Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Savol va topshiriqlar
1.  Fitrat  va  unga  zamondosh  ijodkorlarning  millatparvarlik  ruhidagi  asarlar 
yozishiga sabab bo‘lgan tarixiy hodisalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2.  Sho‘ro  (sovet)  tuzumining  dastlabki  yillarida  o‘zingiz  istiqomat  qiladigan 
hududlarda  ro‘y  bergan  hodisalar  to‘g‘risida  keksalardan  so‘rab,  bilib  olishga 
harakat qiling.
3. O‘z oilangiz taqdirida bu tuzum qanday iz qoldirganini bobo va buvilaringiz 
esdaliklari asosida hikoya shakliga keltirib, sinfda o‘qib bering.
4. «Mirrix yulduziga» she’rini yozib e’lon qilish bilan Fitrat qanday maqsadni 
ko‘zlagan, deb o‘ylaysiz?
5. «Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar» faqat Fitrat zamoniga xos kimsalar edi, 
desak, to‘g‘ri bo‘ladimi? Yaqin va uzoq tarixdan olingan misollar bilan 

 kringizni 
isbotlashga harakat qiling.
6. Shoir kimlarni «Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar»ga o‘xshatyapti?


169
7. Nega bir o‘lka yonsa, kimlarningdir qozoni qaynaydi? Dunyodagi shunday 
«tartib»ni adolatli deb hisoblaysizmi? Sizningcha, chinakam adolatli tartib qanday 
bo‘ladi?
8. Bugungi kunda ham dunyoning qay bir burchidagi o‘lkalarga o‘t qo‘yib, o‘z 
qozonini qaynatishga urinishlar bo‘lyaptimi? Misollar bilan isbotlang-chi!
9.  XX  asrning  20

30-yillarida  yaratilgan  asarlar  orasida  «Mirrix  yulduziga» 
she’riga mazmunan yaqin turadigan yana qanday asarlarni o‘qigansiz?
10. «Mirrix yulduziga» she’rini o‘qishli qilib turgan jihatlar nimalardan iborat?
11.  Badiiy  asar  pafosi  deganda  nimalar  tushunilishi  to‘g‘risida  o‘qituvchin-
gizdan so‘rab, bilib oling.
 
O‘GUT
Og‘ir  yigit,  sening  go‘zal,  nurli  ko‘zingda 
Bu  millatning  saodatin,  baxtin  o‘qudim. 
O‘ylashingda,  turishingda  hamda  o‘zungda 
Bu  yurt  uchun  qutulishning  borlig‘in  ko‘rdim.
Turma  –  yugur,  tinma  –  tirish,  bukilma  –  yuksal, 
Hurkma  –  kirish,  qo‘rqma  –  yopish,  yo‘rilma
1
    –  qo‘zg‘al!
Yel  yo‘lini  to‘sib  turgan  eski  bulutlarni 
Yondirib  qo‘y,  yirtib  tashla,  barchasin  yo‘q  et. 
Qilolmasang  shu  ishlarni, 
Sening  uchun  xo‘rlikdir  bu... 
Yiqil,  yo‘qol,  ket!
Shoirning  «O‘gut»  she’ri  bundan  oldin  tahlil  qilingan  «Mir-
rix  yulduziga»  asarining  mantiqiy  davomidek  yangraydi.
Xo‘sh,  buni  nimalarda  ko‘ramiz?
Guvohi  bo‘ldikki,  «Mirrix  yulduziga»  she’rida  Turkiston 
o‘lkasi  XX  asr  boshlarida  tushib  qolgan  g‘oyat  achinarli  holat 
o‘z  ifodasini  topgan.  Jafokash  Vatan  vujudiga  joylashib  olib, 
qonini  zulukdayin  so‘rgan  kimsalar  kirdikoridan  ozorlangan  lirik 
qahramon  xayolan  Mirrix  yulduziga  murojaat  etadi.  Bu  murojaat 
boshdan-oyoq  achchiq  savollardan  tashkil  topgan.  Afsuski,  «yeri-
mizning  eng  qadrli  tuqg‘ani»  –  go‘zal  Mirrix  ham  bu  holdan 
lol  qotgan  –  sira  gapirmaydi,  gapirolmaydi.  Tabiatan  o‘t-olovga 
1
 Y o‘ r i l m a 

 charchama, o‘tirma.


170
qiyos  beriladigan  shu  yulduz  ham  yer  yuzida  bo‘layotgan  ado-
latsizliklardan  bezib  uzoqlarga  qochgan...
Shoir  «O‘gut»da  o‘zi  va  millati  dardlariga  najotni  topganday 
bo‘ladi.  Bu  najot  –  xalqning  og‘ir-vazmin,  mulohazakor,  biroq 
ko‘zlari  yoniq  farzandlari  –  yigitlaridir!
Bu  yigitlarning  nurli  ko‘zlarida  shoir  millatning  ertangi  kuni-
ni,  baxt-u  iqbolini  ko‘radi.  Zero,  har  qanday  xalqning  kelajagi 
uning  bag‘ridan  yetishib  chiqajak  avlodga,  bu  avlodning  millat 
orzularini  qanchalik  chuqur  anglashiga  bog‘liqdir.  Oradan  yil-
lar  o‘tib,  o‘zbekning  boshqa  bir  iste’dodli  ijodkori  «Yigitlarga» 
degan  mashhur  she’rni  yozadi.  Bu  she’rdan  shunday  hikmatli 
misra  ham  o‘rin  oladi:
Yigit omon bo‘lsa, xavf-u xatar yo‘q...
(G‘afur G‘ulom)
Yigitning  omonligi  esa  faqat  uning  sog‘ligi,  to‘rt  muchasi 
butligi  bilan  o‘lchanmaydi.  «Yigitning  omonligi»  degan  tushun-
cha  o‘z  bag‘riga  nihoyatda  ko‘p  mazmunni,  talabni  jamlaydi. 
Devday  yigitlari  bo‘laturib,  yovga  yengilgan  –  do‘stga  zor, 
dushmanga  xor,  nomardga  muhtoj  bo‘lgan  xalqlarni  ham  juda 
ko‘p  ko‘rdi  bu  olam.
Yigitning  omonligi  –  uning  imoni  butligi,  millatga 

 doyili-
gi,  mush

 qlarga  shafqati,  do‘stlarga  sadoqati,  yorga  vafodorligi, 
dush manga  nafratidir!
Bunday  yigitning  nigohi  ma’nosiz  va  so‘lg‘in  emas,  bal-
ki  nurga,  yog‘duga  to‘la  bo‘ladi!  Bunday  o‘g‘lonning  tili 
ming‘irlashga,  g‘iybat-u  mayda  gapga  aylanmaydi.  U  so‘zlaganida 
xalq  jon-u  dilini  berib  tinglaydi,  uning  ortidan  ergashadi.
Jo‘mard  farzand  o‘z  or-u  nomusini  o‘zgaga  toptatib,  bu 
holga  bahona  izlab  o‘tirishdan  o‘limni  afzal  biladi.  Chinakam 
xalq  farzandi  uchun  millat  va  mamlakat  taqdiri  har  narsadan 
muhimroqdir!
Shoir  ayni  shunday  avlodni  ko‘rgandek  –  najotni  topgandek 
bo‘ladi.  Va  yuragi  orziqib,  bu  avlodni  shiddatga  –  harakatga 
undaydi:


171
Turma 

  yugur,  tinma 

  tirish,  bukilma 

  yuksal, 
Hurkma 

  kirish,  qo‘rqma 

  yopish,  yo‘rilma 

  qo‘zg‘al!
Zero,  shoirning  shoshganicha,  shoshtirganicha  bor  edi.  Uni 
muvozanatdan  chiqargan,  qo‘liga  qalam,  ko‘ngliga  olov  ber-
gan  hodisalar  zarracha  vijdoni  bo‘lgan  insonni  befarq  qoldirishi 
mumkin  emas!  Bu  hodisalarning  ayrim  manzaralari,  aytgani-
mizdek,  uning  «Mirrix  yulduziga»  she’rida  jonli  ifodasini  top-
gan.
«O‘gut»  she’rining  sarlavhasi  zamirida  «pand»,  «nasihat», 
«maslahat»  ma’nolari  emas,  balki  ko‘proq  «chaqiruv»,  «da’vat», 
«uyg‘otish»  ma’nolari  yotibdi,  desak,  to‘g‘ri  bo‘ladi.
Qolaversa,  «og‘ir  yigit»ga  qaratilgan  bu  murojaatda  bir  shoir 
iltijosi,  da’vatigina  emas,  bu  haroratli  ovozda  kamida  bir  mil-
latning  asriy  istagi,  qalb  chaqirig‘i  eshitilmayaptimi?!
...Qilolmasang  shu  ishlarni, 
Sening  uchun  xo‘rlikdir  bu... 
Yiqil,  yo‘qol,  ket!

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish