"MASXARABOZ" MAVZUSIDA RASM ISHLASH.
Mashg’ulotning maqsadi: Bolalarni masxarabozlar haqidagi o’z tasavvurini ifodalashga, umumiy mazmunga ega bo’lgan ayrim tasvirlarni bog’lashga o’rgatish. Masxarabozlar belgilarini tasvirlashga o’rgatish.
Applikasiya yasash malakalarini bilish ularni mujassamlashtirishga intilish bir xil mavzuni turli xil tasviriy vositalar bilan ochib berish.
Mashg’ulotga tayyorgarlik:
Sirk tomoshalarini ko’rish. Masxarabozlarni kuzatish.
Mashg’ulot uchun jihozlar:
Masxarabozlar namunalari, rangli qog’oz, qaychi, yelim, yelimlash uchun muyqalam, qog’oz.
Mashg’ulotning borishi:
O’qituvchi: Bolalar bilan sirk tomosholarini yeslaydilar. Masxarabozlar va ularning kiyimlari haqida so’zlab beradi. Bolalar yoshliklaridanoq sirkda, dor o’yinlari jarayonida qiziqarli o’yinlar, gaplar bilan odamlarning kungillarini xush qiladigan "qiziqchilar", "masxarabozlar" ni ko’rganlar, ularning xatti-xarakati va gaplaridan miriqib kulganlar. Qiziqchilar ko’proq gaplari bilan kuldirsalar, masxarabozlar birovlarga taqlid qilish orqali odamlarni kuldiradilar.
Har bir xalqning masxarabozlari turlicha bo’lib, kiyim-kechaklari, ko’rsatadigan o’yinlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ko’pgina masxarabozlar turli rangdagi yaltir- yultir kiyimlar, buyinbog’lar, pariklar kiyib, taqib chiqadilar. Ko’pincha ularga mushukchalar, kichkina kuchuklar yergashib yurishadi.
Bizning masxarabozlarimiz yesa kupincha odmi kiyimlarda chiqishadi. Ularning o’ziga xos xarakterli ko’rinishlari mavjud yemas. Ayrim masxarabozlar yuzlariga salgina bo’yoq surtishadi.
Masxarabozning ayrim xatti-xarakatlarini ko’rsatish uchun karton qog’ozidan qo’l- oyoqlari harakatlanadigan o’yinchoq nusxasini yasash va bolalarga o’ynatib ko’rsatish kerak bo’ladi. Namunada ana shunday harakatlanuvchi o’yinchoqning namunasi berilgan. O’yinchoqning tanasi, qo’ul-oyoqlari alohida-alohida qirqib olinadi va yana karton qog’oziga yopishtirilib, qirqib chiqiladi. So’ng ularning bigiz bilan teshilgan joylari umumiy tanaga bir uchi gajak qilingan mis sim bilan kuzg’aladigan qilib o’rnatiladi. O’yinchoyning qo’l-oyoqlarini qimirlatish uchun ular bir-biriga ip bilan bog’lanadi.
Ipni va simni o’rnatish jarayoni rasmda ko’rsatilgan. Qiziqqan o’quvchilarning o’zlari ham namuna asosida boshqacha ko’rinishdagi masxarabozlarning o’yinchoq nusxalarini yasashlari mumkin. Bu o’z navbatida mashg’ulotning yanada qiziqarliroq bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |