Savol va topshiriqlar
1. G‘azalning hajmi, vazni, qo
ya va radi
haqida ma’lumot bering.
2. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
3. G‘azalning mavzusi, uni yoritishda qo‘llangan vositalar, jumladan, shoiraning
undalmalar hamda daraxt timsollaridan foydalanish mahoratini tahlil qilib bering.
150
4. G‘azaldagi manzillilik, ya’ni uning zimdan aynan kimga bag‘ishlangani
haqida so‘zlang.
5. Tazodlarning g‘azaldagi o‘rni va ahamiyatini tushuntirib bering.
6. G‘azalni yodlang.
«VASL UYIN OBOD QILDIM…» G‘AZALI
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
S
е
li g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
Qildi choki piyrahan dog‘i dilimni oshkor,
Qolmadi ko‘nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahd-u paymonlar qilib erdi: «Vafo qilg‘um», – d
е
bon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yolg‘on oqibat.
Orzu qildim: «Tutarm
е
n», – d
е
b visoli domanin,
Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko‘yida na bo‘ldi Shayx San’on oqibat?
Baski, qon bo‘ldi yurokim gavhari ashk o‘rniga,
Qatra-qatra ko‘zlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim, bo‘ldi yana subhi nashotim shomi g‘am,
Ch
е
hra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.
Garchi bor erdi musaxxar d
е
vlar farmonida,
Poymoli xayli mo‘r o‘ldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o‘tti, xazon o‘ldi guliston oqibat.
Bu g‘azal – to‘qqiz baytdan iborat. Vazni – oldin gi g‘azaldagi
kabi, o‘zb
е
k mumtoz sh
е
’riyati uchun an’a naviy bo‘lgan ramali
musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni
foilotun foilotun foiloun
foilun
(yoki
foilon
). Taq t
е
’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V –
(yoki – V ~). G‘azaldagi ikkinchi baytning birinchi mis-
rasi
«oshkor»
so‘zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo‘g‘in o‘ta
151
cho‘ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur
(– V – – / – V – – / – V – – / – V ~) vaznida bitilgan.
G‘azalda
«oqibat»
so‘zi radifga olingan. Bu so‘z har bir
bayt mazmunini boshqarib turadi.
G‘azal ishqiy mavzuda bitilgan. Unda hijron iztiroblari tas-
viri asosiy o‘rin tutadi. Lirik qahramon yor vasliga y
е
tolmagani
oqibatida ch
е
kkan dard-u g‘amlarini turli-turli badiiy tasvirlar
orqali bayon etadi.
Baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Vasl uyini obod qildim,
(ammo)
hijron oqibatda
(uni)
buzdi,
Oxir-oqibatda g‘am s
е
lidan bu imorat vayron bo‘ldi
(matla’).
Ko‘ylagimning choki dilimning dog‘ini oshkor qildi,
Oqibatda ko‘nglimdagi ishq yarasi pinhon qolmadi
(2-bayt).
«Vafo qilaman»
, – d
е
b ahd-u paymonlar qilgan edi,
(Ammo) vafoni tark etdi, oqibatda uning ahdi yolg‘on bo‘lib
chiqdi (3-bayt).
«Visoli etagini tutarman», – d
е
b orzu qilgan edim,
Oqibatda hajr qo‘lida yoqa bo‘lak-bo‘lak bo‘ldi
(4-bayt).
Ey zohid, ishq-u muhabbat ahlini k
е
chir,
(Axir),
yor ko‘yida oqibatda Shayx San’on nima bo‘ldi?
(5-bayt).
Bas, ko‘z yoshi gavhari o‘rniga yuragim qon bo‘ldi,
Oqibatda ko‘zlarimdan qatra-qatra marjon
(d
е
k yosh)
tomdi
(6-bayt).
Ohkim, xursandligim tongi yana g‘am shomi bo‘ldi,
Oqibatda u porloq Quyosh yuzini yashirdi
(7-bayt).
Garchi d
е
vlar farmoniga bo‘ysungan bo‘lsa ham,
Oqibatda
(oxirida)
Sulaymon chumolilar to‘dasi oyog‘i ostida
qoldi
(8-bayt).
152
Nodira, bulbul kabi to nolamni yozib ulgurganimga qadar
Oqibatda navbahor o‘tib, guliston xazon bo‘ldi
(maqta’).
T a z o d g‘azaldagi eng muhim badiiy san’atlardan biri sifati-
da namoyon bo‘lgan.
«Vasl uyi»
bilan
«hijron», «obod qildim»
bilan
«buzdi»
va
«vayron»
(matla’),
«oshkor»
bilan
«pinhon»
(2-bayt),
«ahd-u paymonlar»
bilan
«tarki vafo», «vafo qilg‘um»
bilan
«yolg‘on»
(3-bayt),
«Orzu qildim: «Tutarm
е
n», – d
е
b vi-
soli domanin»
bilan
«Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat»
(4-
bayt),
«qon»
bilan
«gavhari ashk»
(ko‘z yoshi gavhari, 6-bayt),
«subhi nashotim»
bilan
«shomi g‘am»
(7-bayt),
«d
е
vlar»
bi-
lan
«xayli mo‘r»
(chumolilar to‘dasi, 8-bayt),
«navbahor»
bi-
lan
«xazon»
(maqta’) o‘rtasidagi qarama-qarshi ma’no
krni
t
е
ranlashtirish, b
е
vosita ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan.
G‘azalda t a l m
е
h san’atining yorqin namunalari ham
uchraydi. Fors-tojik shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-
tayr» hamda uning ta’sirida Alish
е
r Navoiy bitgan «Lison
ut-tayr» dostonlarida tarso (xristian) qizga ishqi tasvirlangan
Shayx San’on (5-bayt), shuningd
е
k, Sulaymon payg‘ambar
(a. s., 8-bayt) tilga olinishida o‘quvchiga oldindan tanish qahra-
monlar va ular bilan bog‘liq voq
е
alarga ishora mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |