MAVZU:Birinchi jahon urushining boshlanishi va oqibatlari
Reja:
1.Birinchi jahon urushining boshlanish sabablari;
2.Urishni davlatlarning ichki hayotiga ko’rsatgan ta’siri;
3.Urushda German blokining yengilish sabablari
Mavzu yuzasidan ma’lumot
Birinchi jahon urushining bosh sababi – ikki harbiy-siyosiy guruh o’rtasida bo’lingan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun boshlangan kurash edi.
Ittifoqchi davlatlar urush arafasida
Yashil rangda Antanta (Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya);
Jigar rangda Uchlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya) davlatlari ko’rsatib o’tilgan.
Fransuz karikaturasi
Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya porox solingan bochka ustida chekishmoqda.
Mavzu yuzasidan ma’lumot
1914-yilning 28-iyunida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o’ldirildi.
Sarayevodagi qotillik
Frans Ferdinandning qotili Gavrilo Prinsip hibsga olinmoqda
Gavrilo Prinsip
Terezina qamoqxonasi
Mavzu yuzasidan ma’lumot
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo’yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo’ldi.
Avstriya-Vengriya tomonidan Serbiyaga yuborilgan ultimatum (shaxsiy tarjima)
Avstriya-Vengriyaga nisbatan nafrat tuyg’ularini targ’ib qiluvchi va uning hududiy yaxlitligiga daxl qiluvchi nashrlarni ta’qiqlash;
Avstriya-Vengriyaga qarshi tashviqot yurituvchi “Narodna Odbrana” jamiyati va boshqa barcha uyushma hamda tashkilotlarni yopish;
Xalq ta’limidagi Avstriyaga qarshi tashviqotni to’xtatish;
Avstriyaga qarshi tashviqot bilan shug’ullanadigan harbiy va davlat xizmatidagi barcha zobit va amaldorlarni ishdan bo’shatish;
Avstriya-Vengriyaning yaxlitligiga qarshi qaratilgan harakatlarni bostirishda Avstriya hukumati bilan hamkorlik qilish;
Avstriya hukumati tomonidan Sarayevo qotilligi ishtirokchilarining har biri bilan tergov ishlarini olib borishga ruxsat berish (Izoh - Serbiya tomoni rad etgan);
Sarayevo qotilligiga aloqador bo’lgan mayor Voislav Tankosich va Milan Tsiganovichlarni hibsga olish;
Avstriyaga kontrabanda qurollar va portlovchi moslamalarning olib kirilishini oldini olish bo’yicha samarali choralar ko’rish;
Sarayevo qotilligidan keyingi davr mobaynida serb amaldorlari tomonidan Avstriya-Vengriyaga nisbatan bildirilgan dushmancha fikrlariga tushuntirish berish;
Yuqorida qayd etilgan punktlar yuzasidan ko’rilgan choralar haqida Avstriya hukumatiga kechiktirmasdan axborot berish.