Birinchidan, jinoyat ishi yuzasidan sud tergovi vaqtida sudlanuvchining boshqa bir jinoyatga ham daxldor ekanligining protsessual harakatlarga taʻsiri qanday? Ikkinchidan



Download 35,56 Kb.
bet2/12
Sana30.08.2021
Hajmi35,56 Kb.
#159711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
jinoyat yakuniy 2021

Ikkinchidan, ushbu vaziyatda sudning harakatlari.

Uchinchidan, davlat ayblovchisining ushbu vaziyatdagi protsessual harkatlari.

Demak ushbu vaziyatga oid muammolarga yechim berar ekanmiz jinoyat protsessual qonunchiligi asosida quyidagilarni keltirib oʻtamiz:

Jinoyat ishi yuzasidan sud tergovi vaqtida sudlanuvchining boshqa bir jinoyatga ham daxldor ekanligi avvalo protsessual muddatlarni oʻzgrishiga sabab boʻladi. Shu oʻrinda aniqlashtirib ketadigan boʻlsak protsessual muddatning oʻzi nima? Protsessual muddat - vaqt oraligʻi boʻlib, uning mobaynida jinoyat protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak yoki ularni amalga oshirishdan tiyib turish talab etiladi1. Protsessual muddatlarga rioya etish dastlabki tergov va sudda qonuniylikka rioya etish koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Prokuror nazorati ham ularga rioya etishga qaratilgandir. Ular faqat jinoiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat manfaatdor protsess ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuroning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin2. Demak ushbu vaziyatda sud tergovi vaqtida yangi ayiblovning vujudga kelishi protsessual muddatni uzaytirilishiga olib keladi.

Ushbu vaziyatda sudning harakatlarini tahlil qiladigan boʻlsak jinoyat-prosessual kodeksining 416-moddasida yangi ayblov boʻyicha sudda ish yuritish tartibi belgilangan. Sud tergovida sudlanuvchining unga ilgari qoʻyilgan ayblovdan boshqa jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar beradi3.

Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. Iltimosnomada yangi ayblov boʻyicha protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.

Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi.

Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchi va uning himoyachisiga topshiradi.

Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.

Sud sudlanuvchi va himoyachining iltimosnomasi boʻyicha ulaming prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga nisbatan eʻtirozlar taqdim etish huquqlarini taʻminlaydi. Ushbu huquqni taʻminlash yuzasidan sud oʻn sutkagacha tanaffus eʻlon qiladi.

Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni oʻzgartirish yoki uni toʻldirish uchun dalillarni aniqlash imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda sud jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.

Sudning ajrimini ijro etish natijalari boʻyicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish Jinoyat-prosessual kodeksining 443-moddasi ikkinchi qismida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Toʻplangan qoʻshimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror ogʻirroq ayblovga oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning taʻrifini taraflar muzokaralarda sudga taqdim etadi4.



Demak yuqorida keltirilgan asosalardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilib keltirib oʻtamiz:


Download 35,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish