Kimyoviy xossalari
Suvda yahshi eriydi va u bilan reaksiyaga kirishadi:
M2O + H2O = 2MOH.
Kislorod, vodorod, oltingugurt va xlor bilan reaksiyaga kirishadi:
2Na2O + O2 = 2Na2O2
Na2O + H2 = NaH + NaOH
4Na2O + 4S = 3Na2S + Na2SO4
2Na2O + Cl2 = 2NaCl + Na2O2.
3. Oksidlarning nomoyon qiladigan asosiy xossalaridan biri, kislotali oksidlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishidir:
Li2O + SO3 = Li2SO4
Li2O + 2HCl = 2LiCl + H2
Olinishi
Faqat litiy oksid o’z elementidan to’g’ridan-to’g’ri olinadi. Boshqa ishqoriy metallarning oksidlari ularning gidroksidlari suyuqlanmalariga metalini ta’sir ettirib olinadi:
2NaOH + 2Na = 2Na2O + H2
Peroksidlarini termik parchalab olinadi:
2Na2O2 = 2Na2O + O2
Metalini uning peroksidiga ta’sir ettirib olinadi:
2K + K2O2 = 2K2O;
Metalini uning nitritiga ta’sir ettirib olinadi:
6K + 2KNO2 = 4K2O + N2
Ishqoriy metallar gidroksidlarining umumiy formulasi – MOН.
Barcha ishqoriy metallarning gidroksidlari rangsiz, gigroskopik modda. Havoda oson namlanadi, suv va etanolda yahshi eriydi, eruvchanlik LiOH dan CsOH ga tomon ortadi.
Kimyoviy xossalari
Ishqoriy metallarning gidroksidlari parchalanmay suyuqlanadi, litiy gidroksid 600°С temperaturagacha qizdirilganda parchalanadi:
2LiOH = Li2O + H2O
Barcha gidroksidlar kuchli asos xossa nomoyon qiladi. Amalda suvda to’liq
dissosilanadi:
NaOH = Na+ + OH-
Metalmaslarning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi:
KOH + CO2 = KHCO3
2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O
2KOH + 2NO2 = KNO3 + KNO2 + H2O.
Kislotalar bilan ta’sirlashadi, neytrallanish reaksiyasida qatnashadi:
NaOH + HCl = NaCl + H2O
KOH + HNO3 = KNO3 + H2O
Tuzlar bilan almashinish reaksiyasida qatnashadi:
2NaOH + CuCl2 = Cu(OH)2 + 2NaCl.
Galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2KOH + Cl2 = KClO + KCl + H2O (sovuq sharoitda);
6KOH + 3Cl2 = KClO3 + 5KCl + 3Н2О (qizdirilganda).
Suyultirilgan holda amfoter metallar va ularning oksidlari bilan ta’sirlashadi:
2KOH + Zn = K2ZnO2 + H2;
2KOH + ZnO = K2ZnO2 + H2O.
Gidroksidlar suvda eritilganda amfoter metallar, ularning oksidlari va gidroksidlari
bilan ta’sirlashib gidroksokomplekslar hosil qiladi:
2NaOH + Be + 2H2O = Na2[Be(OH)4] + H2
2NaOH + BeO + H2O = Na2[Be(OH)4]
2NaOH + Be(OH)2 = Na2[Be(OH)4]
Gidroksidlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalari bor, kremniy va ularning
oksidlari va kislotalari bilan reaksiyaga kirishadi:
4NaOH + 4B + 3O2 = 4NaBO2 + 2H2O (suyuqlanmasi);
2NaOH + Si + H2O = Na2SiO3 + 2H2 (eritmasi).
Olinishi
Litiy, natriy va kaliy gidroksidlari xloridlarining konsentrlangan eritmalarini elektroliz qilib olinadi. Bunda katodda vodorod, anodda xlor ajraladi:
2NaCl + 2H2O H2 + 2NaOH + Cl2
Rubidiy va seziy gidroksidlari ularning tuzlaridan almashinish reaksiyasi yordamida olinadi:
Rb2SO4 + Ba(OH)2 = 2RbOH + BaSO4
Do'stlaringiz bilan baham: |