Фойдаланган адабиётлар рўйхати:
1.И.А.Каримов.
Мамлакатимизда
демократик
ислоҳотларни
янада
чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси:
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва
Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 - ноябрь. – Тошкент:
“Ўзбекистон”, 2010, 8-б.
2. И.А. Каримов. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. Т.:
2006, 110 – б.
3. Ғуломов С. “Куч – билим ва тафаккурда” Т.: 2002. – 68-70 б.
77
ISTIQBOLIMIZ ME'MORI
Murtazoyev V.,
SamDCHTI talabasi
Kelajakni jasoratli odamlar quradi
Islom Karimov
Islom Karimov-bu nomni eshitgan biror-bir o'zbek farzandi yo'qki, xayolida
buyuk insoniy fazilatlarga ega bo'lgan shaxs, ulug' yo'lboshchi va mehribon inson
timsoli gavdalanmasa. Ha, Islom Abdug'aniyevich ana shunday: yuksak insoniy
xislatlarni o'zida mujassamlashtirgan inson edi. Afsuski, Islom Karimov bugun
oramizda yo'q. Bu voqeani har bir o'zbekistonlik chuqur qayg'u va nadomat ila
yodga oladi. Hozir esa biz buyuk yurtboshimizning faoliyatiga qisqagina nazar
solishni lozim deb topdik.
O'zbekiston xalqi o'z hayotidagi tub burilishlar va o'z insoniy haq-
huquqlarining tiklanishini birinchi prezidentimiz, mustaqilligimiz asoschisi Islom
Karimov nomi bilan bog'liq, deb biladi. I.Karimovning xalqimiz oldidagi
xizmatlarini baholash uchun, G'afur G'ulom ta'biri bilan aytganda, "oltindan tarozi-
yu, olmosdan tosh oz"lik qiladi. Albatta, I. Karimov o'ta tahlikali va notinch bir
davrda oqilona siyosat yuritib, xalqimizning asriy orzusi bo'lmish ona-yurtimiz
mustaqilligini qo'lga kirita oldi, deb bemalol ayta olamiz. Nima uchun aynan
"erisha oldi" deyapmiz? Chunki, bu davrda, aksariyat davlat boshqaruvi organlari
vakillari fikriga ko'ra, mustaqillik haqida o'ylashning o'ziyoq katta jinoyatdek
baholangani hech kimga sir emas. Bunga mustaqilligimiz e'lon qilingandagi xalq
deputatlarining holati yaqqol misol bo'la oladi. Bunday og'ir vaziyatda yurtimizda
I.Karimovning rahbar sifatida ish olib borganligi Yaratganning xalqimizga
ko'rsatgan cheksiz marhamati edi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Bir qarashda, aytishga juda osondek tuyulgan "mustaqillik" degan so'z
zamirida ulkan ma'no, ajdodlarimizning qanchadan-qancha sa'y-harakatlari natijasi
yotadi. Bu haqiqatni bugun hech qanaqasiga inkor etish yoki unutishga hech
birimizning haqqimiz yo'q! Bunday urinishlarning eng samaralisi birinchi
prezidentimizga tegishli ekanligi bizda faxr tuyg'usini uyg'otadi. Zero, bunday
78
buyuk shaxs biz bilan bir zamonda yashadi. I. Karimov bir inson farzandi o'z vatani
uchun qila olishi mumkin bo'lgan barcha ishni amalga oshirdi, chinakam Qahramon
bo'ldi, deb bemalol ayta olamiz.
I.Karimovning sa'y-harakatlari evaziga dunyo siyosiy xaritasida yangi davlat,
yangi nom paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy
sohada to'la mustaqil faoliyat olib bora boshladi va dunyo hamjamiyati har bir
sohada bu davlat bilan hisoblashadi. Endigina mustaqillikka erishgan davlatda
dastlab qonunchilik sohasida ulkan ishlar amalga oshdi. Xususan, O'zbekiston
Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining birinchi matni ham Islom Karimov
tomonidan tavsiya etilgan nusxa bo'lib, undagi aksar moddalar hayot talablariga
to'la javob berib, xalq muhokamasida ma'qullandi va qabul qilindi. Bu orqali buyuk
davlat rahbarining qay darajada bilim va kuchga ega bo'lganligi, hayot talablarini
chuqur anglab yetganligini ko'rishimiz mumkin. Nafaqat qonunchilik, balki
mamlakatni barcha sohada bir yo'lga solish, uni taraqqiy ettirish bo'yicha qator
tadbirlar amalga oshirildi. Birgina taraqqiyotning "o'zbek modeli"ni aytishning o'zi
kifoya. Jahon miqyosida tan olingan bu dastur haqida ortiqcha gapirib o'tirishga
hojat yo'q, nazarimda. Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan ko'pgina
loyihalar samarasi o'laroq mamlakatimiz barcha sohada salmoqli o'sishga erisha
oldi va bu jarayon jadal davom ettirilmoqda.
I. Karimov mintaqaviy va xalqaro miqyosda ham katta hurmatga loyiq shaxs
edi. Birinchi prezidentimiz takliflari bilan qator global muammolarga qaratilgan
puxta rejalar ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etildi. Davlatimiz rahbari 1993-yil
BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zlagan nutqida jahon ahliga birdek
xavf solayotgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda, avvalo, bunday
guruhlarni qurol-yarog' va moddiy jihatdan ta'minot manbalarini yo'q qilish
kerakligi xususida aytib o'tgandilar. Ana shu fikrlar bugungi kunda ham o'z
ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Shuningdek, Orol fojiasi nafaqat O'zbekistonning
yoki mintaqaning, balki butun dunyo muammosi ekanligi ham birinchi marta o'sha
nutqda ilgari surilgan edi. Bundan tashqari ko'plab mintaqaviy va global
masalalarda ham birinchi prezidentimizning taklif va mulohazalari amaliyotga
79
tatbiq etilib, o'zining ijobiy samaralarini berib kelmoqda. Xususan, Shanxay
Hamkorlik Tashkilotini shu nom bilan atash g'oyasi ham Islom Karimov nomi bilan
bog'liqdir.
I.Karimov qaysi sohada bo'lmasin, tinchlik, osoyishtalik, barqaror hayotni
ta'minlashga qaratilgan g'oyalarni ilgari surardi. Bu esa buyuk davlat liderining
dunyo hamjamiyatida o'ziga munosib mavqe, hurmat qozonishida muhim ahamiyat
kasb etardi. Bir so'z bilan aytganda, insonni, insoniyatni oliy xilqat deb bilib, uning
har tomonlama taraqqiy etishi, kamol topishi va yaxshi yashashini ta'minlash uchun
mehnat qildilar birinchi prezidentimiz.
Islom Abdug'aniyevich mustaqil yurtimizni chorak asrlik boshqaruvi davrida
xalqimizni har tomonlama mustaqil hayotini ta'minlay oldi, deb aytsak xato
bo'lmasa kerak. Istalgan sohani olaylik, barqaror o'sish va rivojlanish bosqichida.
Ayniqsa, yoshlarga berilgan e'tibor samarasi o'laroq, barcha sohada yosh avlod
vakillari o'zlarining g'oya va tashabbuslari bilan nafaqat yurtimizda, balki jahon
miqyosida e'tirofga sazovor bo'lishmoqda. "Buyuk kelajakni jismonan sog'lom va
ma'nan barkamol avlod quradi", degan aqidaga amal qilgan holda, birinchi
prezidentimiz jismoniy tarbiya va bolalar sporti sohasida ulkan ishlarni amalga
oshirdi va bu ishlar o'z samarasini berib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki
yillarida xalqaro musobaqalarda ishtirok etish sportchilarimiz uchun ushalmas
orzudek tuyulgan bo'lsa, bugungi kunda eng chekka hududlardan ham jahon
chempionlari chiqishi hech kimni ajablantirmaydi. Sport sohasidagi so'nggi 25
yillikni sarhisob qiladigan bo'lsak, erishilgan yutuqlarning katta qismi chorak
asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Birgina Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz
9 ta oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lishsa, shundan 6 tasi shu davrga to'g'ri keladi.
Bu qilingan ishlarning qanchalik tez samara berganligini ko'rsatadi. Boshqa
sohalarda ham shunga o'xshash holatlar kuzatilmoqda.
Islom Karimov buyuk davlat lideri bo'libgina qolmay, chinakamiga xalq otasi,
uning maslahatgo'yi edi. Insonning ma'naviy dunyosini boyitish borasida tahsinga
sazovor ishlarni amalga oshirgandi. Birgina "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch"
asarining taqdim etilishi xalqimiz uchun ajoyib tuhfa bo'lgandi. Bu asar orqali
80
ma'naviyat tushunchasini chuqurroq anglab, uni hayotimizda qanday o'rin tutishini
tushunib yetdik. Bundan tashqari, I.Karimovning barcha asarlaridagi umumiy g'oya
qanchalik hayotiy, dolzarb va ezgulikka yo'g'rilganligini alohida e'tirof etishimiz
zarur. Birinchi prezidentimizning so'nggi asari bo'lmish "Ona yurtimiz baxt-u iqboli
yo'lida xizmat qilish -- eng oliy saodatdir" asarida insonning vatani oldida qanday
burch hamda vazifalari borligi, vatan uchun xizmat qilish qanchalik sharafli
ekanligi to'g'risida asosli mulohazalar keltirilgan. Bu asarlar bugun biz uchun katta
hayot maktabida, xususan, rahbarlik sohasida muhim dasturilamal, ulug'
sarbonimizning bizga aytgan nasihatlari, vasiyati edi, desak ham noto'g'ri bo'lmasa
kerak.
Shafqatsiz o'lim hech bir inson bolasini chetlab o'tmaydi. 2016-yilning 2-
sentabri xalqimiz qalbida katta dog' qoldirgan sana sifatida yodda qoldi. Hatto
tabiat ham aza ochgandek edi, go'yo. Xalqimiz otasini so'nggi manzilga kuzatish
uchun ming-minglab yurtdoshlarimiz ko'chaga chiqishdi. Katta hurmat-ehtirom ila
Islom Karimov so'nggi manzilga kuzatildi. I.Karimov g'oyalari asosidagi hayot
yangi bosqichga ko'tarildi. Buning uchun biz Yaratganga cheksiz shukronalar
aytishimiz va, eng asosiysi, buyuk davlat rahbarimiz boshlab bergan yo'ldan
og'ishmay buyuk kelajak sari intilishimiz lozim. U kishiga munosib avlod bo'lib,
boshlagan ishlarini davom ettirib, aytgan yo'l-yo'riqlariga to'la amal qilib, yurtimiz,
vatanimiz uchun xizmat qilib xalqimiz duosini olsak, ulug' davlat arbobining ruhi
shod bo'ladi. Yaratgandan yana shularni tilaymizki, buyuk davlat rahbarimizning
qabri nurlarga to'lsin, oxirati obod bo'lsin, joylari jannatda bo'lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |