Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
1.
Karimov. I. A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish - eng oliy saodatdir. -T: O’zbekiston.2015.
2.
Karimov. I. A. Barkamol avlod orzusi. - T: Sharq. 1998.
3.
Karimov.I.A.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish - mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T:
O`zbekiston. 2011.13-bet.
4.
“Qashqadaryo haqiqati” . 1988-yil 24-may.
41
ISLOM KARIMOV PREZIDENTLIGINING DASTLABKI DAVRLARIDA
ILM-FANGA MUNOSABAT
Tojiyev A.
SamDU magistranti
Ilm-fanga qiziqishi yo’q millatning kelajagi ham bo’lmaydi.
I.A. Karimov
O’zbek xalqining atoqli davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz me’mori,
mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimov
O’zbekistonda va jahonda nafaqat buyuk siyosat va davlat arbobi sifatida, balki
ma’rifatparvar prezident, dunyoga mashhur universitet va akademiyalarning
akademigi va faxriy fan doktorligiga saylangan buyuk olim, mashhur shaxs edi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning huquqiy
asoslarini yaratishga, uning poydevorini qurishga harakat qilindi. Xususan, 1991-
yil 18-noyabrda “Ta’lim to’g’risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati
to’g’risida”gi, “Maktab ta’limini rivojlantirish to’g’risida”gi, keyingi yillarda esa
Fanlar akademiyasining faoliyatini yaxshilash, moliyalashtirish va samaradorligini
oshirishga qaratilgan bir qator qaror va farmonlar e’lon qilindi.
E’tiborli jihati shundaki, birinchi prezidentimiz mustaqillik e’lon qilingan
dastlabki yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining har yilgi kengashlarida
ishtirok etardi. Bu uchrashuvlar mobaynida marhum prezidentimiz Fanlar
akademiyasining faoliyatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, fanning jamiyat
va ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash borasida o’zining qimmatli
maslahatlarini bildirar, Fanlar akademiyasi o’z oldiga qo’yishi lozim bo’lgan aniq
maqsad va vazifalarni aytib o’tar edilar. Chunonchi, 1993-yilda Fanlar akademiyasi
tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yig’ilishda birinchi
prezidentimiz Islom Karimov quyidagi fikrlarni ilgari surgan edi: “...Yuqorida aytib
o’tilgan xato va kamchiliklarni inobatga olgan holda, quyidagi takliflarni kiritib
o’tmoqchiman:
42
1.
Bizning endigi vazifamiz – ma’naviy hayotimizni, ilm-fanimiz faoliyatini
izlanishlarimizni mana shu eski mafkura qoliplaridan xalos etish, kerak bo’lsa,
tafakkurimizni mutelik iskanjasidan forig’ qilishimiz zarur.
2.
Shunday ekan, ilm-u fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz
va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg’or mezonlar bilan o’lchanishi lozim
Olimlarimizning ertangi hayotga tatbiq etiladigan fikr-takliflari jahonning
ilg’or tajribalarini o’zida mujassam etgan tavsiyalar bo’lmog’i kerak.
3.
Biz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishni maqsad qilar
ekanmiz, avvalambor, olimlarimiz, ularning ilmi, obro’si olamda mashhur bo’lishi,
jahon ilm-fanining yuksak mezonlariga mos bo’lishi darkor. Bugun biz olib
borayotgan barcha izlanishlar dunyodagi eng nufuzli ilm dargohlari bilan
hamkorlikda amalga oshirilishi, ularning ko’magi, tajribalari bilan boyitilishi kerak.
4.
Ilmu fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada
xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro’si haqida g’amxo’rlik qilishimiz,
ularning hayotimizga qo’shadigan hissasiga qarab e’tibor berishimiz shart.
O’zining kelajagini o’ylaydigan jamiyat, davlat, avvalambor, o’z olimlarini, ilm-
ziyo ahlini hurmat qilishi kerak, ularni yuksak darajaga ko’tarishi lozim.”
Yuqoridagi fikrlar va o’rtaga tashlangan g’oyalar birinchi prezidentimizning
ilm-fanga, ta’lim-tarbiyaga qanchalik e’tiborli bo’lganliklaridan dalolat beradi.
Shuning bilan birgalikda, Fanlar akademiyasining oldiga qo’yilgan yuqoridagi
maqsad va vazifalardan kelib chiqib dunyoning yirik ilmiy salohiyatga ega
davlatlari, xususan, Italiya, Yaponiya, Fransiya, Hindiston, Rossiya, Germaniya,
Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa qator davlatlari bilan ilmiy aloqalar yo’lga
qo’yildi. Xususan, Fransiya arxeologlari bilan hamkorlikda mustaqilligimiz
boshlaridanoq O’zbekistonning qadimiy manzilgohlarida qazishma ishlari olib
borildi.
1997-yil mamlakatimiz ilm-fanida, ta’lim sohasida burilish yili bo’ldi, desak
mubolag’a bo’lmaydi. Shu yilning avgust oyi oxirida chaqirilgan Oliy Majliss
sessiyasida Islom Karimov tashabbusi bilan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlar va
43
ularning asosida qabul qilingan bir necha qaror va farmonlar bu sohaning
takomilida muhim ahamiyat kasb etdi. Natijada ta’lim-tarbiya, ilm-fanga
munosabat keskin o’zgardi, milliylik, o’ziga xoslik ustuvor ahamiyatga ega bo’la
boshladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni
bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Xalqi
ma’rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor mamlakatning ravnaqiga
ravnaq qo’shilaveradi. Shu bois mustaqillikdan keyingi yillarda bevosita Islom
Karimov rahnamoligida joylarda ilm-fanni, birinchi navbatda universal oliy
ta’limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rildi. Shubhasiz, bu tadbirlar
mazkur tizimda keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni yuksak malakali
bilimdon mutaxassislar bilan ta’minlash imkonini berdi.
Shu bilan birgalikda, b irinchi prezidentimiz tashabbusi bilan har yili
respublikada umumiy ta’lim maktablarining test sinovlaridan o’tgan 50 dan ziyod
o’quvchisi AKSELS yo’li bilan AQShga yuboriladigan bo’ldi.
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni iloji boricha
o’stirish, mavjud yirik muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek
yangi samarador texnikalarni yaratish va amalga tatbiq etish masalasi g’oyat
dolzarblik kasb etadi. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imkoniyatlar
yaratib berdi. Jumladan, akademik fan o’z tizimi va shaklini o’zi belgilay boshladi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning
haqiqiy a’zosi bo’lgan marhum prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan
fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash akademiya jamg’armasi tuzildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, birinchi prezidentimiz Islom Karimov ilm-
fan va ta’lim mustaqil davlatning haqiqiy ishonchi va tayanchi bo’lishini,
zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan yoshlar mustaqil O’zbekistonning
kelajagi bo’lishi lozimligini anglab yetgandi va bu borada chuqur o’ylangan siyosat
yuritdilar. Ilm-fan kishilari bilan o’tkazilgan uchrashuv va suhbatlar, tashkil etilgan
tadbirlardagi nutqlarida marhum prezidentimiz bu sohani rivojlantirishning zarurati,
uning oldida turgan vazifalar, kelajakdagi maqsadlari qanday bo’lishi kerakligi,
44
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o’zlashtirish zarurati va bularning O’zbekiston
taraqqiyotida tutgan o’rni qanchalik beqiyos ekanligini tavsiflab bergan edilar. Shu
o’rinda birinchi prezidentimiz quyidagi so’zlarini keltirib o’tish joiz: “Men XXI
asr- ma’naviyat asri, ma’rifat asri, ilm-fan, madaniyat va axborot asri bo’lishiga
aminman.” Bu fikrlar yangraganiga 20 yildan oshgan bo’lsa-da, u hamma
zamonlarda ham o’z kuchi va qudratini yo’qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |