqda. BMTTD
-
ning asosiy maqsadi respublika xalqining turmush
darajasini yanada yaxshilashdan iborat. Qolaver
-
sa, har bir mamlakatning asl boyligi uning xalqidir,
shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti xalqining
turmush darajasi bilan o‘lchanadi. Shu maqsadda
BMTTD O‘zbekistonda
keng qamrovli va barqaror
o‘sish, keng qamrovli va demokratik boshqaruv,
iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit kabi yo‘nalishlarda
faoliyat yuritib kelmoqda.
Stefan Priesner,
BMT va BMTTDning
O’zbekistondagi Doimiy vakili
Shunday qilib, ushbu risolaning asosiy maqsadi
keyingi yillarda erishilgan natijalar to‘g‘risida keng
tushuncha berib, bu natijalar
mamlakat xalqining
farovonligi oshishiga qanday yordam berganligi
haqida ma’lumot berishdan iborat.
BMTTD o‘zining 50 yilligini nishonlar ekan, biz
O‘zbekistonda erishilgan yutuqlarimizga tayangan
holda mamlakat bilan o‘rnatilgan hamkorligimiz
ko‘lamini
yanada kengaytirib, O‘zbekiston xalqin
-
ing farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni
qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyormiz.