Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

«salotin  sarvari»
  (podshohlar 
boshlig‘i),  ma’shuqini 
«shah»
  deyishi,  o‘zini 
«benavo»
  hisoblashi 
mumkin,  bu  ta’ri

 ar, 
Xudoga  qaratilgan,
  deb  hisoblansa  ham, 
bo‘laveradi.  G‘azal  davomidagi 
«sarvi  ozodim»,  «sarvi  nozim», 
«parizodim»,  «tab’i  noshodim»
  undalmalari  ham  xuddi  shunday 
tarzda  bir  yo‘la  ikki  obyektga  qaratilgan  holda  qo‘llangan.
Kelki,  bir  soat  seni  ko‘rmoq  uchun  mushtoqmen, 
Telba  bo‘ldim  sendin  ayru,  ey  parizodim,  eshit,  – 
bayti  esa  she’rni  yana-da  hayotiyroq  qilib,  uning  insoniy  mu-
habbatga  daxldorligini  kuchaytirgan.
Nodira  asarlari  mumtoz  shoiralarimiz  ijodiyotining  ana  shun-
day  o‘ziga  xosliklari  borligini,  ularni  nozik  tushunish  zaruratini 
ko‘rsatib  turibdi.
«Jilva  ko‘rsatdi  chu  ul  sarvi  diloro  bog‘  aro…»,  «Fig‘onkim, 
gardishi  davron  ayirdi  shahsuvorimdin…»,  «Kel,  sanga,  ey  shahi 
jahon,  mamlakati  jahon 

 do…»,  «Na  gul  sayr  ayla,  na 

 kri  ba-
hor  et…» 
deya  boshlanadigan  va  boshqa  g‘azallarini  ham  majoziy 
(insonning  insonga  muhabbati),  ham  ilohiy  (insonning  Allohga  mu-
habbati)  ishq  jihatidan  talqin  etish  zarur.  Ana  shunda  asar  mazmu-
ni  falsa

 ylashadi,  u  irfoniy-tasavvu

 y  ma’no-mazmun  kasb  etadi, 
uning  badiiyligi,  har  zamon  va  makonga  mosligi  darajasi  oshadi.
Shoira  asarlarida  mumtoz  she’riyatimiz  shart  va  talabla-
rini  mukammal  o‘zlashtirishga,  shu  yo‘lda  izlanishlar  qilishga, 
yangiliklar  yaratishga  intilish  sezilib  turadi.  Bu  jihatdan  uning 


146
musammatlari
1
  alohida  diqqatga  molik.  Xususan,  «Firoqnoma» 
musammati  o‘zbek  so‘z  san’atining  ajoyib  namunasi  hisoblana-
di.  Asar  mazmun-mohiyati  –  shoira  umum  ijodidagi  mavzu  va 
motivlar  bilan  chambarchas  bog‘liq.
Nodira  chekkan  g‘am,  kulfat-u  hijron  azob-uqubatlari  yetma-
gandek,  o‘zi  va  o‘g‘illarining  hayoti  ham  fojiali  yakun  top-
di.  1842-yili  Buxoro  amiri  Nasrulloxon  lashkar  tortib  kelib, 
Qo‘qonni  bosib  oldi.  Uning  buyrug‘i  bilan  Nodiraning  o‘zi 
ham,  uning  o‘g‘illari  Muhammadalixon,  Sulton  Mahmudxon 
ham,  nevaralari  ham  vahshi yona  qatl  etildi.
Nodiradan  xalqimizga  ikki  devon  qoldi.  Nisbatan  to‘la  deb 
hisoblanadigan  turkiy  devonida  189  g‘azal  mavjud.  Ulardan 
ayrimlari  tojikcha.  Forsiy  she’rlari  «Devoni  Maknuna»da  jam-
langan.
Sharqda  sohibi  devon  shoir  bo‘lish  katta  sharaf  hisoblangan. 
Chunki  devon  tuzishi  uchun  shoir  arab  alifbosidagi  barcha  harf-
lar  bilan  tugaydigan  g‘azallar  bitgan  bo‘lishi  kerak.  Nodira  ikki 
tilda  ham  ana  shunday  yuksak  darajaga  yetgan  ijodkor  edi. 
She’riyat  muxlislari  orasida  shuhrati  juda  baland  edi.  Bu  haqda 
uning  o‘zi  faxr  bilan:
Nodira,  har  so‘zki  insho  ayladim, 
Aydi  anga  ahli  davron:  «Marhabo!»  –
deb  yozganida  tamoman  haq  edi. 
Chunki,  mana,  oradan  bir  yarim  asrdan  ko‘p  vaqt  o‘tgan 
bo‘lishiga  qaramay,  uning  she’rlari  sevib  o‘qiladi,  ho

 zlarimiz 
tomonidan  qo‘shiq  qilib  kuylanadi,  hamon  kishilarga  ma’naviy-
ma’ri

 y,  badiiy-tab’iy  (estetik)  zavq  va  lazzat  ulashadi.
Nodira  ijodi  o‘zidan  keyingi  ko‘plab  shoirlar  uchun  ma-
horat  maktabi  bo‘lib  xizmat  qildi.  Zokirjon  Furqatning  ayrim 
she’rlari  aynan  ana  shu  shoira  asarlariga  nazira  (o‘xshatma)  tar-
zida  dunyo ga  kelgan.  XX  asrda  Nodira  haqida  drama  sahnaga 
qo‘yildi,  badiiy 

 lm  ishlandi.  Uning  nomiga  san’at  va  ta’lim 
maskanlari,  ko‘chalar  qo‘yilgan.
1
M u s a m m a t – har bandi uch (musallas), to‘rt (murabba’), besh (muxam-
mas),  olti  (musaddas),  yetti  (musabba’),  sakkiz  (musamman),  to‘qqiz  (mutasne’ 
yoki tasne’) va o‘n (muashshar yoki mashru’) baytdan iborat lirik she’r turi.   


147

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish