“Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik”
Abdulla Oripov
Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Go’yo g’am seliga botdim, yoqoldim.
Kimdir yo’l boshchidan ayrildik dedi,
Men-chi aziz do’stdan ayrilib qoldim.
Kimdir xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo’g’zimizda achchiq va tahir,
Bu g’amning na cheki-chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror so’z,
Hijron oloviga barchani tashlab.
O’zbek osmonida so’ndi cho’ng yulduz,
Katta-yu kichikning ko’zini yoshlab.
Biz-ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonini sanadik afzal.
Shu yurt daholarini bilib va ko’rib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o’rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o’tdi bu inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqning dardiga bo’loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g’urur yashar xavas qilgulik.
Abadiyat o’sdi ko’z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik.
15
Reference
1.
Shavkat Mirziyoyev`s speech at the funeral of Islam Karimov Samarkand
2016.
2.
Abdulla Oripov “Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik” Tashkent 2016.
BIRINCHI PREZIDENTIMIZ I.A.KARIMOV YOSHLAR RAHNAMOSI
Ochilova H.,
SamDCHTI magistranti
Ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish navqiron yosh avlodni barkamol shaxs
bo’lib voyaga yetishini ta’minlash buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash
yo’lidagi orzu-maqsadlarimizdan biridir.
“Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib,
ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”
7
, deb qayta-qayta ta’kidlab o’tadilar
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida va so’zlagan nutqlarida.
Bizning xalqimiz, ajdodlarimiz azaldan ma’rifatga oshno bo’lib kelishgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ona yurtimiz tuprog’ida qanchadan-qancha
buyuk daholar, ulug’ ma’rifatparvar siymolar yetishib chiqqanligini ko’rishimiz
mumkun. Ularning ko’p asrlik merosini o’rganishimiz natijasida bobolarimizning
ham ilmiy, ham ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo’lganligining guvohi
bo’lamiz. Xususan, Amir Temur davlatchiligi, Abu Nasr Forobiyning fozillar
jamiyati, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi,
Mirzo Ulug’bek koinoti, Alisher Navoiyning she’riyat gulshani kabilari fikrimiz
dalilidir.
Demak, har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, yuksak ma’naviyatli
barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi ezgu niyatning ma’naviy-ma’rifiy asosi
mavjud, va u bir necha ming yillar davomida xalqimiz qoniga singib, shakillangan,
sayqal topgan.
7
Karimov I.A Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.- Toshkent.: Ma’naviyat , 2008. 1-bet.
16
“Har qanday millatning ravnaqi umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei
va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir”
8
-
deya aytilgan I.Karimovning purhikmat so’zlari bejiz emas. Amir Temur asos
solgan kuchli davlatning tanazzuliga jaholat botqog’iga botgan avlodlar sababchi
emasmi? Davlatning asosi - poydevori noto’g’ri qo’yilgani uchun emas, balki,
mustahkam asos ustiga yaxshi pishirilmagan g’ishtlar qing’ir-qiyshiq terilganligi
bois bino darz ketdi.
Shunday ekan, vatanimiz ravnaqi, yurtimiz kelajagi yo’lida yoshlarimizning
zamon talablariga mos bilimlarni puxta o’zlashtirib, kelgusida malakali mutaxassis
bo’lishlari uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilganligi zamirida farovon kelajak
orzusi mujassam, chunki mamlakatning qudratini belgilaydigan omillardan biri bu
– shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma’naviyatli, ham ruhan, ham jismonan
sog’lom , har tomonlama barkamol avloddir.
Yoshlarimizning ma’nan intellektual, jismonan yetuk, o’qib izlanishlari,
iqtidor va salohiyatlarini dunyo miqyosida namoyon etishi, o’zi istagan kasb-hunar
egasi bo’lishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilgan islohotlar,
birinchi Prezidentimiz rahnamoligida hayotga tatbiq etilgan maqsadli dasturlar
yoshlar masalalari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganligidan
dalolatdir. Xususan, ta’lim sohasida maqsadli tizimning joriy etilganligi, zamon
talablariga javob beruvchi umumta’lim maktablari bilan bir qatorda ixtisoslashgan
maktablarning faoliyat yuritishi, yurtimizda Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, Turin politexnika universiteti kabi chet el oliygohlarining filiallari
ochilishi birinchi prezidentimizning yoshlar masalasiga naqadar yuksak e’tibor
bilan qaraganliklarini ko’rsatadi.
“Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina
emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil
qilishi lozim”
9
8
Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi.-Toshkent.: Sharq, 1998. 20 bet
9
Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga
bag’ishlangan ma’ruza.- Toshkent.: O’zbekiston, 2011.
17
Mamlakatimizda
barkamol
avlod
tarbiyasi
yo’lida sport sohasini
rivojlantirishga alohida e’bor qaratib kelingan, jumladan bugungi kunga kelib
respublikamizda 2000ga yaqin sport inshootlari barpo etildi. Ushbu inshootlarda
millionlab yoshlar sporning ko’plab turlari bilan shug’ullanib kelmoqda.
Respublikamizda uch bosqichli sport o’yinlarining joriy etilishi, “Bunyodkor” sport
majmuasining foydalanishga topshirilishi yurtimizda yosh avlod sportiga
qaratilayotgan e’tiborning yuksak namunasi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning iqtidor va iste
’
dodini qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Navoiy, Beruniy, Prezident stipendiyalari,
“O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, “Nihol” davlat mukofoti kabi ko’plab
rag’batlar ilg’or va tashabbuskor yoshlarga kelgusi faoliyati uchun keng yo’l ochib
berdi. “Kelajak ovozi” ko’rik tanlovi, “Yangi avlod ” bolalar ijodiyoti festivali kabi
tanlovlar esa ko’plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.
Yuqoridagi maqsadli ishlarning samarasi yurtimizda kamol topayotgan
ko’plab o’g’il-qizlarning izlanishi, intilishi va muvaffaqiyatli odimlari misolida
namoyon bo’ldi. Xususan, 2016-yil Reo de Janero shahrida bo’lib o’tgan yozgi
olimpiya o’yinlarida yurtimiz shanini himoya qilgan sportchilarimiz olimpiya va
paraolimpiya o’yinlarida jami 34 olimpiyada medallarini qo’lga kiritishdi. Bu
birinchi yurtboshimiz rahnamoligida sportchi yoshlarimiz shu kungacha qo’lga
kiritgan eng yuksak natijadir.
Mustaqil yurtimizning mustaqil farzandlari ularga qaratilgan e’tibor va
g’amxo’rlikni chuqur his etib ildam bormoqda. Kelajak egalarining qo’lga
kiritayotgan har bir yutuqlari zamirida shukronalik tuyg’usini his etish mumkun.
Zero, O’zbekiston yoshlari tom ma’noda baxtiyor yoshlardir.
“Bilimga chanqoq, iste
’
dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy insonlar
qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”
10
– deydi birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Va u ulug’ siymoning butun hayoti va faoliyati davomida mana shu muqaddas
vazifadan og’ishmay kelganligining guvohi bo’lamiz.
10
Karimov.I.A Barkamol avlod orzusi.- Toshkent: Sharq, 1998. 49 bet
18
Fikrimiz yakuni sifatida birinchi Prezidentimiz I. Karimovning yoshlarga oid
davlat siyosatining asl mohiyatini ko’rsatib beruvchi qo’yidagi fikrlarini keltirib
o’tishni joiz deb bildik: “Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim
va kasb cho’qqilarini zabt etishlari uchun qanot bo’lishimiz kerak” , zero
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lmog’i
lozimdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |