Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana28.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#717362
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
xoldor

Navro’z bayrami

Ramazon
va 
Qurbon hayit
larini nishonlash, dinga hurmat 
bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, 
Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan 
tarixiy sadoqatni tiklash haqidagi fikr-mulohazalari, qaror va farmonlari shular 
jumlasidandir.
Xalqimiz, vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan o’sha unutilmas 
kunlarga nazar tashlar ekanmiz, ayni o’sha paytda yosh, mustaqil O’zbekiston
davlati rahbari tomonidan mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot 
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab juda muhim hujjatlar qabul 
qilinganini ko’ramiz. Mamlakatimiz mustqilligining e’lon qilinishi, turgan gapki, 
sobiq markazdagi imperiyaparast kuchlar va ularning yurtimizdagi tarafdorlari
tomonidan ichki norozilik bilan kutib olindi. Ular O’zbekistonning istiqlol yo’lidagi
qat’iy harakatlarini qanday qilib bo’lmasin yo’qqa chiqarish uchun qulay fursat 
poylab yurishar edi. Mamlakatimiz mustaqilligidan so’ng bir oy o’tar-o’tmas bu 
alamzada kuchlar ochiqchasiga bosh ko’tarib, o’zlarining yovuz maqsadlarini
amalga oshirishga harakat qilishdi. 
Avvaldan puxta tayyorlanib ayni mana shu buzg’unchi kuchlarning
nomidan ish ko’rgan bir guruh deputatlar 1991-yilning 30-sentabr kuni o’n ikkinchi 
chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasida 
Prezident Islom Karimovga zimdan uyushtirilgan qabih fitnani amalga oshirish 
niyatida siyosiy janjal qo’zg’ashdi. Agar o’sha paytda hali yangi Konstitutsiyamiz 
va tegishli qonunlarimiz qabul qilinmagani, mustaqil davlatimizning harbiy va 
fuqorolik tuzilmalari to’la shakllanib ulgurmaganligini hisobga oladigan bo’lsak, 


35 
bu fitnachilar Vatanimiz istiqlolining asosiy tashabbuskori, mamlakatimiz 
mustaqilligi va suverentetining fidoiysi va kafolati bo’lgan insonni rahbarlikdan 
chetlatish, uning qanotini qayirish orqali xalqimiz endigina erishgan tinch-osuda, 
ozod va erkin hayotga, farzandlarimizning kelajagini tushunish qiyin emas, 
albatta. Shu ma’noda, prezidentimizning ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda 
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz-bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu 
totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviy illat yetkazgan 
ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”deb 
ta`kidlagan.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mana shu 25 yil davomida 
misli ko’rilmagan darajada davlatni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqdi, 
bundan tashqari jahon siyosat olamida hamisha ilg’or fikrlarni ilgari suradigan, 
tashabbuskor, o’z nuqtayi nazarini qat’iy himoya qilib, oldiga qo`yilgan maqsadga 
erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. Yurtboshimiz sobitqadamlik bilan tinchlik 
va hamjihatlik siyosatini yuritib keldi va yuksak xalqaro uchrashuvlarda 
birinchilardan bo’lib XXI asr vabosi hisoblanmish terrorchilik va u bilan
chambarchas bog’liq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatlikda kurashish
zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo 
mintaqasida “Xavfsizlik kamari”ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tizimini yaratish kerakligini ta’kidlab kelgan. 
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining serqirra siyosiy 
faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida 
o’chmas iz qoldirdi. Yurtboshimiz nafaqat O’zbekistonda, balki jahon miqyosida 
katta hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs va arbob sifatida 
tanildi va ko’p millatli O’zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan buyuk
so’nmas xotirasini abadiylashtirish bo’yicha 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov 
nomidagi xayriya jamoat fondi tuzuldi. Toshkent shahar, Yashnaobod tumanidagi 
Farg’ona yo’li ko’chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi”deb 
nom berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “Buyuk 
davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 


36 
Abdug’aniyevich Karimovning siymosi tasvirlangan haykal yaratish bo’yicha 
xalqaro ijodiy tanlov”tashkil etildi. Hamda bunga binoan Toshkent shahrining 
oqsaroy majmuasi oldiga hamda Samarqandning Registon maydonining oldiga va 
Qashqadaryo viloyatiga o’rnatish bo’yicha qaror qabul qilindi. Toshkent davlat 
texnika universitetiga, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Farg’ona shahridagi 
San’at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko’chalarga Islom Karimov nomi 
berildi.
Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Biz o’tgan davrda
amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, “Kecha kim edik-u bugun kim 
bo’ldik?”degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur 
tasavvur etamiz. Ayni vaqtda “Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni 
egallashimiz kerak?”degan savol ustida o’ylashimiz, nafaqat o’ylashimiz, balki 
amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim”degan so’zlari doimo biz 
yoshlarga azmu-shior bo’lib qoladi. Yurtboshimiz har doim O’zbekistondagi 
barcha yosh avlod bu mening farzandlarimdir, ularning kelajakdagi har bitta 
yutug’i bu mening ham yutug’imdir degan so’zlarni qayta-qayta ta’kidlab o’tgan. 
Shunday ekan biz yosh avlod Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom 
Abdug’aniyevich Karimov bizga yaratib bergan beqiyos imkoniyatlarga to’la 
hayotni u kishi istagandek davom ettirish bizning ulkan vazifalarimizdan biridir.
Biz yosh avlod kelajakda yuqori marralarni zabt etgan holda 
O’zbekistonimizning bayrog’ini yana bir bor ko’klarga ko’targan holda kimning 
farzandi ekanligimizni butun jahonga namoyon qilishimiz kerak. O’zbek xalqining 
yana bir marotaba kim ekanligini, uning qanchalik buyuk va qudratli davlat 
ekanligini butun jahonga namoyish qilishimiz kerak. Negaki biz Islom Karimov 
farzandlarimiz. 
Islom Karimov dadil, dovyurak, islohotchi, amaliyotchi, bashoratchi edilar. 
Siyosiy munozaralarda ham buyuk Yurtboshimiz qat’iyatlik bilan millatning, 
davlatning manfaatlarini himoya qilganlar. Buyuk komil inson sifatida 


37 
mamlakatimiz rahbari o’zining malakasi, bilimi va tajribasi yuksak darajada 
ekanligi bilan muloqot ishtirokchilaridan ustun turar edi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish