Birinchi bob


O’quvchilarni estetik tarbiyalashga doir asosiy manbalar tahlili



Download 0,6 Mb.
bet3/13
Sana29.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#590233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Estetik tarbiya

1.2. O’quvchilarni estetik tarbiyalashga doir asosiy manbalar tahlili
Insonning estetik ongini, madaniyatni, didini, muomala, munosabatlarini, xulq-atvorini umuman butun hayotini go’zallik haqidagi bilimlarsiz, ko’nikma va odatlarsiz tasavvvur yetish qiyin. Albatta bunday go’zallik sifatlari o’qituvchilarda bevosita ta’lim-tarbiyasi ta’sirida amalga oshiriladi.
Insonning tabiatdagi, jamiyatdagi butun borliq olamdagi barcha go’zalliklarni sezishi, his qilishining o’zi yetarli yemas. Insonning barcha go’zalliklarni his qilishi, anglashi va shaxsiy hayotida qo’llay olishi uning hayot mazmunini boyitadi hamda unga ma’naviy oziq beradi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun avvalo mutaxassislar, ota-onalar, o’qituvchi-o’qituvchilar estetik tarbiyaning mohiyati, mazmunini, shakllarini, metodlarini, maqsad va vazifalarini ilmiy jihatdan bilishlari hamda ularni ta’lim berish sharoitida qo’llay olishlari kerak. Buning uchun avvalo bo’lajak o’qituvchi-o’qituvchi bakalavr mutaxassislar, ota-onalar insonni estetik tarbiyalash haqida sharq-g’arb mutafakkirlari, mashhur pedagoglarning ta’limotlarini va ko’plab pedagogik manbalarda ilgari surilgan pedagogik g’oyalardan xabardor bo’lishi hamda oila shart-sharoitini hisobga olib qo’llash maqsadga muvofiq.
O’tmishda estetik tarbiyaga oid qarashlar, g’oyalar, fikr-mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag’rida paydo bo’lgan. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yo’nalishlar estetik qarashlarning ham turli ko’rinishi va yo’nalishlariga kuchli ta’sir o’tkazib keldi.
Qadigi Sharq xalqlarining xalqlari bizga meros qoldirgan yozuvlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari Urxun Yenasoy bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, ulug’vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukumdorlari saroylari, ibodatxonalari devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy yetganini ko’rsatadi. Ilk estetik qarashlar va g’oyalar qohinlar tomonidan bayon qilinganligini bugun biz mamlakatlar xalqlari qo’lyozma merosidan, og’zaki ijodi
Markaziy Osiyo Uyg’onish davrining zabardast mutafakkirlari Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr FArobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Xojib, Lutfiy, Navoiy, Behzod, Bobur, mashrab va boshqa juda ko’p ijodkorlarning estetik qarashlari mohiyatini nafosat bilan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning mutanosibligini vujudga keltirish g’oyasi tashkil etadi.
Sharq o’yg’onish davrida Ovropa Uyg’onish davridan qarib besh asr oldin boshlanib, unga nisbatan uzoq muddat (olti-yetti asr) davom qilgan. Sharq davri ma’rifati va madaniyati haqida so’z borganda uning islom dini bilan uzviy bog’liq ekanligini ye’tirof yetish kerak.
Sharq Uyg’onish davri estetik tafakkuri islom dini shariati, uning manbalari bo’lgan Qur’oni Katim va Hadisi Sharif ko’rsatmalari bilan chambarchas bog’liq ekanligini ta’kidlash lozim. Islomning borliqni go’zallik asosida mushohada yetish mohiyatini ko’pchilik bilmaydi. Ilohiy va dunyoviy jihatdan qat’iy qonun-qoidalarga asolangan islom, yuqloida aytilganidek, eng avvalo, ilm-fan dasturiga tayanadi. Islom dinini ijtimoiy faolchilikka, musulmonlarga, hatto nomuslmon qavmlarga ham hurmat bilan qarashga, ma’rifatli bo’lishga lvat qiladi.
Qur’oni Karimda va Muhammad payg’ambarlarimiz Hadisi Shariflari islom madaniyati va estetikasining manbasi – qon tomiridir. «Alloh go’zal va go’zallikni sevadi», -deyiladi Qur’oni Karimda. Demak islomning estetik nuqtai nazari go’zallikka oshno bo’lmoqdir. Alloh go’zal ekan, u yatargan Odam ham, u bunyod yetgan Olam ham, o’z bandalariga hadya yetgan noz-ne’matlar ham go’zaldir. Shunga muvofiq Allohning ismi-sifatlarini vasf yetuvchi so’zlarimiz ham, musiqamiz ham, uning qudratini namoyon yetuvchi binolarimiz – me’morchilik lbidalarimiz ham qo’yingki, Alloh irodasi, nomi sifati bilan yaratilgan bu olamdagi narsalarning hammasi go’zal bo’lishi kerak.
Arab faylasufi Al-Kindiy shunday degan edi: «Aslida ham uyg’unlik hamma narsadan o’rin olgan, u hammadan ko’ra ohang – ovozlarida, olamning tuziilishi va insonlar qalbida yaqqalroq namoyon bo’ladi». anna shu uyg’unlik musiqa madaniyatining ham asosini tashkil etadi. Bu fikrni tasdiqlovchi dalillar ko’p. Bu haqda 25 asr musiqashunosi Mavlono Najmiddin Kavkabiy «Musiqa haqida risola»sida shunday yozadi: «Ayrim maqomlarni ijro yetish uchun muvofiq keluvchi vaqtni tanlash kerak. rahoviy maqomini quyosh chiqishdan oldin, Ushshoqni quyosh chiqarib bo’lgach, Rostni chishgoh arafasida, iroqni choshgoh paytida, Buzrukni quyosh botish paytida, bu soliqni digar nomozi vaqtida, Zangulaniquyosh botishi oldidan, Navoni nomozshom paytida, Zarafkani uyquga yotishi oldindan, Isfaxonni tunda ijro yetishi kerak».
IX-XII asrlarda Movorounnahrda madaniyat, ilm-fan, san’at va adabiyot islom madaniyati yo’nalida taraqqiy etdi. Bu davrda Ahmad Ao-Farg’oniy, Muso Ao-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, At-Termiziy, Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Yusuf Xos Xojib, Najmiddin Kubro kabi yuzlab fozillar yashab, ijod qildilar. Bu daholarning falsafiy –setetik qarashlari ahli dil, ilmiy hayrat kabi ta’limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada yetishda, nafosat qadriyatlarini baholashda ulkan ahamiyat kasb etdi.
Qoraxoniylar, Samoniylar va G’aznaviylar davrida movorounnahr va Xuroson shaharlarida maktab va madrasalar davlat qaramoqida bo’lib, ularda ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlardan o’qitilardi. Shu munosabat bilan Buxoro, Samarqand, Gurganj, Marv madrasalari ilm-fan fidoiylari, fuzalolari maskaniga aylandi. Shuni qayd qilish kerakki, bu davrda dunyoviy ilm-fan ilohiyot bilan bog’liq holda o’qitilib, tavhid-Alloh bilish, uning sifatlarini anglash, ya’ni «Alloh go’zal, u yaratgan narsalar ham go’zal, u go’zallikni yoqtiradi, shu bois komil insonning xatti-harakatlari ham go’zal bo’lishi, inson go’zallikka go’zallik bilan javob berishi kerak» degan qoida asos qilib olingan edi.
Bu davrda IX asrda hokimiyat Samoniylar sulolasi qo’liga o’tdi. Yuu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, musiqachilar, mashhur matematik astronomlar – Muso al-Xorazmiy, musiqa sohasi bilimdoni Al – Farobiy, tabiiy fanlar rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimlar Abu Rayxon beruniy, Abu Ali ibn Sino yashab ijod etdilar.
Farobiy «Risolai Musiqa»ni tugallab, «Yo al hazar, yey musiqa olami, yaxshiyamki, sen borsan, agar sen bo’lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi!» deb xitob qilgan ekanlar.
X asr oxirlariga kelib turk tilida dastlabki ilmiy asarlar paydo bo’ldi. Mahmud Qashg’oriyning qo’shiq yepik asarlari majmuasidan iborat «Devonu lug’atit turk», Faxriddin Muborakshohning turk she’riyati va musiqa shakllari haqidagi ma’lumotlar bayoni bo’lmish «Tarix» asarlarining ko’rsatish mumkin.
O’rta Osiyo musiqa san’ati yeramizdan oldingi asrlardayoq xalqning turmush madaniyatidan munosib o’rin olgan edi. Xalq sayllari, to’y-tomosholari, «Navro’z» bayramlari va boshqa marosimlar kuy va qo’shiqlarsiz o’tmas edi. Masalan, Muhmud Qashg’oriyning «Devoni lug’atit turk» kitobida keltirilgan qo’shiqlar yurtimizda nafosatning juda keng tarqalganidan dalolat beradi.
Bu kitobda mehnat va marosim qo’shiqlari, qahramonlik qo’shiqlari hamsda ishqiy, axloqiy-ta’limiy she’rlar keng o’rin olgan. Qo’shiq va she’rlarda mehnat jarayonlari, maishiy hayot manzaralari, kishilarning jo’shqin his-tuyg’ulari, udum va orzulari ifodalangan.
O’rta Osiyo xalqlarimusiqa merosida maqomlar katta o’rin egallaydi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan musiqa bryligimiz – «Shashmaqom»ning shakllanishi ham qadimiy davrlarga boribtaqaladi. U dastlab 24 maqom, keyin 12 maqom (unga Barbod Marvaziy asos solgan, deb taxmin qilinadi) va nahoyat 15-asrning mashhur musiqa olimi Najmiddin olti maqom – «Shoshmaqom» shaklida qaror topdi.
Sharq musiqa madaniyati xususan, Mavorounnahr va Xuorson estetik tafakkuri haqida so’z borganda musiqiy ijodning buyuk sohibi barbod nomini asl ismi sharifi Falahyuad bo’lib, Marvaziy uning tahallusidir(Marv shahriga ishora). Barbod -bu ulug’ bastakor va mug’anniyning Xusrav II Parvez saroyida musharaf bo’lgan farqli unvondir. Bu haqda XIX asrning eng mashhur izohli lug’ati – «G’iyos ul-lug’at» muallifi Muhammad G’iyosiddin o’zining mazkur kitobida shunday deb yozadi: «Barbod Xisrav Parvezning eng sevimli hofizlaridan bo’lib, musiqa bobida g’oyat katta iste’dodi bor edi. Bu murakkab so’z ikki qsimdan iborat bo’lib, lug’aviy ma’noga ega. «Bor» deganimizda «Dalolat qilish», «ijozat berish» va «bad» deganda ilohiylik yoki boy-badavlatlik ma’nolarni bildiradi. Parvez uni majlis ahli oldiga olib chiqib, hammaga tanishtiradi va u o’zining iste’dodi, aqlu zakovati ila anna shu unvonni ya’ni «Barbod» nomini olishga musharaf bo’ldi…».
Baryuod kelajak avlod uchun g’oyat katta, uslub va mazmun jihatdan beqiyos darajada chiroyli, boy va o’lmas meros qoldirdi. Uning asarlari forsiyzabon Markaziy Osiyo xalqlari musiqa nazariyasi va amaliyotining eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgandir.
Buyuk bastakor misli ko’rilmagan mo’ziza 12 maqomga asos solgan. Ma’lumki, biz gacha yetib kelgan maqomlar oltita, ya’ni «Shashmaqom» deyoiladi. Barbod yesa bir yilning 12oyi tartibida 12 maqom («Duvozdah maqom») yaratgan. Bu maqomlarning har biri oyning o’ttiz kuni hisobidan kelib chiqib, yana 30 xil ohangdan iboratdir. Demak, u yilning 365 kuni uchun 365 xil ohang yaratgan.
IX asr ikkinchi yarmi, X asr birinchi yarmida yashab ijod yetgan Abu Abdulloh Rudakiy o’sha davr estetik taraqqiyotida munosib hissa qo’shdi. Rudakiy mashhur shoir va mashshoq sozanda edi; bolalik chog’larida Abdulabbos Baxtiyor degan sozandadan ud va chang chalishni o’rganib, xalq she’rlarini kuyga soldi va o’zi ham mahorat bilan ijro etdi. Uning nomi xalq ichida shuhrati oshib, nomi Buxoro hukumdori Nasr II ibn Ahmadga yetib boradi va u saroyga taklif qilinadi. Rudakiy qasida, g’azal, qit’a, ruboiy janrlarida sermahsul ijod qilgan.
Movorounnahr va Xurosonda Vatanni muhabbat bilan sevmoq, ulug’vorlik, iftihor tuyg’usi haqidagi so’z ketganda «Vatanni sevmoq iymondandir» degan hadisdan so’ng ustod Rudakiy nomi bilan bog’liq ushbu rivoyatni yeslaydilar. Davlashoh Samarqandiyning «Shoiralar xotiranomasi» asarida hikoya qiladi: Amir Nasr ibn Ahmad… Hirotga kelgach, bu shaharning jannatmakon iqlimi amir ta’biga yoqib qoladi, o’z poytaxti Buxoro amri xotirasidan tamom ko’tarildi. Asl Buxorolik bo’lgan amir atrofidagi bayonlar Xirotda uzoq tarib qolganidan dillarida yurt sog’inchi uyg’onib ranjidilar, lekin hech bir tadbir bilan amirni Buxoroga qaytarishga ko’ndirolmasdilar. Shundan keyin ustoz Pudakiydan o’tib so’raydilarki, toki u amirda o’z yurtiga qaytish shavqini uyg’osin. Bir kuni amir Buxoro ne’matlari va uning ob-havosi haqida gapiradi, shunda ustod Rudakiy darhol o’zining bitgan qisidasini kuylaydi.
Mo’liyon bo’yi buyon kelmoqdadir,
Yodga yori mehribon kelmoqdadir.
Gar dag’ildir anchayin Omul qumi,
Lekin mayin ipaksimon kemoqdadir.
Garchi kengdir anchayin Jayhun suvi,
Ot belidan beziyon kelmoqdadir.
Ey, Buxoro, shod bo’lu ta’zimga chiq,
Chunki podshoh – mehmon kelmoqdadir.
Biz parcha keltirgan qissada Vatan, uning bir tarmog’i bo’lmish Buxoro shahrini kesib o’tuvchi mo’liyon arig’i haqida kuylanadi. Aytishlaricha, bu qasida amirning ko’nglida muzlab yotgan Vatan mehrini o’yg’otib yuborgan, hatto yetigini ham kiyolmay amir oshiqib Buxoroga jo’ngan ekan. Bu rivoyat asosida musiqa, she’rning odamga kuchli ta’siri o’z ifodasini topgan desak to’g’ri bo’ladi.
Sharq ilk uyg’onish davri qomusiy olimi Abu Nasr Farobiy (872-950) tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalarbilan bir qatorda tilshunoslik, she’riyat, notiqlik va musiqa nazariyasiga oid o’nlab asarlar yaratdi. Uning «She’r va qofiyalari haqida so’z», «Rtorika», «Lug’atlar haqida kitob», «Musiqa haqida katta kitob», «Musiqa haqida kitob» kabi asarlarida bevosita san’at nazariyasiga oid qarashlar bayon yetilgan.
Farobiy «Baxt-saodatga yerishuv haqida»gi risolasida inson go’zallikni samarali idrok yetishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo’lishi kerak, hissiy va aqliy qobiliyatga ega bo’lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. «Inson aql-idroki tufayli haqiqiy insongan aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o’zida go’zallik va mukammallikni kashf etadi», -deb uqtiradi.
Farobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug’ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go’zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko’rsatadi.
Farobiy insonning o’z-o’zini tarbiyalashda, uni estetik rivojlanishida nazm va musiqa san’atining o’rnini aolhida ta’kidlaydi. Uning fikricha, san’atning barcha turlari bir-biridan farq qiladi: nazm san’at so’z bilan, tasviriy san’at yesa bo’yoqlar bilan ish ko’radi, lekin ular insonga bir xil ta’sir ko’rsatadi… .
Uning fikricha, musiqaning kishilar tuyg’usiga ta’siri buyukdir. Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o’z mkvozanatini yo’qotgan (odamlar) hulqini tartibga keltiradi, nohis hulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan (odamlar) hulqinining muvozanatini saqlab turadi, deydi u. farobiy musiqaning shibobahsh kuchini uqtirib, «bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir», deydi.
Mutafakkirning ritm-zarb haqidagi ta’limoti tez yoki sustligi bilan bog’liq, urg’uli yoki urg’usiz yoki shartli qabul qilingan so’zlarni talaffuz qilishga asoslangan birliklar bo’lmish naqralar, ular birikmasidan tashkil yetiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm-zarb o’lchovlari va turlarini yoritib bergan.
«Musiqa haqida katta kitob»da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon yetilmay, Sharqda ma’lum-mashhur bo’lgan rubob, tanbur, nog’ora,ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari haqida ularda kuy ijro yetish qoidalari tafsiloti berilgan.
Farobiyning o’zi mashhur sozanda, bastakor, yangi musiqa asboblarining ixtirochisi ham bo’lgan. U musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini yaxshilovchi tor ilova qilib, uni takomillashtirgan, ovoz imkoniyatini oshirgan. Farobiyning she’riyat va musiqa nazaryasiga oid asarlari Sharq xalqlari adabiy-estetik qarashlari tarixida aolhida o’rin tutadi.
O’rta Osiyo mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) merosida ham «mukammallik» komil inson ma’nosida qo’llaniladi.
Abu Rayhon Beruniy nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o’zaro bog’liqligi va aloqadorlik manbasi hamohanglik va uyg’unlikdir, deb ko’rsatadi. Beruniy har qanday harakat va undan hosil bo’ladigan natijalar maddaga taalluqlidir, uning o’zi narsalar, voqea-hodasalarni bir-biriga bog’laydi va ular shakllarini o’zgartirib turadi, demak birlamchi moddaning o’ziga xos yaratuvchi muhtojdir, degan fikrni ilgari surgan.
Beruniy estetik qarashlarida nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan hamohanglik ayrim hodisalarga ham tadbiq yetilgan bo’lib, go’zallik tabiat va insonga xos bo’lgan kamolot, yetuklik sifati darajasida baholangan. Beruniyning fikricha hech nimaga muhtoj bo’lmagan narsalarni yetuk, mukammal deyish mumkin.
O’ta Osiyo uyg’onish davrining zabardast allomalaridan biri abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq muammolarini bir-biri bilan uzviy bog’laydi. Sino «Kito bush shifo» asarining so’z boshisida musiqaning estetik xususiyati haqida gapirib, bu san’at turining axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga go’zal fazilatlar singdirish imkoniyatlariga to’xtilib o’tadi. Ibn Sino yosh avlodni tarbiyalash oila va jamiyatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti jamiyatning jo’jalik va madaniy yutuqlari vositasidama’lumotli, madaniyatli kishilarning o’sishiga bog’liq, deb hisoblaydi, «barcha bilimlarga ega bo’lgan narsalar mukammallikka moyildir» deb ta’lim beradi, «Mukammallik» atamasida u insonning ichki go’zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.
Ibn Sino musiqaga oid beshta asar yozgan. Uning musiqaga doir eng katta asari «Jome’ ilm-al-musiqiy» («Musiqa bilimiga oid to’plami»)dir. Bu kitob olimning ko’p jildlik mashhur asari «ash-shifo» turkumiga kirib, matematik bilimlar qatoridan joy olgan.
Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlarini o’z iyaiga olgan asarlaridan biri uning «An-Najot» kitobidir.
Ibn Sinoning «Donishnoma»asarida ham musiqaga oid bo’lim bor. «Donishnoma»ning musiqa qismi to’qqiz fasldan iborat bo’lib, ularda muallif tovushlar, ularning baland-pastligi, nag’malarning bir-biriga bog’liqligi, ritmlar, kuylar harakati, musiqa asboblari va kuyni bezash kabi masalalar ustida fikr yuritadi. Bunda ham barbod, tambur, shahrud, nay kabi musiqa asboblari haqida fikr yuritadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid to’rtinchi asari «al-Madhad ilm minaat al-musiqiy» («Musiqa san’atiga kirish») kitobidir.
Ibn Sinoning musiqaga oid beshinchi asari «Kitob al-Lavohih» («Qo’shimchalar kitobi») dir.
Ibn Sino «musiqa bilimiga oid to’plam» asari birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta’siri, yoqimli yoki yoqimsizligi, tovushni yeshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabilarga to’xtaladi. Uning musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurligi va uning paydo bo’lishi sabablari haqida mulohaza yuritiladi. Chunki inson tabiati yoqimli narsalar orqali engil tortadi, orom oladi, aksincha bo’lsa og’ir tortadi, oromi yo’qoladi, nafrat qo’zg’aladi.
Mana shu mulohazalardan keyin Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayoti uchun qanchalik zarurligiga to’xtaladi. Chunonchi hayvonlar o’zlariga tanish bo’lgan ovoz bilan bir-birlardan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo’ladilar, shu ovoz bilan ular bir-birlarini topadilar, xavf-xatar tug’ilganda, shu holatga ios ovoz chiqaradilar, natijada buni yeshitganlar darhol o’sha ovoz chiqqan joyga yig’ilishga va dushmanga umumiy hamla qilishga shaylanadilar. Bu holni parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida ham ko’rish mumkin.
Tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biridir. Bordi-yu, tovush ma’lum bir ohangda berilgan bo’lsa, kishi ruhiga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
Ibn Sino insondagi til, nutq masalalariga ham to’xtaladi: Allohning insonga in’om yetgan baxtlaridan yana biri inson nutqidir. Inson o’zining ana shu nuqtadagi tovush ohanglari orqali o’z hissiyotlarini izhor etadi» deb ta’kidlaydi. So’ngra Ibn Sino ovozlar o’zgarishi orqali uning mazmuni ham o’zgarishiga ye’tibor beradi: Masalan, kishilar yalanganda boshqa ovoz chiqarib gapiradilar, do’q-po’pisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo’ladi» deb uqtiradi.
Ibn Sino fikricha, inson qalbi o’z tabiati bilan bir-biriga monand bo’lgan tovush va ritmlarni yoqtiradi. Chunki, tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biri, tovush insonning ham, hayvonni ham hayajonlantiradi, biror qo’rqinchli hodisa ro’y berganda yuir-birini chaqirish borasida katta rol’ o’ynaydi. Uning fikricha: «Inson qalbi har bir yangi va ko’ngildagidek nag’madan orom oladi. Keyinchalik xuddi shu yoqimli nag’ma g’oyib bo’lsa, qalb hayajonga tushadi. Xudi shu oldingi nag’maga o’xshash ikkinchi nag’maning paydo bo’lishi bilan qalidagi hayajon yo’qola boshlaydi».
Ibn Sino mulohazasicha, ovozlarning baland-pastligi ham, ularning bir-biridan farq qilishi ham o’ziga xos ma’noga ega. Bu xil turli-tuman ovozlarda nazokat bilan ma’lum ma’nolar ifodalangan. Bulla hammasi o’sha ovoz sohibiga ta’sir yetib, undan kuzatilgan ma’no tushuniladi. Insonlarning ovozlari ham biror ma’noni ifodalab kishi ruhiga ta’sir yetishi mumkin. Shundan rang-barang fe’l-atvorlar sodir bo’ladi.
Ibn Sino fikricha, mana shunda ovozning baland-pastligi, ayniqsa musiqiy ovozning darajasi qanday bo’lishligi kishi ruhiga ta’sir yetishda ahamiyat kasb yetib, musiqa fani tovushlarining bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi mumkin. Uningcha, musiqaning ikki o’zani bo’ladi:biri kuy yaratish bo’lsa, boshqasi unda ritm mavjudligidir. Musiqa fani manna shu ikki xil tarmoqdan o’sib, unib rivoj topadi, mukammallashadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlarini Sharq ilk Uyg’onish davri musiqa madaniyati qay darajada bo’lganligini ko’rsatib turuvchi bir mezon, estetik tafakkurning naqadar taraqqiy yetganidan dalolat beruvchi manba sifatida baholash mumkin.
Mashhur sharq allomasi Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariy «Nozik iboralar» asarida inson go’zalligi haqida ilgari surgan fikrlari bag’oyat qimmatli. «Hyech kimsaning go’zal hay’at suvrati (yuz-ko’ziyu, tashqi qiyofasi) unga izzat-ikromu obro’-ye’tibor olib kelmas, aksincha ko’p nochor, kamsuqum ko’rinishli-yu, yeski kiyimdagi kimsalar o’z fazilatlari bilan ulardan (ko’rkam ko’rinishlardan) ustun kelur»3 va yana «Go’zal sifat va husni xulq siyratlari bezanmagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko’rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan firog’ bo’lmas»1.
Haqiqatan ham insonning go’zal bo’lishida uning tashqi ko’rinishi obro’-ye’tiborini oshirmaydi. Aksincha insonning go’zal sifatlari, xulq-atvori, muomalasi, ishi, turmush tarzi go’zallik bilan amalda ta’minlansagina haqiqiy komil bo’la oladi.
Buyuk shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy o’zdan keyingi avlodlarga uokan adabiy-badiiy xazina, go’zallik bilan nurafshon bir meros qoldirdiki, bu meros xalq to’la o’rganilgan yemas. Navoiy falsafiy, adabiy-estetik qarashlarida komil inson tarbiyasi, uning go’zalliklari qurshovidagi hayot tarzi qanday bo’lishi kerak degan masala turadi.
Navoiy go’zallikni, nafis san’atni yuksak qadrlab, nafis san’at inson ma’naviy olami, komili uchun kalit ekanini ta’kidlaydi. Uning yozgan she’rlaridan birining mazmuni bunday: bizga yana bir shifo dorisi berilgan bo’lib, uni san’at deb ataydilar, go’zallik yaratuvchi san’atkorlar chizgan rasmlar-mo’jizakordir. Ular inson ruhiga mayin ta’sir qilish qudratiga ega.
Navoiy badiiy so’z san’atning, ma’rifiy-tarbiyaviy, hissy-ruhiy quvvatini alohida ta’kidlar ekan, shoir-san’atkor xulq-atvoriga alohida o’rin ajratadi. Chunki, axloq-odob islom estetikasining tarkibiy bo’lagi bo’lib, kishi hayoti va faoliyati odob qoidalari mezoni bilan o’lchanar, baholanar edi. Shu tariqa Navoiy she’r sohiblarining kamtarlik, himmatlilik, xushmuomalalik, saxiylik kabi fazilatlarni aolhida ta’kidlaydi.
Navoiy 450 dan ziyod shoir, adib, tarixchi, olim, davlat arboblari haqida ta’rif berar ekan, ular hayoti va ijodining eng muhim nuqtalarini qalamga oladi: «Mavlono Lutfiy… o’z zamonasining malikul kalomi yerdi, ammo turkiyda shuhrati ko’proq edi…». «Qozi Muhammad ul Imomiy nazmga ham gohi mashg’ul bo’lur yerdi va ash’ori Xiri shahri orasida bor…». «Nur Saidbek… ta’bining ne miqdor quvvat va latofati bor ekanini she’ridan bilsa bo’lur. O’qug’on bilg’ay…» va hokozo.
Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida badiiy adabiyot ma’naviy hayotning muhim bir sohasi bo’lib, san’atkor inson ma’naviy yehtiyojiga, insof va adolatning barqaror bo’lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy xislat va fazilatlarni targ’ib yetishi, kitobxon ongi, hissi va didiga ta’sir ko’rsatishi muqarrardir, degan pedagogik g’oya yotadi.
Insonning go’zalligi xususida mashhur tatar olimi Faxr-ul Banot Subg’atulloh qizi «Odam suvrati go’zalligi bilan yemas, xulqi yaxshiligi bilan go’zal bo’la olur» va yana “Go’zallarning eng go’zali sodda, tabiiy go’zallikdir”4 -deb bildirgan fikri insonning tashqi qiyofasi yemas, balki uning xulq-atvori go’zal bo’lishligini alohida ta’kidlagan. Ya’ni odamning aft-basharasi, qiyofasi turlicha bo’lishi mumkin, uning xulqi, xatti-harakatlari go’zal bo’lishi kerak.
V.A. Suxomlinskiy ta’kidlaganidek, “Bolalar go’zallik, o’yin, yertak, musiqa, rasm, xayol, ijodiyot olamida yashashlari kerak”, va yana “Bolalik va o’smirlik yillarida inson o’zida insoniy go’zalliklarni ko’rishi, his yetishi, anglashi, go’zallikdan o’zidagi insoniylikdan zavqlanish tuyg’usini boshdan kechirishi juda muhim. Go’zallikdan – insoniylikka – tarbiya qonuniyati ana shunday”5, -deb bildirgan fikrlarini oilada amalga oshirish juda ham foydali.
Haqiqatan ham bolaning go’zallik bilan bog’liq bilimlari, ko’nikmalari aynan bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida asosan tarbiyalanadi, shakllanadi. Shuning uchun ham ota-onalar bu davrlarda bolaning estetik tarbiyalanishiga ye’tiborli bo’lishlari darkor. Ba’zan katta yoshdagi insonlar xulq-atvorida estetik ko’nikmalar ya’ni didida nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Yuqoridagi fikrlar bola estetik tarbiyasini yaxshilashga va takomillashtirishga qaratilgan. Ota-onalar, o’qituvchi-o’qituvchilar ulardan kerakli xulosa chiqarishlari zarur.
Estetik tarbiyaning vazifasi yesa bolada o’z hayoti uchun kerak bo’ladigan go’zallik bilimlariga asoslanib, turmushda qo’llash bilan bog’liq ko’nikma va odatlarni tarkib topdirish orqali komil insonni shakllantirishga zamin yaratishdan iborat.
Bolani go’zallikni sevish, uni to’g’ri idrok qilish, anglashga o’rgatish shaxsiy va ijtimoiy hayotda qo’llashga odatlantirish oilada estetik tarbiyaning bosh vazifasidir. Bu mas’uliyat ota-onalarga yuklatiladi. Insonni oilada yetuk qilib tarbiyalash uchun avvalo unga bola hayoti bilan bog’liq bo’lgan go’zallikni uning ongida, fikrlashida nazariy jihatdan shakllantirish kerak. Inson ijtimoiy hayotda barcha go’zalliklarni qancha ko’p tushunsa, anglasa, u shuncha darajada go’zallikka intiladi va o’zining hayotini go’zallik asosida quradi.
Bunday inson o’zida tarkib topdiradigan ko’nikmalarni, odatlarni go’zallik qoidalari, qonuniyatlari asosida yuksak estetik didni shakllantiradi. U boshqa estetik jihatdan mukammal bo’lmagan insonlardan tubdan farq qiladi. Ba’zan estetik jihatdan shakllanmagan insonlar shaxsiy gigiyena ko’nikmalarini tozalik, poklik, chiroylilik umumiy talablariga amal qilishmaydi. Natijada kiyinish, xulq-atvor, muomala va munosabatlarda go’zallikka zid bo’lgan ko’nikma, odatlarni o’zlashtiradi. Buning asosiy sababi oilada ota-onalarning o’z bolalarini estetik jihatdan o’z vaqtida to’g’ri tarbiyalanmaganligida deb izohlash mumkin.
Oqibatda ba’zi oilalarda bola hayotida go’zallik tarbiyasida ko’zga tashlanarli nuqsonlar paydo bo’ladi. Bu yesa insonni estetik didsiz, farosasiz bo’lishga olib keladi. Shuning uchun hozir oilada bolalarning estetik tarbiyasini to’g’ri tashkil qilish va takomillashtirish hayotning eng asosiy pedagogik talablaridan va vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Ayniqsa kiyinish, musiqa tinglash, muomala qilish, mehnat, turmush tarzi va milliy xulq-atvor ko’nikma, odatlarini tarbiyalashga yerishish oilada bola estetik tarbiyaning asosiy yo’nalishlarini tashkil etadi. Bakalavr mutaxassislar, ota-onalarning o’zlari tabiiy go’zallik bilan sohta go’zallikning farqiga borishi hamda ularga o’z munosabatlarini bildira olishlari lozim. Shuningdek, ularning bolalar tarbiyasida estetik namunasi, tajribasi va mahorati yuqori bo’lmog’i darkor.
Bolaga kiyinish estetikasini targ’ibot qilish va uni amalga oshirish ota-onalar, o’qituvchilar oldidagi eng asosiy vazifa sanaladi. Albatta buning uchun ota-onalarning, o’qituvchilarning pedagogik madaniyatini va talabchanligini ta’minlash juda muhim va dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.
Ota-onalar, o’qituvchilar bolalarni go’zallik asosida tarbiyalashda turli manbalaridan: musiqa, adabiyot, kino, teatr, video lavhalar, oynai jahon, radio, muzey, tarixiy yodgorlik, haykaltaroshlik, zardo’zlik, gilamdo’zlik kabi estetik manba va vositalardan maqsadli foydalanishi uning samaradorligini ta’minlaydi.
Bolalarda dastlabki estetik tasavvurlarini tarkib topdirishda bolalarning ota-onalar hamda o’qituvchi-o’qituvchilar bilan tarixiy madaniy yodgorliklarga, san’at ko’rgazmalariga, yozuvchilarning uylariga, muzeylarga, tabiat bag’riga va kino-teatrlarga birgalikda borishi va sayohat qilishlari bevosita kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, bolaning ota-onalar bilan qavmu-qarindoshlarga mehmonga borishi, bolalar bilan oynai jahon ko’rsatuvlarini birga tomosha qilishi ularning fikr-mulohazalari, ma’lumotlari va xulosalarining to’g’ri shakllanishiga bevosita yordam beradi.
Ota-onalar oilada bolani estetik tarbiyalash metodikasini bilishlari kerak. Buning uchun avvalo oilada estetik tarbiyalashning shakllari, metodlari va vositalarini bilishlari kerak. Bizningcha ota-onalar oilada asosan bolaning estetik tarbiyasi yuzasidan quyidagi tuzilish va yo’nalishda tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil qilishi maqsadga muvofiq.
Bular: estetik his-tuyg’u, estetik idrok, estetik tasavvur, estetik tushuncha, bilim, ma’lumot, ko’nikma, malaka, odat, ong, fikr, madaniyat va hokazolarni bosqichma-bosqich amalga oshirsalar bola estetik tarbiyasi to’g’ri shakllanadi. Albatta estetik tarbiyaning mazkur tuzilishi bola rivojlanishining turli davrlarida o’ziga xos tarzda kechadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish