Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining



Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana30.04.2022
Hajmi11,47 Mb.
#596618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
undp brochure uz

4
5
BIZNING ORZUIMIZDAGI 
OLAMDA BARCHA XALQLAR 
TARAQQIY ETGAN, 
JAMIYATIMIZ OCHIQ VA ODIL
ONA-YERIMIZ ESA IQLIM 
O’ZGARISHI OQIBATIDA 
YUZAGA KELADIGAN 
TALAFOTLARDAN XOLISDIR. 
HECH BIR INSON TARAQQIYOT 
JARAYONIDAN CHETTA QOLIB 
KETMASLIGI LOZIM
BMTTD GLOBAL MIQYOSDA
1966 yilning boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchilari butun dunyoda qashshoqlikka qarshi 
kurash masalalarini muhokama qilish maqsadida yig‘ilib, BMTTDga asos soldilar.
Shundan beri biz 170 ta mamlakatda turli kasalliklarni butkul yo‘q qilish, ochlikka barham berish, yangi ish 
o‘rinlarini yaratish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, chaqaloqlar orasidagi o‘lim daraja
-
sini kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ko‘plab sohalarda keng ko‘lamdagi faoliyatimizni 
yuritib kelyapmiz.
Tashkilotimizning 50 yilligini nishonlar ekanmiz, nazarimizni dunyo xalqlari, ona-yerimizning kelajagiga qar
-
atsak. Kelajagimiz noaniqdir. Bir tomondan, butun dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishi, siyosiy ziddiyatlar, iqtisodiy 
tengsizlik va boshqa shu kabi hodisalarga guvoh bo‘lyapmiz. Ikkinchi tomondan esa, jahonda texnologik 
inqiloblar, misli bo‘lmagan iqtisodiy o‘sishlarni kuzatyamiz, qolaversa, butun olam miqyosida dolzarb bo‘lib 
hisoblangan ammo hech o‘zining yechimini topmayotgan masalalar bo‘yicha xalqaro kelishuvlarga erishilm-
oqda.
BMTTD 50 yil avval boshlagan ishini yakuniga yetkazib, butun dunyoda ochlikka batamom barham berish 
yo‘lidan qaytmaydi. Bizning orzuimizdagi olamda barcha xalqlar taraqqiy etgan, jamiyatimiz ochiq va odil, 
ona-yerimiz esa iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan talafotlardan xolisdir. Hech bir inson taraqqiyot 
jarayonidan chetta qolib ketmasligi lozim.
Bularning hammasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari, yoki 2030 yilgacha bo‘lgan Kun tartibida qamrab olin
-
gan vazifalar bo‘lib, mazkur maqsadlar keyingi 15 yil davomidagi faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlarini belgi
-
laydi. 2030 yilgacha bo‘lgan Kun tartibi jahon tarixidagi eng olamshumul, keng qamrovli taraqqiyot dasturi 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. BMTTD ushbu olamshumul kun tartibini hayotga tadbiq qilishda yetakchilik 
qilishga tayyordir.
Biz sog‘liqni saqlash, energetika, aholining bandligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi so
-
halarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarni o‘z aro uzviy bog‘lab, birlashtirib, hayotimizning barcha 
jabhalari taraqqiy etishini ta’minlashga intilamiz.
Biz doim barcha masalalarning keng qamrovli yechimlarini topishga intilamiz. Masalan, xotin-qizlarning 
ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarimiz orqali boshqa sohalarda ham – xususan, 
sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish sohalarini ham qamrab, mavjud bo‘lgan 
muammolarni yechishga erishamiz.
Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni aniq belgilab olib, bartaraf etishga bel 
bog‘lagan ekanmiz, ushbu yo‘lning oxirgi manzili, bizning asosiy maqsadimiz yanada taraqqiy etgan, barcha 
insonlar uchun odil va ochiq bo‘lgan dunyoni qurishdan iborat.
Mazkur maqsadlar boy yoki kambag‘al mamlakatlar, oddiy xalq yoki ularning sardorlari uchungina belgilab 
olingani yo‘q. Bu maqsadlar butun insoniyat kelajagi, shu jumladan sizning ham kelajagingizdir.



Download 11,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish