Birinchi bob


II BOB. TA’LIMDA ESTETIK TARBIYA BERISHNING MAZMUN, SHAKL VA METODLARI



Download 0,6 Mb.
bet4/13
Sana29.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#590233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Estetik tarbiya

II BOB. TA’LIMDA ESTETIK TARBIYA BERISHNING MAZMUN, SHAKL VA METODLARI
2.1. O’quvchilarning estetik dunyoqarashini shakllantirishning amaliy usullari.
Boshlang’ich ta’limda tasviriy san’at darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalaridan hisoblanib bolalarni milliy va g’oyaviy tarbiyalashda katta axamiyatga egadir. Tasviriy san’at darslarida bolalar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borliqni o`zlashtiradilar. Bu yesa ularni g’oyaviy aqliy-axloqiy estetik jihatdan tarbiyalashdja samarali ta’sir ko`rsatadi. Tasviriy san’at darslari bolalarda estetik Duneqarashni g’oyaviy ye’tiqodni shakllantirishda alohida axamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko`rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik xissiyotni o’stiradi.
Tasviriy san’at tizimiga musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm mansub bo’lib, ularni vujudga kelishi insoniyat tarixining qadimgi davrlariga borib taqaladi. Qadimgi dunyo musavvirlari o’zlarining manfaat va ehtiyojlariga mos bo’lgan timsollar yaratganlar. Qoyalarda tasvirlangan jonivorlar voqyealik hodisalari, hayot manzaralari o’rnini bosardi. Dastlabki tasvirlardayoq estetik zarralar mavjud bo’lsa ham, ular foydali amaliy maqsadlarga bo’ysundirilgan tarzda ifodalangan edi. San’atning endigina yuzaga kelayotgan shakllarida sog’lom his-tuyg’ular, idrok yorqinligi va tiniqligi, kuzatish ziyrakligi namoyon bo’lardi. Bunda insonning o’z atrofidagi olamni qayta yaratishga bo’lgan kuchli intilishi boshlang’ich shakllarda namoyon bo’layotgan edi. Tasviriy san’at foydali amaliy maqsadlar hukmronligidan tobora «xolis»lashib, badiiy faoliyatning ixtisoslashgan shakliga aylanib bordi, bu jarayon esa ko’p asrlarga cho’zilib ketdi. San’atning inson faoliyatining estetik bo’lmagan sohalari bilan chambarchas bog’liqligi qadimgi dunyo, o’rta asrlar, Uyg’onish davri davomida sezilib turadi. Tasviriy san’at o’zining estetik xislati va estetik maqomiga ega bo’lib borgani sari uning ayrim turlari va janrlari ajralib chiqa boshladi. Uning musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm kabi turlari va janrlari asta-sekin mustaqil tasvir ko’lamiga va tasviriy-ifodaviy vositalariga ega bo’la boshladi. Tasviriy san’atning musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm turlari bir-biri bilan bog’liq bo’lib, bu bog’liqlikka ba’zan oshkora, ochiq tarzda amal qilinadi. Ayniqsa, O’rta asr me’morchilik majmualarida badiiy qorishma namoyon bo’ldi. Ularning yashirin, pinhoniy bog’liqligi tasviriy san’atda ilk bor qaror topgan badiiy g’oyalar, aqidalar, yechimlar me’morchilik izlanishlariga ta’sir o’tkazishda namoyon bo’ldi yoki mayin egiluvchan yechimlar musavvirlik rivojiga ta’sir o’tkazadi. Qadimgi davrda haykaltaroshlikning «mayin-egiluvchan» turi asosiy estetik aqidalari, hayotiy o’xshashlik, hamohanglik, mezonlilik aqidalarini aks ettirishga keng imkoniyat yaratib bergan edi. Musavvirlik bu davrda hali uncha ko’p tarqalmagan edi. O’rta asrlarda musavvirlik va haykaltaroshlik me’morchilik maqsadlariga xizmat qila boshladi. Uyg’onish davrida esa tasviriy san’atning barcha turlari ravnaq topgan bo’lib, ular orasida musavvirlik o’zining badiiy izlanishlarida va ilg’or estetik orzularini to’laroq ifodalashni mujassamlashtirgan holda voqyelikni baliiy o’zlashtirishning ustivor shakli bo’lib olgan edi. Ammo Uyg’onish davri musavvirligi alohida maqomga ega bo’lib, unda tasviriy-ifodali ta’minga nisbatan ko’proq mayin-egiluvchan ta’min qaror topgan edi. Tasviriy san’at turlarining bir-biridan farq qilishi ularning har bir voqyelik manzarasini o’ziga xos aks ettirishi bilan belgilanadi, lekin provardida ular tizimga birlashadilar. Musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasmning ifoda vositalari xilma-xil bo’lib, tasvirlanayotgan va ifodalanayotgan narsalar o’rtasidagi chegaralar shartlilik hamda nisbiylikka egadir. Har bir san’at turida tasvir bilan ifoda chirmashib ketgan bo’ladi. Ifodalilik, ya’ni san’atkorning voqyelikka munosabati tasviriy san’atning eng muhim xususiyatidir. Musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasmning umumiy xususiyati tasvir orqali ifoda etishdadir. Musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm san’atning fazoli xillari bo’lib, ular voqyelikni fazoli in’ikos ettiradi. Ularda tasvilanayotgan hodisalar mo’’tadillik xususiyatiga ega bo’lib, bitta voqyea yoki uning bir lahzasini tanlab tasvirlash orqali harakatdagi va rivojlanishdagi hayotning butun murakkabligi va boyligini ko’rsatish qudratiga ega. Ular fazoviy hodisalarni bevosita, vaqt o’lchovidagilarini esa bilvosita tomoshabinda o’y-xayollar va tasavvurlar hosil qilish orqali namoyon qiladi. Tasviriy san’at turlari hayotdagi tuyg’uli va aqliy jarayonlarni aks ettirishda adabiyot va musiqa turlariga yon bergan hamda hayot muhimligi, mo’ta’dilligini, undagi o’lmas va barqaror qadriyatlarni ochib berishda boshqa san’at turlaridan ustunlik qiladi.
Bolalarning yoshi ulg’aygan sari boyib boruvchi hayotiy tajribalari ham muhim rol o’ynaydi. O’quvchilar bevosita o’zlarining tuyg’ularini, dastlabki hayotiy tajribalarini ongli tushunib, ongli anglay boshlaydi, bunda ularni tasvir bilan qiyoslash qobiliyati asta-sekin tarkib topa boshlaydi. O’quvchilarda san’at asarlariga bo’lgan qiziqish va muhabbati bilan e’tiborni atrofdagi rasmlar, haykallarga tortib, boshlang’ich sinflardan, balki bolalar bog’chasidan boshlash juda zarur bo’ladi. O’qituvchi bola e’tiborini tasvirlanayotgan hodisalar, odamlar, hayvonlar ifodaligining boyligiga, rang chatishmasiga, shakllarning plastikligiga doimiy yo’llab, uni asta-sekin idrok etilayotganini baholay bilishi lozim. Bu eng avvalo, bir asardan ikkinchisini afzal ko’rishda namoyon bo’ladi. Bolalar o’zlariga yoqib qolgan, xotiralarida qolgan asarni qayta-qayta namoyish qilinishini so’raydilar. Shunday qilib ularning shodlik, qoniqish hissiyotini uyg’otish orqali bilim darajasi kengaytiriladi, tajribalari boyitib boriladi.
Tasviriy san’at asarlaridan maktabda tarbiyaviy ishlarda keng foydalaniladi. Ular bo’yicha suhbatlar o’tkazadilar, ulardan turli mashg’ulotlarda, jumladan badiiy nutq mashg’ulotlarida foydalaniladi. Bu birinchi marta qahramonlarning yorqin xotirasida qoluvchi obrazlarini yaratgan adabiy asarlarning asosiy g’oyasini olib beruvchi o’zbek xalq milliy musiqasi, o’zbek yozuvchilarining kitoblari, xalq ijodiy asarlari to’plamlaridagi illyustrasiyalaridir. Bu ulardan bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish darslarida keng foydalanish imkonini beradi. Bolalarni e’tiborini rasm mazmuni ham ifodalilik vositalariga ham yo’llash lozim. Chunki u go’zallikni his qilsin va tasvirlanayotganning ahamiyatini anglasin. Tasviriy san’atda nur-soya vositasini voqyelikdagi nur va soya uyg’unligi vujudga keltiradi. Musavvir dunyoning nur-soya boyligini aynan ko’chirmaydi, balki uni sinchkovlik bilan tanlab, ajratadi nur-soya vositasida odamlar, narsalar hamjihatligini, tabiat go’zalligini, havo tiniqligini tasvirlab, voqyelikda nur-soya tovlanishining eng nozik qirralarini namoyon qiladi. Nur-soya dunyoning ko’z ilg’ayotgan narsalarini badiiy yoritibgina qolmay, u musavvir badiiy rejasi mazmunini, uning voqyelikka bo’lgan munosabatini ham ifodalaydi. Ovro’pa tasviriy san’atida buyuk golland musavviri Rembrand nur-soya vositasining tengi yo’q ustasi bo’lgan edi. Uning rasmlari iliq yoqimli yorug’lik pardasidan zaifgina miltirab turganiga qadar hamohangligi bilan uyg’unlashtirilgan. Yorug’lik Rembrand asarlarida kundalik odat, ba’zan xunuk narsa va qiyofalar haqqoniy tasvirining to’lqinlantiruvi go’zalligi oqimiga chulg’anib yo’naltirilgan yuksak olzu-g’oya rolini bajaradi. Musavvirlikning ilk asosi rasmdir. Musavvirlikning naqqoshlik, yodgorlik va dastgohlik ko’rinishlari mavjud. Naqqoshlik aslida me’morchilik bilan bog’langan bo’lib, devoriy suratlarda, birinchi navbatda, suvoq ustiga tushirilgan rasmda ifoda topadi. Musavvirlik asarlari muzeylardagi ko’rgazmalarda namoyish etiladi. U o’zini ko’pqirrali ko’rinishlari (mavzuli surat, rasm, manzara, natyurmort) orqali voqyelik tomonlarini yoritib beradi.
Ifodali san’at turlari tizimiga bezakli-amaliy, me’morchilik va musiqa san’ati turlari kiradi. Yuzaki qaraganda bir-biridan uzoq bo’lgan bu turlarning ularga xos bo’lgan qiyofalari vaqtli mezonda namoyon bo’lishi hamda voqyelikni anglash jarayonida his-tuyg’usiz ifodalanishi birlashtiradi. Bu ijod turlari o’zining g’oyaviy-estetik barcha vazifalarini asosan ifodali vositalar orqali amalga oshiradi.
Bezakli-amaliy san’at turi tasviriy san’at turlariga yaqinroq turadi. Unda ham ravshan ifodalanuvchi tomonlar mavjud. Lekin uning tasviriy san’at asarlaridan farqlanuvchi bir talay jihatlari ham bor. Bezakli-amaliy san’at turi tasviriy san’at turiga amaliy maqsadlarga mo’ljallangan bo’ladi. Ularning badiiy qiymati foydali amaliy qiymatidan kelib chiqadi. Bezakli-amaliy san’at asosan maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan narsa-buyumlarni yaratadi. Nafosat qonunlariga ko’ra, yaratilgan narsa-buyumlar, ya’ni shakl mazmuniga mos narsa, ya’ni buyum yaratishning o’zi san’at asari bo’lolmaydi. Narsa-buyumlar amaliy va estetik xislatlarga g’oyaviy-badiiy ifodalilik qo’shilgandagina bu san’at asari tarzida qaror topadi. Bezakli san’at darajasida ishlangan narsa-buyum, ya’ni san’at asari hamma vaqt muayyan g’oyaviy-badiiy mazmunga ega bo’ladi. Naqsh narsa-buyumning badiiy shaliga aylanishidir. Naqsh moddiy ashyolar bilan, ya’ni narsa-buyum bilan mustahkam va bevosita bog’liq emas. Bitta naqsh xilma-xil narsa-buyumlarni bezab turganligini har qadamda uchratish mumkin. Ko’pincha naqsh geometrik va tasviriy tomonlar vazni almashib turishiga chekilgan bezak ko’rinishida namoyon bo’ladi va qaror topadi. Naqshda tasviriy tomon bo’lishi mumkin (o’simlik yoki jonivor naqshlari), ammo u yordamchi vazifani ado etadi. Naqsh quvonch va qayg’u, osoyishtalik va bezovtalik kabi eng umumiy tuyg’u va kayfiyat holatlarini ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida u yoki bu g’oyaviy-tuyg’uli ohanglar naqshda ustivor darajada namoyon bo’ladi. Xalq hayoti va uning ruhiy holati hamda xususiyatlari geometrik, o’simlik yoki jonivorlar mutanosibliklariga asoslangan yetakchi naqsh ohanglarida ifodasini topadi. O’zbek milliy naqshi azalda aniq san’at bilan bog’lanmagan holda geometrik shakllarning teng tomonligi, vazni va mutanosibligi asosida qaror topgan bo’lib, me’morchilik (masjid, minora, maqbara, madrasa va boshqalar) va amaliy san’at (zardo’zlik, gilamdo’zlik, kulolchilik, duradgorlik, tikuvchilik)da bezak vazifasini bajaradi. Naqsh Islom Sharqi xalqlari madaniyatida, shu jumladan Movarounnahr-da me’morchilik, kitobat san’ati (xattotlik), hunarmandchilikda takomillikka erishib, ilohiy va dunyoviy mazmunga kuchli ta’sir quvvatiga ega bo’lgan edi. Naqsh narsa-buyumning bezakli bo’lishiga xizmat qilish bilan birga o’zi ham mustaqil amal qiladi. Naqsh boshqa san’at turlari, ayniqsa me’morchilik, haykaltaroshlik, kitob rasmi kabilar bilan osongina birikadi va yaxlitlik hosil qiladi. Maktabda bezakli-amaliy san’atda xalq ijodi badiiy hunar sifatida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq saqlanib qolgan. Texnika estetikasi(dizayn)ning vujudga kelishi texnika loyihala-rining maishiy narsa-buyumlar sohasiga ham tadbiq etilishi natijasida texnika va bezakli-amaliy san’at birligi shakllanadi va o’zaro ta’sir o’tkazish jarayonlari yo’lga qo’yiladi. O’quvchilarni nafosat tarbiyasida ham bezakli-amaliy san’atning ahamiyati beqiyosdir. U o’zining amaliy-foydali tomonlari bilan doimiy ravishda estetik ta’sir o’tkazib turadi.
San’at turlari orasida me’morchilik alohida o’rin egallaydi. Me’morchilik inson mohiyatini, yashash muhitini uyushtirishda, uning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etadi. Unda san’at va boshqa faoliyat sohalari o’rtasidagi chegara yo’q. U ikki tomonlama bo’lib, ham moddiy, ham ma’naviy ma’naviyatga taalluqlidir. Me’morchilikning badiiy tomoni amaliy tomoniga bo’ysundirilgan bo’ladi. Me’morchilik badiiy (qiyofali ifoda), avvalo, binolar yoki ular majmuaning ijtimoiy ahamiyatligida ko’rinadi. Bu ham uning badiiy imkoniyatlarini yanada oshiradi va me’morchilikning xususiyatlarini belgilab beradi. Donishmandlar me’morchilikni «qotishma musiqa» yoki «toshdagi doston» deb tariflaganlar. Bular me’morchilikning to’la tavsifini anglatmasa-da uning tabiatini belgilaydi. Me’morchilik musiqaga o’xshab davr qiyofasini ijtimoiy-ifodali ko’rinishda yaratadi. Agar musiqa qiyofa etish orqali idrok etishga mo’ljallangan bo’lsa, me’morchilik ko’rishga mo’ljallangandir. Maktabda me’morchilik asarlarini idrok etish orqali odamlar turmush tarzi, maishiy hayoti va hayot faoliyati xususiyatlarini, ijtimoiy tuzum tabiatini, estetik orzuni u yoki bu davr ijtimoiy ruhiyati va mafkurasini in’ikos etamiz. Me’morchilik hosil qiladigan bilimlar majmuasining ahamiyati shundaki, u odamlarda yaratilgan madaniy muhit, hayot tarzi, fikr va tuyg’ulari to’g’risida tasavvur paydo qiladi. Albatta, o’quvchilarda me’morchilik binolari va imoratlarini qurar ekanmiz, go’yo tarixning «tosh varaqlari»ni ko’zdan kechirganday bo’lamiz, boshqa olamga kirib, uning o’z yaqinligini anglaymiz. Eng muhimi, ular inson bilan mutanosiblikda ifodalanganligini ko’ramiz. Me’morchilik o’zinig hajmlari va turlari (tili) bilan davr va inson haqida boshqa san’at turlaridan ko’ra ko’proq hikoya qilganday bo’ladi. Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Qo’qon shaharlarida bunyod etilgan me’morchilik obidalari ham o’zining mazmundorlik jihatidan jahonning boshqa shaharlari me’morchilik mo’jizalaridan qolishmaydi. O’y-xayol va sog’lom fikr, oddiylik va murakkablik, aniq tuzilish va yorqin ziynat sifatlarining ajib qorishmasida O’rta Osiyo xalqlari hayotidagi betakror va beqiyos davr xususiyatlari yaqqol ifodasini topgan. O’rta asr odami uchun Samarqanddagi Registon va Bibixonim, Shohi-zinda va Go’ri Amir me’morchilik yodgorliklari, birinchi navbatda, tengi yo’q ilohiy qudrat namoyish qilib turgan. Bugungi kunda ham mazkur me’morchilik obidalari, avvalo, o’zining hamohangligi bilan kishini hayratga soladi. An’anaviy minoralar (tikka chiziqlar) maqbaralarning havorang gumbazlari bilan masjid-madrasalar ichki muqarnaslari bilan qo’shilib, barkamol tugallik, umumiy yaxlitlik hosil qiladi. Shunday qilib, me’morchilik ham boshqa san’at turlari kabi voqyelikni yuksak badiiy darajada aks ettiradi. O’z majmui bilan o’z davrining umumlashgan, keng qamrovli va yaxlit qiyofasini namoyon qiladi. Me’morchilik o’zining ko’p yillik tarixida badiiy qiyofasi(tili)ni ishlab chiqqan bo’lib, fazoviylik uning asosini tashkil etadi. Fazoni uyushtirish me’morchilik ifoda vositalarining tarkibiy qismidir. Fazoni uyushtirishdan amaliy va badiiy maqsadlarda foydalanish me’morchilikning musavvirlik va haykaltaroshlikdan tub farqini ko’rsatadi. Me’morchilik (tili) miqdor moddasi hajm, ustki qismi va rangdan tashkil topadi. Ular fazoni uyushtirish, uning g’oyaviy tuyg’usini mazmun bilan to’ydirish kabi yordamchi burch-vazifalarni ham ado etadi. Viloyat maktablarimizda me’morchilikdagi ayrim binolarni, hatto ularning majmuasini yaratishga emas, balki me’morchilik ijodining oliy ko’rinishi bo’lgan shahar bunyod etishga mo’ljallangan. Toshkent, Nukus, Samarkand, Qo’qon, Andijon, Navoiy, Guliston, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlaridagi me’morchilikning eng yaxshi namunalari erkin rejalashtirishga, yaratilgan tabiiy muhitni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, yengil erkin tarzidagi hayot sharoitlarining xilma-xil va doimiy o’zgaruvchanligiga uzviy mos borishi bilan izohlanadi.
Musiqa san’atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqyea-hodisalarni ifodali aks ettiradi, ammo u me’morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o’lchovlari vositasida belgilanmaydi. Balki u eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui o’z xususiyatiga ega bo’lib, inson va voqyelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmagani uchun, eng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg’u va kayfiyatini ko’rolmaydi va ifodalamaydi. Musiqada tasviriy tomon bo’lishi shart emas. Musiqa musavvirlik va haykaltaroshlikdan farqli tarzda dunyo haqida tasavvur emas, balki tuyg’ular kayfiyatini hosil qiladi. Musiqa voqyelikning his-tuyg’uli qiyofasini yaratadi. Musiqada tuyg’ular hayotiy tuyg’ularning aynan o’zi bo’lmay, ular tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai nazaridan anglangan bo’ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatining barcha rango rang tovlanishlarini aks ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg’ular, eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi. Musiqa vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarning o’zgarib turishlari, avjlanishi va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi. Musiqa murakkab ijtimoiy tuyg’ularni, eng avvalo, hayotdagi nutq ohanglarini yoki harakat vaznlari aks etadigan axloqiy (sevgi, nafrat, g’urur, qo’rquv), estetik (san’at yoki tabiat nafosati, ulug’vorlik, fojeali, kulgili) tuyg’ularni ifodalaydi. Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo’lib, u hyech narsa bilan bog’lanmagan. Kayfiyat u tutashgan xususiyatga ega bo’lib, undagi ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqyelikka bo’lgan tuyg’u munosabatini belgilaydigan eng muhim tomonlarini ajratib oladi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg’urish, xayol surish, bardamlik, tushkunlik va shunga o’xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o’zaro bog’liqlikda bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi. O’zbek milliy musiqasining durdonasi bo’lgan «Shashmaqom» dastasi xalqning murakkab tarixi, kechinmalari, zavq-shavqi, qayg’u-hasratlari, orzu-umidlari shu qadar teran, chuqur, nozik, jozibali, ehtirosli ifoda topganki, go’yo shirin xayollar dunyosi bag’riga kirib ketasan kishi. Musiqa inson ichki dunyosining hissiyotli tomonlari bilan birga ma’naviy olamini butunligicha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim xususiyatlarini ifodalash, milliy rux holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa xos bo’lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg’u holatlari voqyelikni in’ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko’rinadi. Milliy rux xususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq musiqaviy ijodi katta o’rin tutadi. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg’ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to’lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo’ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug’orilgan bo’ladi. Musiqada hayot va o’lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqa ham boshqa san’at turlari kabi ijtimoiy hodisadir. Ammo uning ijtimoiy mazmuni niqoblangan tarzda bo’lib, u xalq va maishiy hayot musiqa namunalarida yoki musiqa ijodining so’z bilan bog’liq shakllarida aniqroq ko’rinadi. Musiqa hayotning barcha tomonlarini aks ettira oladi. Bir vaqtning o’zida ham epik, ham lirik, ham dramatik ohanglarda jaranglayveradi. Uning ifodali tabiatiga ko’ra ko’proq lirikaga moyil, lirika esa musiqaning estetik asosini tashkil etadi. Musiqa nafosat olamining insonparvar orzu-umidlarini to’g’ridan-to’g’ri va bevosita aks ettiradi. U insondagi eng yaxshi xislat va fazilatlarni namoyish etishga qodirdir. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi. O’ta o’ziga xos badiiy ifoda «tili»ga ega bo’lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Ohangdorlik musiqaviy ifodaning eng muhim vositasidir. Musiqaviy ohangdorlik inson nutqi ohangdorligiga o’xshab ketadi. Odam o’zining his-tuyg’usini boshqalarga nutqi orqali bildiradi, nutq ohangi ovozning boshlanganligi, pastligi, tebranishi, vazni orqali namoyon bo’ladi. Aytish mumkinki, inson nutqi ohangining ulkan ifoda imkoniyatlari musiqaviy ohangga tabiiy shart-sharoit yaratadi, unda ohang butunlay yangi badiiy sifat oladi. Inson nutqi ohangi musiqa badiiy tilining asosi bo’lib, bastakorning voqyelikka munosabatining musiqali ifoda etilishida vosita bo’lib xizmat qiladi. Ko’p asrlik tajriba nutq ohangi imkoniyatlari insonning musiqaviy sezgirligi va idrokliligini, musiqani idrok etishini vujudga keltiradi. Musiqaviy ifodalash tizimida kuy kishi qalbidagi jonni anglatadi. Kuy musiqaviy fikrni, uning asosiy matnini aks ettiradi. Kuy bir ovozli (sila), ko’p ovozli (pilafoniya) ko’rinishlarga ega bo’lib, Sharq xalqlari musiqasida bir ovozli kuy asosiy o’rinni egallaydi. Hozirgi musiqa ko’proq ko’p ovozli tarzda namoyon bo’layotir. Ko’p ovoz musiqada ham kuy hukmron bo’lib, musiqaviy «til»ning boshqa qismlari zarb, vazn, tebranish, badiiy tizim, kuy orqali namoyon bo’ladi. Musiqa «til»i barcha qismlari uzviy birligi asar shaklini ifodalaydi. Bastakor fikri, tuyg’ulari, tasavvurlari eshituvchilarga musiqaviy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa «til»ini egallashda, uning mazmun mohiyatini anglashda musiqadagi fikrlar, tuyg’ular, kechinmalar boyitilib, o’zlashtirishga keng yo’l oladi. Musiqa san’atida ham shahobchalar-ko’rinishlar tizimi mavjud. Ularga tovushlar hamohangligi: «simfonika», «oratoriya» ovoz va so’z ijrosi ko’rinishlari kiradi. Ko’rinishlar musiqa «til»ining nisbatan turg’un qismlari majmui bilan bog’langan bo’ladi. Shu narsa muhimki, har qanday musiqali ko’rinish qiyofasi bitta ifoda vositasi bilan emas, balki bir necha majmui bilan belgilanadi. Musiqa asarlarining ko’rinishlari muayyan ixtirochilik usullarida ham namoyon bo’ladi. O’zbek musiqa ijrochiligida musiqa asboblarida maqom uchun yozilgan asarlari azaldan mavjud bo’lib, yakka, ikki xonanda jo’r bo’lib ijro etish (maqom) kabi ko’rinishlari mavjud. Har bir musiqa asari ko’rinishi o’zinig betakror imkoniyatlariga ega. Ayni mahalda ularga ma’lum darajada cheklanganlik ham xos. Masalan, nay, rubob, doiraning yakka ijrosi keng qo’llanishlikda sozlar jo’rligidagi maqom(lazgi, tanovor, katta o’yin)ga teng kelmaydi. Ammo nay, rubob ijrosidagi kuyning ham alohida dilkashligi, ruhiy nozikligi, sirdoshligi go’yo har bir eshituvchiga mo’ljallanganligini e’tirof etish kerak. Musiqa madaniyatining boy mazmuni insoniyat yaratgan ko’rinish-shakllarining xilma-xilligi orqali namoyon bo’ladi. Musiqa ijro etiladigan san’atdir. Musiqa san’ati ijro etilishi jarayonidagina jonlanadi, «tilga kiradi». Xalq musiqa ijodida bastakor va ijrochi, ba’zan eshituvchi ham birlashib ketadi. Hozirgi davr musiqa madaniyatida ijrochilik san’ati musiqaviy ijodkorlikning nisbatan mustaqil ko’rinishini olgan. Musiqa san’atning raqs, qo’shiq turlari bilan qo’shilganda yetakchilik qilsa, sahna, kino, «oynai jahon» asarlarida yordamchi vazifani bajaradi. Musiqa inson faoliyatining eng muhim sohalari bilan alohida aloqaga kirishadi, mehnat jarayonlari va marosimlarida qatnashadi. Maishiy hayotning muhim qismi sifatida odamlarni biror maqsad-niyatga safarbar etadi. Ularni yagona tuyg’u atrofida birlashtiradi. Musiqa insonni tarbiyalash vositasi bo’lib, unda yuksak fikr va tuyg’ular, nafosat didi va orzular hosil qiladi. Insonning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi.
Ifodali san’at tizimida raqs san’ati ham muhim o’rin tutadi. Raqs qadimgi zamonlarda vujudga kelgan bo’lib, dastavval u maishiy turmush bilan bog’langan ov, jang, e’tiqod timsollari edi. U birlashtirish, uyushtirishga hissa qo’shgan va uning bu xususiyatlari hozirgi kunda ham xalq raqslarida saqlanib qolgan. Raqs ixtisoslashgan badiiy faoliyatning nozik va murakkab ko’rinishiga, kasb-koriga aylangan, bugungi kunda u san’at turlari bilan hamkorlikda amal qiladi. Raqs musiqasiz namoyon bo’la olmaydi. Musiqa raqs to’qimasidan joy olib, uning his-tuyg’usiga ta’sir etish tizimini belgilab beradi. Kino san’ati teatr bilan ham chambarchas bog’liq, u teatr san’atining muhim belgilarini o’zida mujassamlashtirgan holda badiiy qiyofalar yaratadi. Raqs inson tanasining musiqiy ifodali harakatlari san’ati deyish mumkin, zero, inson tanasining raqs vositasida nafis-mayin harakatini ifodalash imkoniyati uning badiiy qiyofa (til) vositasi, ya’ni asosidir. Musiqa tovushlar ohangdorligi bo’lsa, raqs bu ohangdor va qoidalashgan harakatdir. U ohangli va qoidali harakatlar vositasi orqali insonning ichki dunyosi, uning eng nozik va chuqur kechinmalarini aks ettiradi. Raqsda ifoda ustun darajada namoyon bo’ladi. Tasviriy tomon unga bo’ysunadi. Tasvir raqsda imo-ishora (pantomimo) ko’rinishida aks etadi. Imo-ishora san’ati mustaqil maqomga ega bo’lib, raqs to’qimasiga uzviy bog’lanadi. Raqsda imo-ishoraning ortiqcha o’rin olishi raqsning estetik imkoniyatlari, ba’zan raqs qiyofaliligini pasaytiradi. Hozirgi zamon raqsi bir necha ko’rinishlarga ega; xalq va bazm raqslari, akrobatik, vaznli, imo-ishorali raqslar va boshqalar. Xalq raqslari bir vaqtning o’zida ham san’at turi, ham faoliyat turi tarzida namoyon bo’ladi. Sahna raqslarida ba’zan tasviriy tomon ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ovro’po raqs san’atining oliy ko’rinishi balet raqsi hisoblanadi. Baletda raqs teatr va dramaturgiya (libretta) bilan tarkibiy birlikni tashkil etadi. Balet bir vaqtda ham raqs turi, ham sahna asaridir. Balet badiiy qorishmaning eng murakkab turi hisoblanadi hamda unda musiqa va raqs ta’sir kuchi mujassamlashgan bo’ladi.
Tomosha-qorishma san’at turlari tizimiga teatr, ochiq sahna (estrada), sirk, kino, televedeniya kiradi. Badiiy madaniyatning bu sohalari o’rtasida muayyan farqlar bo’lishiga qaramay, ularga xos bo’lgan umumiy belgilar jihati me’morchilik va rassomchilikdagi qorishma xususiyatlardan farq qiladi. Me’morchilik, musavvirlik, haykaltaroshlikda qorishma o’rni qanchalik katta ahamiyat kasb etmasin, ularning har biri alohida mustaqil san’at turi sifatida namoyon bo’la oladi. Umuman, qorishma san’ati turlarida tarkibiy qorishmaning barcha ko’rinishlari birlashmasi ularning birortasida (kino, teatr, musiqa) mavjud bo’lmaydi. Bu san’at turlari odamlarni birlashtirish, ularni faol hamkorlik va ijodkorlikka tortish qobiliyati, ularga axloqiy-estetik ta’sir ko’rsatishning eng qudratli vositalaridir. Texnika aloqa vositalari, texnik jihozlar taraqqiyotining hozirgi bosqichi tufayli tomoshali qorishma san’at turlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Teatr san’ati fazo va vaqt belgilariga ega, spektaklda juda ko’p fazoviy tomonlar mavjud. Undagi buyum-jihozlar muhiti, sahna bezaklari, kiyim-kechak va nihoyat aktyorning o’zi muayyan fazoli xususiyatga ega. Spektaklda vaqt mezoni ham muhim o’rin tutadi. Sahna asari doimo bir vaqt oralig’ida sodir bo’ladigan alohida harakatni namoyish etadi. Aktyor mahorati teatr san’atining tub va nodir xususiyatidir. Teatr san’atining boshqa qismlari aktyor ijodiga xizmat qiladi. Aktyor sahnada bir vaqtning o’zida ham ijodkor, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi bo’la oladi. Aktyor sahna qiyofasini yaratayotganda dramatik syujetga asoslanadi. Bu o’rinda aktyor san’ati dramatik yaratgan rolni talqin qilish san’atiga aylanadi. Ammo asl san’atkor aktyor uchun dramatik qiyofa yangi sahna qiyofasini yaratish uchun asos bo’la oladi, xolos. Aktyor mazkur rolni har safar ijro etganda uni yangi hayotiy kuzatishlar, o’y-xayollar, ifoda vositalari bilan to’ldirib, sayqal berib, boyitib boradi. Aktyor ijodining mohiyati muallif badiiy rejasiga bo’lgan e’tiqodi, u bilan qo’shilib, qorishib ketishi dramaturg taklif qilgan fikrlar, tuyg’ular, kechinmalar og’ushiga g’arq bo’lib, ularni sahna vositalari orqali namoyon qilishi bilan izohlanadi. Aktyor dramaturg asarini o’zicha qayta «yaratadi», ayni paytda muallifga sherik darajasiga ko’tarilishi ham mumkin. Aktyor so’zlar zamiriga yashiringan mazmunni ochib beradi, matniga o’z talqinicha aralashadi, odamlar va ular hayot tarziga o’z munosabatini bildiradi. Ularning barchasini o’zining ijodiy tasavvurlari bilan boyitadi. Aktyor haqiqiy badiiy qiyofaga aylanib ketishga, uning mavzuga birikib ketishga intiladi. Teatr aktyori ichki va tashqi jihatdan sayqal topgan mahorat, yuksak ovoz-nutq ohangi va mayin egiluvchan madaniyat sohibi bo’lishi kerak. Teatr spektakli ijodiy qayta ishlab chiqilgan san’at asaridir. Aktyor yaratayotgan qiyofalar tufayli har bir spektaklni sahnaga necha marta qo’yilishidan qat’iy nazar, har safar yangi ijod mahsuli kabi namoyon bo’ladi. Tomoshabin teatrda tayyor san’at asarini idrok etibgina qolmay, balki hozir shu yerda bugun sodir bo’layotgan badiiy ijod jarayoni ichida ishtirok etadi.
Teatrning o’zi nima? San’atning boshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi? Qadimdan hozirgacha teatr shakl va ko’rinishlarining qoidaviy xususiyatlari nima? Teatr-yunoncha «tetrin» so’zidan olingan bo’lib, qadimgi yunonlar ommaviy tomosha bo’ladigan joylarni «Tetrin» deb ataganlar. O’sha zamon yunon tomoshagohlari minglab odamlarni bag’riga olar, ular ovoz eshitishni «akustika» qonunlariga rioya qilgan holda yirik shaharlar yaqinida qurilar edi. Sport musobaqalari, gladiatorlar janglari, xudo ma’budlariga odamlar va ma’budlarni qurbon qilish, ommaviy qatl marosimlari kabi vingalar azaldan ko’p odamlar e’tiborini tortib, tomoshaga aylanib ketar edi. Ovro’pa tadqiqotchilari bu tomoshalarning asoslarini «dyunes marosimlari»da ko’radilar. «Sharq va G’arb» kitobining muallifi Fazilat Sulaymonova, o’zbek tomosha san’atining tadqiqotchisi Muxsin Qodirov ilmiy kuzatishlariga ko’ra Eron va Turonda mashhur «Siyovush marosimlari» G’arbda-yunonlarda «Dyunes marosimlari» sifatida almashgan. Lekin G’arbda «Dyunes marosimlari»ning qachon teatrga aylanganligini bilish uchun «o’yin» degan estetik tushuncha mohiyatini anglash zarur bo’ladi. O’yin qadimgi zamonlardan boshlab inson ma’naviy olamida juda muhim o’rin tutgan. O’yin yashash uchun kuch-g’ayrat sarflab, zarur ko’nikma (kuch, epchillik, chidamlilik) hosil qilish vositasi bo’ladi. Bu xususiyat jonivorlarga ham xos. Ammo insonga xos bo’lgan o’yinda ishtirok etayotgan odam o’zini emas, balki qandaydir boshqa bir narsani ifodalaydi. Bunda atrofdagilar mazkur o’yinni kuzatadilar, unda ishtirok etadilar va ruhiy qoniqish oladilar. Bu tarzdagi o’yin «niqobli uyin» ta’rifini olgan. Niqob vazifasini yuzni pardalash (grim) va kiyim kechak bajaradi. Niqob yuzning bir qismini yashirib turadigan alohida bo’yoqlar surtilgan bezakli teri edi. Niqobli o’yinlarning o’z qoidalari hali mavjud bo’lib, unda ijrochi tomoshabinga, tomoshabin ijrochiga aylanib ketadi. Qadimgi katta xalq sayil(karnaval)lari, niqobli tomosha o’yin(maskarad)lari dastavval marosimlar, urf-odatlar tarzida bo’lib, keyinchalik teatr tomoshasiga aylanadi. Bu o’rinda Ovro’po xalqlarida keng yoyilgan karnavallar, maskaradlar aslida Sharq xalqlaridan o’tganligi karnaval-karnay, maskarad-masxara so’zidan olinganini eslatib o’tish lozim. Tadqiqotchilar eng qadimgi teatrni Osiyoda-hind teatri, Ovro’pada-yunon teatri deb tushuntiradilar. Mana shu estetik lazzatlanish (poklanish) hindlarda «rasa», «Abxinavagupta», yunonlarda esa «ktirsis», «Arastu» deb ataladi. Qadimgi hind «bxasa», «kalidasi», qadimgi yunonlarda «Esxil», «Safokl», «Evripid» teatrlarida sahnalashtirilgan ilk dramalar mualliflari tomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan syujetlar, ko’proq xalq rivoyatlari va afsonalariga murojaat etganlar. Qadimgi Turon va Eron masxarabozlari, hind daydi aktyorlari, italyan niqob aktyorlari amalda hyech qanday dramaturgiyadan foydalanishmagan. Ularda o’yin asosan shu zahotiyoq to’qib ijro etib (improvizisiya) tashkil qilgan. Ammo bu tomoshalarda ham sinovdan o’tgan vaziyatlarda foydalanilgan. Tomoshadan tomoshagacha «ko’chib yuruvchi» qaxramon qo’rqoq, quvnoq, mechkay, aldamchi bo’lib qatnashgan. Sa’mo san’ati o’zining butun tarixi davomida adabiyot, musiqa, tasviriy san’at bilan aloqadorlikda rivojlangan. Shu tarixi davomida sa’mo qorishmasining ayrimlari ko’proq yoki kamroq qatnashgan, ammo qorishmaning o’zi o’zgarmas bo’lib qolavergan. Aktyor sahna qorishmasining asosi bo’lib kelgan, hozir ham shunday. Ochiq sahna va sirk san’ati teatr san’atiga yaqin turadi. Ochiq sahna san’atining asosiy xususiyati shuki, u tomoshabin bilan to’g’ridan-to’g’ri va bevosita, yengil va samimiy munosabatda bo’ladi. Ochiq sahna dasturi ichki g’oyaviy-tuyg’usi mazmuni o’yin-kulgi yoki ko’ngil ochish vazifasidan kelib chiqadi. O’zbekiston oynai jahoni va radiosining «minatyuralar teatri», «tabassum», «Nashtar» dasturlari, «Yalla» dastasi ijodkorlari mayin va o’tkir, hajv va zavq-shavqli o’yin-kulgi asosidagi badiiy qorishma yaratib, odamlarga shodlik, yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi. Dorbozlik, qiziqchilik va sirk tomoshasi ham eng qadimiy san’at turlaridan bo’lib, ular keng xalq ommasi e’zoziga sazovor bo’lgan. Sirk san’ati asosini navbat (nomer) mavzusi tashkil qiladi. Bu mustaqil estetik qiymatga ega bo’lib, sirk dasturining tarkibiy qismidir. Sirk tomoshalari xilma-xil san’at turlarini jamlab namoyon qiladi. Shu bois sirk turli yoshdagi va turli did-farosatli odamlarnig sevimli tomoshasi bo’lib qolgandir. Hozirgi badiiy madaniyat tizimida kino muhim o’rin tutadi. Bir vaqtlar ko’cha maydonlarida mohirlik bilan namoyish qilingan o’yin-kulgi va ko’zboylog’ich ko’rinishlaridan boshlab, murakkab hayotiy ziddiyatlar va munosabatlarni aks ettirayotgan kino san’ati XXI asr fan-texnika taraqqiyoti mo’jizasiga aylandi. Maktab o’quvchilarining har tomonlama nafosat dunyoqarashlarini keng ma’noda shakllantirishda kino san’ati faqat ilmiy-texnik taraqqiyot mevasi bo’libgina qolmay, balki fan-texnika namoyon bo’lishining shakllaridan biridir. Kino san’ati «kinematografiya» texnik vositalari (oddiy kinokamera, harakatlanuvchi kinokamera, ovoz, rang, fazoli ovoz, keng ekran, o’ta sezgir kinoplyonka, hajmli tasvir) maishiy hayot sohalarining chuqur qatlamlarini aks ettirish imkoniyatiga ega. Albatta maktabda adabiyot darsi asosiy o’rinlarni egallash bilan birga kinoda ham adabiyot asari kinossenariyga, teatrda-kinoaktyor san’atiga, musiqa va filmning vazn ohangiga aylanadi. Musavvirlik film tasviriy yechimi bo’ladi va hokazolar. Shu tariqa kino qiyofasi o’zida san’atning boshqa xususiyatlarini jamlab, ularning muhim tomonlarini yangi sifat darajasiga ko’taradi. Har bir maktab o’quvchisi o’zining axloqiy tarbiyasini shakllantirishda nafosat tarbiyasini asoslaridan biri bo’lgan kino san’atini durdonalarini keng ma’noda chuqur o’rganishi va shu bilan birga targ’ibot etishi lozim. Ana shu kino san’atiga adabiyot ta’siri juda kuchli. Yetuk adabiy manba yetuk kinofilm yaratish garovidir. Kinofilm yaratish, asarga nisbat qilinganda romanga yaqin turadi. Kinossenariya asosini dramatik to’qnashuvlar va ziddiyatoar tashkil etsada, kino romanga qiyos qilinganda voqyelikni keng qamrovli aks ettirish jihatidan epik adabiyotga yaqinlashadi. Kino san’atida fazo va harakat erkin ifodalanadi, qiyofalar uzoq muddatda rivojlanadi, voqyea va inson ichki dunyosi tabiiy qo’shilib ketadi. Ana shu xususiyatlari bilan u adabiyotning roman janrini eslatadi. Ssenariya yangi adabiy ijod mahsuli hisoblanadi. Maktablarda kino san’ati tasviriy san’atning musavvirlik, haykaltaroshlik, me’morchilik turlaridan ham keng foydalaniladi. Film harakatni tekislikda ifodalaydi. U harakatdagi tasvir san’ati sifatida ham fazo, ham vaqt mezonlariga egadir. Hozirgi kino san’ati bir qator ifoda vositalari orqali vujudga keladi. Masalan, kinoda yorug’lik muallifning voqyelikka munosabatini namoyon qiladi, yaxshi kayfiyatni vujudga keltiradi, hodisaning ichki holati haqida tasavvur hosil qiladi, qahramon ruhiy holati va tuyg’ularini ifodalaydi. Kino san’atida rang tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Rangli film mavzu, mazmuni, badiiy rejasi ta’sirchan quvvatga ega bo’lib, bir necha rang va oq-qora tasvirning o’ziga xos timsollari bor. Hozir rangli kino asosiy o’rin egallab turganligini eslatib o’tish zarur. Kino ovoz bilan tirik. Ovozli kino inson bilan imkoniyatlarni kengaytiradi. Kino va teatr san’atiga ovoz-so’z bir xil maqomga ega emas. Teatrda so’z eng muhim ifoda vositasi bo’lsa, kinoda so’z yordamchi xususiyatga ega. Kino uchun tomoshali harakat eng muhim xususiyatdir. XX asrning ikkinchi yarmida san’atning televedeniya turi ravnaq topdi. Televedeniya ham ilmiy-texnik inqilob mahsulidir. Oynai jahon o’zining ijtimoiy jihatidan kengroq miqyosdagi san’at bo’lib, u siyosiy, ilmiy-texnik, estetik va boshqa axborotni tezkor yetkazib berishni eng muhim vositasi hisoblanadi. Oynai jahon minglab odamlar bo’sh vaqtini uyushtirishga, turmush tarziga ta’sir o’tkazishga qodir bo’lib, u insonning hayotida mustahkam o’rin oladi. Oynai jahon moddiy va ma’naviy madaniyat tarkibida o’ziga xos munosib o’rin egallashga qodir bo’lgan estetik faoliyat turidir. San’at turlari va ko’rinishlarining deyarli hammasi televedeniya bag’riga singib, estetik ta’sir etishning samarali vositasiga aylanmoqda.
Bolalarga quvonch, xayajon baxsh yetgan tabiat go`zalliklar so`z bilan tasvirlab bo`lmas, rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o`zlariga qarab rasm chizish ularni o`ziga xos xususiyatlarni o`rganish orqali darslar bolalarga dunyoni keng va atroflicha qura olishga shuningdek qurish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq va to`liq tushunchalar xosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, proporsiyalari fazodagi xolatlari, rangli va och-to`qli nisbatlari diqqat bilan o`rganadilar.
Tasviriy san’at mashg’ulotlari bolalarning ko`rish orqali milliy g’oyalarni o`stiradi. Ko`z orqali milliy g’oyalarni idrok yetishni o`stiradi. Ko`z orqali idrok yetishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofiq kuzatish qobiliyatlarini tushunamiz, ya’ni narsa va xodisalarni solishtirish, ularning farqi va umumiy tomonlarini Aniqlash, narsalarni shakli va tashqi ko`rinishi klassifikasiyalashni anglaymiz.
Mashg’ulotlar chog’ida bog’cha yoshidagi bolalar­ga tasviriy san’at yordamida estetik tarbiya berishning o’ziga xos xususiyati ularda mana shu mashg’ulotlarda voqyelikni estetik idrok qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Ma’lumki, tasviriy san’at bilan shug’ullanishning rasmiy tomonlari bog’cha bolalariga unchalik qiziqarli yemas. Ularni san’at asarida ko’rsatilgan, ko’z bilan kuzatilayotgan voqea yoki sahnaning ma’nosi va mazmunini izlash qiziqtiradi. Janrli sahnalar, kundalik hayot voqealari («noreal», yertakdagi voqqyealardan ko’ra ko’proq, bunday vokqyealarni bolalar albatta «zamonaviylashtiradilar») va xuddi shu va hatto undan ko’proq darajada tabiat obektlari: barglar, gullar, hasharotlar, hayvonlar hayoti, tabiat xodisalari bolalarning tasviriy ijodi uchun eng qulay obektlardir.
Kichik yoshdagi bog’cha bolalari bilan o’tkaziladigan tasviriy san’at mashg’ulotlarining asosiy vazifasi bo­lalarning buyumlar va tabiat hodisalari tug’risidagi, bizni o’rab turgan voqyelik haqidagi odamlarning hayoti, jonajon mamlakat hakqidagi tasavvurlarini boyitish va aniqlashtirishdan iboratdir.
Bu yoshda san’at bilan shug’ullanish aniq ko’rinib turgan bilish harakterida bo’ladi. Bunda eng muhimi - dalillarni to’plash va badiiy umumlashtirishdan, atrofdagi narsalarning qonuniyatlarini obrazli formada bilishdan iboratdir.
Bolalar tasviriy faoliyatining boshlang’ich davri tasvirlashga va atrofdagi voqealarga «amaliy» munosabat bilan ajralib turadi. Bolalar predmetning tuzilishiga, u qanday qismlardan iboratligiga, qanday ishlashiga, real dunyoda qanday rolni bajarishiga alohida qiziqish bilan qaraydilar. Bog’cha tarbiyakanuvchisining chizgan rasmi deyarli hamma vaqt voqeani tasvirlashdan, shuningdek bu voqeada bolaning o’zining rolini kuzatuvchi sifatida yoki ishtirokchi shaxs sifatida aks yettirishdan iborat bo’ladi. «Amaliylik», bevosita jo’shqinlik bolalarning badiiy materiallarni tanlab olishi va ulardan foydalanishiga ham xosdir. Shu sababli, bir tomondan, mashg’ulotlarda bola­larning voqyelik yelementlariga (shoxcha, barglar, gullar, xilma-xil ro’zg’or buyumlariga) bevosita murojaat qilishiga katta o’rin berilishi kerak. ikkinchi tomon­dan, — «harakat qilishga», ya’ni bo’yash, qirqish, buyum yasash, qurishga imkon beradigan badiiy vosita va materiallar bilan faol ishlashga: muyqalam va buyoqlar (faqat qalamlar bilan yemas) bilan ishlash, narsa yasash, applikasiyalar qirqib yopishtirish, yelimlash, konstruksiyalar yig’ish va boshqalarga katta o’rin berish kerak. Kichik yoshdagi bolalar bilan tas­viriy san’at sohasida mashg’ulotlar o’tkazgan vaqtda an’anaviy «rasm solish» bilan bir qatorda ishning mana shu turlari ham mustahkam o’rin olishi kerak.
Bolalar tasviriy faoliyatining boshlang’ich davri tasvirlashga va atrofdagi voqealarga «amaliy» munosabat bilan ajralib turadi. Bolalar predmetning tuzilishiga, u qanday qismlardan iboratligiga, qanday ishlashiga, real dunyoda qanday rolni bajarishiga alohida qiziqish bilan qaraydilar. Bog’cha tarbiyakanuvchisining chizgan rasmi deyarli hamma vaqt voqeani tasvirlashdan, shuningdek bu voqeada bolaning o’zining rolini kuzatuvchi sifatida yoki ishtirokchi shaxs sifatida aks yettirishdan iborat bo’ladi. «Amaliylik», bevosita jo’shqinlik bolalarning badiiy materiallarni tanlab olishi va ulardan foydalanishiga ham xosdir. Shu sababli, bir tomondan, mashg’ulotlarda bola­larning voqyelik yelementlariga (shoxcha, barglar, gullar, xilma-xil ro’zg’or buyumlariga) bevosita murojaat qilishiga katta o’rin berilishi kerak. ikkinchi tomon­dan, — «harakat qilishga», ya’ni bo’yash, qirqish, buyum yasash, qurishga imkon beradigan badiiy vosita va materiallar bilan faol ishlashga: muyqalam va buyoqlar (faqat qalamlar bilan yemas) bilan ishlash, narsa yasash, applikasiyalar qirqib yopishtirish, yelimlash, konstruksiyalar yig’ish va boshqalarga katta o’rin berish kerak. Kichik yoshdagi bolalar bilan tas­viriy san’at sohasida mashg’ulotlar o’tkazgan vaqtda an’anaviy «rasm solish» bilan bir qatorda ishning mana shu turlari ham mustahkam o’rin olishi kerak.
Estetik zehnni shakllantirish, bular harakatlar (rasm solish, yelimlash, qirqib yopishtirish, konstruksiyalar yiqish bilan birgalikda olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda sayohatlarga hamda shunchaki shahar bo’y­lab va tabiat qo’ynida sayr qilishga, daraxtlar, o’simliklar, gullar, hayvonlarni, shahar va qishloq me’morchiligini, mashinalarni, kiyimlarni, ruzg’or buyumlarini, shu jumladan xalq amaliy - san’ati buyumla­rini, — xullas, estetik zehnni rivojlanishiga va ko’z tassurotlarining va obrazlarning to’rejaishiga yordam berishi mumkin bo’lgan hamma narsalarni naturada (yoki televideniye, fotosurat, kinofilmlar orqali) ko’zdan kechirishga katta o’rin berilishi lozim. Tasvirlash bilan bog’liq maxsus vazifalar orasida asosiysi bolalarning eng ibtidoiy tasvirlash malakalarini va turli rassomlik materiallari va asboblari bilan ishlash ko’nikmalarini egallab olishidan ibo­ratdir. Bu hol bolalarning ifodalash imkoniyatlarini boyitadi, ularning kuchini o’z niyatlarini va kuzatilayotgan xodisalarning muhim belgilarini ongli suratda ko’rsatish uchun ozod qiladi. Ko’pincha texnikaviy qiyinchiliklar bolalarni tasviriy san’at bilan shug’ullanishdan voz kechishga majbur qiladi. Shu bilan birga bolalar ishida tasvirlash sxemasi yaqqol ko’rinib qolmasligi kerakki, bu hol odatda no’noqlik bilan: o’rgatish, bolalarning bilim va malakalarni mexanik tarzda o’zlashtirib olishlarining natijasi bo’ladi.
Bolalarning o’z fikrlarini ijodiy ifodalash im­koniyatlarini jiddiy o’rganish bilan qo’shib olib boradigan yo’nalishni tasviriy san’atni o’qitishda bosh­lang’ich bog’cha o’quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan turli yo’nalish deb hisoblash kerak.
San’at nizomlari va qoidalaridan bexabar bola uchun rasmda soddalik va samimiylik o’z tasavvurlari­ni dadil ifodalash xos bo’ladi. Bu fazilatlarni shaxs ijodiy rivojlanishining garovi sifatida avaylab saqlash, rag’batlantirish va rivojlantirish kerak. Shu sababli o’rgatish kichik bog’cha tarbiyalanuvchisining ijodiy jarayoniga bevosita va qo’pol suratda kirib bormasligi kerak.
Bu jarayonda o’rgatish rivojlanishdan oldinda borib, uning uchun malakalar, ko’nikmalar va bilimlardan tarkib topadigan bazani tayyorlashi kerak. Bola­ning ijodiy imkoniyatlari yuzaga chiqishiga yo’l ochish bilan ayni vaqtda uni navbatdagi qadamni tashlashga, yuqoriroq bosqichga ko’tarilishga tayyorlash zarur. Aks holda bolaning ijodida muqarrar suratda stereotip formalar, syujetlarni takrorlash paydo bo’ladiki, bu formalar tez orada uning o’zining ham me’dasiga tegadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish