Birinchi sinf o’quvchilarida xavotirlanish holatini namoyon bo’lishi Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Kichik maktab yoshidagi o’quvchilardaxavotirlanish xususiyatlari



Download 49,15 Kb.
bet3/5
Sana14.07.2022
Hajmi49,15 Kb.
#794059
1   2   3   4   5
Bog'liq
Birinchi sinf o’quvchilarida xavotirlanish holatini namoyon bo’lishi

2.2 Kichik maktab yoshidagi o’quvchilardaxavotirlanish xususiyatlari
Havotirlanish tushunchasini chet el psixologlari singari rus psixologlari ham xuddi shunday ta’riflaydilar. Xususan, R.S.Nemov havotirlanishni doimiy yoki situativ yuzaga keluvchi insonni yuqori havotirda spesifik vaziyatlarda qo’rquv va hayajonni his qilishi sifatida ko’radi. O.M.Radyuk ham havotirlanishni insonni havotirn his qilishga ishtiyoqi sifatida o’rganadi. E.P.Ilin Spelbergerga yondashgan holda quydagicha ta’rif beradi. “Yuqori havotirlanish –shaxs emsional xususiyatini namoyon bo’lishi turli hayotiy vaziyatlarda havotirlanish holatini tez-tez namoyon bo’lishi, shu bilan ir qatorda uni keltirib chiqarmaydiganlarda ham”.
Shu tariqa havotirlanish tushunchasi psihologiyada ikkita o’zaro bog’liq ma’noda qo’llaniladi. 1) aniq vaziyatli stressorga nisbatan reaktiv holat javobi sifatida; 2) turli vaziyatlarda insonni bu holatni his qilishga bo’lgan ishtiyoqi.
Havotirlanish atamasini sinonimlari sifatida birinchi ma’noda “havotir”, “havotir holati”, “vaziyatli havotirlanish”, “reaktiv havotirlanish” atamalarini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi ma’noda quyidagi atamalar ishlatiladi: “havotirlanish”, “shaxsiy havotirlanish”, “xarakter”, “havotirlanish holati”, “faol havotirlanish”, “yuqori havotirlanish”.Ma’lumki, bu havotirlanish tushunchalari orasidagi bog’liqlik va ularning differensiyasi inson havotir holatini his qilishi chastotasi jihati bo’yicha aniqlanadi, yani reaksiya parametri bo’yicha. Bu bog’liqlik bir tekisdir;inson qanchalik ko’p vaziyatli havotirni xis qilsa, uni shaxsiy havotirlanishi shunchalik barqarorlashadi.
O.P.Elesiyev, YA.Strelyau, V.S.Merlin tadqiqotiga asoslangan holda shuni ta’kidladiki, shaxs faoligini o’zgarishida bu bog’liqlik o’zgarishi mumkin.Ya’ni shaxshiy xavotirlanish reaktiv xavotirlanishning pasayishi bilan barobar rivojlanib borishi mumkin. Shunday qilib,jiddiy xatar oldida faollik va shaxsiy xavotirlanish ortadi.Buning natijasida vaziyatli sust reaktiv xavotirlanish pasayadi. Inson tashqi tomondan anchagina tinch, chidamli bo’ladi. CH.Spelberger yana biri xavotirni uch ma’nosini ajratadi, xavotir murakkab jarayon sifatida o’ziga stress va xatar tarkibiy qismlarini oliuvchi u xavotir holatini o’zgarishini stress darajasi funksiyasini vaqt va intensivligida tavsiflaydi.
Ch.Spelberger xavotirni jarayon sifatida ko’rib chiqar ekan uni kognitiv, affektiv va harakat reaktiyalarini bosilishi sifatida tasavvur qiladi. Odamga stressning turli shakllarini ta’siri natijasida faollashadi, ular quyidagi vaqt tarkibiy qismlari zanjiri ko’rinishida bo’ladi. Stress xatarni qabul qilish-kognitiv qayta baholash-psixologik himoya yoki chetlashni berkitish mexanizmi.Ko’rinib turibdiki,bu yerda stress taranglik sifatida emas faktor (stressor)sifatida namoyon bo’ladi.
G.Sel’e bu jarayonni quyidagicha tavsiflaydi: birinchi bosqichda miya stressorni qayd qiladi-u xavotirni keltirib chiqaradi va organizmdagi temir moddasiga ma’lumot jo’natadi;garmonlar ishlab chiqila boshlaydi keyin adrenalin ajralib chiqadi, u organizmga xavotir signalini yuboradi. Organizm o’z navbatida bu signalga noodatiy emotsiyalar,fikrlar chag’ishi o’tira olmay qolish fiziologik reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Ammo bunday vaziyat vaqtinchalik va ekstremal vaziyatlar uchun mo’ljallangan.Organizm bunday vaziyatda ko’p qololmaydi. Xatar yo’qolganda yoki organizm unga o’rganib qolsa,teskari mexanizm ishga tushadi, tana o’zining odatiy holatiga qaytadi. Bu qarishi turish bosqichi.
Agar xatar saqlanib qolsa,odam xavotirlanishda davom etadi va u yo’qolgandan keyin holdan toyish bosqichi boshlanadi, u sog’liq va hatto hayot uchun xavfli. Shu tariqa xavotirlanishni tushunishni psixologiyada quyidagi nuqtai nazarlar yuzaga keladi:
1 Xavotirlanish-bu
-ichki xavotirni psixik holati xavotirni his qilishdagi taranglik;
-yomon hislar,xatarni kutishni sub’ektiv his qilish;
-emotsional diskomfortni his qilish;
-nevrotik reaksiya (avtonom nerv tizimini faolligini oshishi bilan kechuvchi emotsional reaksiya);
-salbiy emosiyalar:qorquv,jaxl va g’amginlik kompleksi (ba’zilar bunga qiziqishni ham kiritadi);
-murakkab psixik holat,kognitiv emotsional va operasional tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi, emotsionalni dominantligida;
-shaxs tuzilishida deffektlarni paydo bo’lishi bo’lishi ular turli kasalliklarning kelib chiqishidir;
-shaxs faol harakatini tabiiy va majburiy hususiyati shaxsni o’zini mukammallashtiruvchi stimul sifatida.
2. Havotirlanish turlarini defferensiyalash lozimdir:
-havotirlanish vaqtinchalik holat ma’lum vaziyat orqali kelib chiqqan “havotir”, “havotir holati”, “vaziyatli havotir”, “reaktiv havotirlanish” atamalari bilan ifodalanadi;
- havotirlanish affektiv fenomenlar jarayoni sifatida, havotirni kelib chiqishi va rivojlanishiga ko’ra almashib turadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda biz uning keying maxsuldorroq tushunchasidan kelib chiqamiz:Xavotirli holat-bu jarayondir;
-affektiv fenomenlar bir-birlarini almashtirib turuvchi ketma-ketlik;
-bosqichlarni almashishi kelib chiqishdan bartaraf etish mexanizmlarigacha;
-ko’payish intensivligini o’zgarishi bo’yicha sustidan ortiqcha qo’rquvgacha.
3. Xavotirlanish shaxsiy xususiyat sifatida-bu ko’p qaytariladigan yoki haddan ziyod intensiv holat natijasida situativ xavotirlanishni saqlanib qolishi , u o’z navbatida ma’lum vaziyatda reaksiya harakteriga ta’sir etadi.Keyinchalik tadqiqotlar tahlilida stimullashtiruvchi faktorlar xavotirni keltirib chiqaruvchilari biz xavotir manbai sifatida interpritasiya qilamiz.
Umumiy ko’rinishda xavotirlanish keltirib chiqaruvchi sabab va mexanizmlarni ko’pchilik tadqiqotchilar individni ichki nizolarida ko’radilar ularning kamchilik qandaydir yomon xatarni kutish natijasida kelib chiqadigan. Shu xususiyat asosida CH.Spelberger “qo’rquv”va “xavotir” atamalarini ajratadi. “qo’rquv”atamasi emotsional reaksiyani qandaydir xatarli vaziyatda kelib chiqishini o’z ichiga oladi. “Xavotir” atamasini esa “predmetsiz” emotsional reaksiya sifatida tavsiflaydi. Analogik nuqtai nazardan xavotirlanishni o’rganuvchi rus tadqiqotchilari ham amal qiladilar. O.M.Gadyuk xavotirni qo’rquvdan quyidagicha ajratadi, xavotir holati predmetsizdir, qo’rquv esa uni keltirib chiqaruvchi obyektni talab etadi. Yana ham aniqroq ma’lumotni E.P. Ilyin tomonidan beriladi. Ba’zi tadqiqotchilar masalan S.A.Alasheyev, S.V.Bikov, F.B.Berezin, X.Xekxauzen nafaqat xavotir va qo’rquv farqlarini balki xavotir holat sifatida “xavotirlanish shaxs xususiyati sifatida ham farqlaydilar”.
Shaxs uchun turli narsalar haqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emasligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zida noadekvat shaklda bo’ladi, ya’ni shaxs asoslanmagan holda bu holatni boshdan kechiradi. Psixik holat sifatida xavotirlanish tushunchasining ko’p qirraliligi shundan kelib chiqadiki, turli xil tadqiqotchilar “Xavotirlanish” tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.
Ch.D.Spilberger fikriga ko’ra, xavotirlanish konsepsiyasining noaniqligi va ko’p qirraliligining asosiy sababi. Bu atama odamda ikki asosiy ma’noda foydalaniladi. Lekin ular bir-biri bilan bog’liq. Shu bilan birga turlicha tushunchalar sifatida qo’llanishadi. Ko’pincha, “havotir” terminini yoqimsiz ichki emosional bezalgan holat sifatida qaraladi. Bu holat esa zo’riqish, notinchlik,g’amginlikni his qilish tariqasida fiziologik jihatdan avtonom nerv tizimining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holatini inson vujudga kelishi mumkin bo’lgan stress darajasi funksiyasidek vaqt va intevsivligi bo’yicha o’zgarib boradi.
Shuningdek, “havotirlanish” atamasi insonning bu holatini boshdan o’tkazish moyilligi kabi, nisbatan barqaror individual farqni ifoda etishi uchun hax ishlatiladi. Bunda havotirlanish shaxs hislati ya’ni shaxs havotirlanishi ko’rinishida bo’lib, u bevosita xulq-atvorida namoyon bo’lmaydi.Shaxs hislati sifatidagi shaxsiy havotirlanish holati qanchalik tez-tez va intensive ravishda yuzaga kelishiga qarab aniqlash mumkin. Havotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o’rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo’rqinch, tahlika idrok qilishiga moyillik bo’ladi.Ko’pincha chet ellik psixolog olimlar havotirlanishni shaxs holati sifatida qaraydilar va shu mazmunda bir qator nazariyalarni yaratganlar.
Filipps, Marlin va mayrs o’z tadqiqotlari natijasida shunday fikrga keldilarki, havotirlanish stressing turli shakllari natijasida hosil bo’lishi mumkin. Biroq stress mohiyatini ochib berish havotirlanish reaksiyalarini hamda uning mehanizmlari tabiatini ular nuqtai nazarini egallaydilar.
Filipps va uning hamfikrlarining ta’kidlashlaricha, emotsional holatga o’tuvchi xavotirlanish bilan shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish bilan shaxsiy nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish o’rtasida konseptual farq mavjud. Bunday farqni Kettel va Sheyerham o’z tadqiqotlarida aniqlanib bergan edilar. Hozirgi davrgacha muammoning ushbu tomoniga yanada ko’proq e’tibor qaratib kelinmoqda. Xavotirlanishi holat hamda xususiyatgaajratish Kettell va Spilbereg ishlarida yaqqol aks ettirilgan. Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham Markaziy o’rinlaridan birini egallaydi.

Download 49,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish