1. “RAQAMLI IQTISODIYOT” FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA Laboratoriya mashg‘ulotlari vazifalari kursning asosiy mavzularini qamrab oladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish talabalarga raqamli iqtisodiyot texnologiyalari sohasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari. Bulutli texnologiyalar va ular bilan ishlash; Elektron biznes va Mobil-tijorat; Neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt; Biznesda kraudsorsing va kraudfandingning yangi imkoniyatlari; Raqamli iqtisodiyotda bank ishi; Elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish. Laboratoriya mashg‘ulotlarining tuzilishi. Laboratoriya mashg‘uloti quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: Nazariy qism - unga ma’lumotlarni ishlab chiqish tizimlari tarkibiy qismlarining qisqacha bayoni, vazifalar buyicha topshiqlar kiradi. 1.Laboratoriya mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni. Nazariy qism – mavzu buyicha bayon berish va uning mohiyatini tushuntirish. Topshiriqning bajarilishi. «Topshiriqning bajarilishi» bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan. 2.Laboratoriya mashg‘ulotlarini rasmiylashtirish. Laboratoriya mashg‘ulotlari elektron formatda rasmiylashtiriladi. 5 1-laboratoriya mashg‘uloti: BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULAR BILAN ISHLASH Ishdan maqsad: Bulutli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish. Nazariy qism. Bulutli hisoblash texnologiyasidan elektron tijoratda foydalanishda eng samarali usuli hisoblanadi. Bulutli texnologiya taqsimlangan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlaridan tashkil topib, bir vaqtda kuplab tizimni tashkillashtirish, imkonini beradi. Bulutli ta’lim xizmatlarini tashkillashtirish boshqa usullarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: - Ulanishning qulayligi va amalga oshirilishi soddaliligi; - narxning arzonligi va universalligi; - Xavfsizlikning yuqoriligi; - Ishonchliligi; - Tizimning tarmoq pl atformasiga oson moslashuvchanligi. Bulutli tizimlarni tashkillashtirishning bir qator kamchiliklari ham mavjud. Ulardan asosiysi, doimiy tarmoq bilan ulanish turish talab etiladi. Bulutli hisoblash tizimlarini tashkillashtirishning bir qator ustunliklari mavjud: - abonent qurilmasida maxsus dasturiy ta’minot talab qilinmaydi, faqat internetga ulanish talab qilinadi; - Internet mavjud bo‘lgan dunѐning istalgan joyidan tizimga kirish mumkin; - Barcha xizmatlar onlayn bo‘lib, yuklab olib foydalanish kabi muammolar yo‘q; Bulutli hisoblashni qo‘llash orqali foydalanuvchilar dasturlardan va ilovalardan qaerda bo‘lishidan qat’i nazar foydalana oladilar. Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi . Xususiy bulut (private cloud) korxonaning ichki bulut infratuzilishi va xizmatidir. Bunday bulut korporativ tarmoq doirasida joylashadi. Tashkilot xususiy bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilish buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda yoxud qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi mumkin. Ommaviy bulut (public cloud). Bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanishi mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, barcha mac’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz foydalanayotgan resurslar uchun haq to‘laydi. Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – nafaqat infratuzilmali xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xususiy bulut hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Xizmat sifatidagi infratuzilma (IaaS) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda MIBM eng quyi daraja resurslarini foydalanish uchun qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etadi