Kamchiliklari: plastinalarning elastikligi kam, bir turdagi
tenzoo‘lchagichlarning tavsiflari har xil va to‘g‘ri chiziqli emas.
7.4-§. TEZLIKNI O‘LCHASH
Turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda tezlikni o‘lchash asboblari
keng qo‘llanilmoqda, bu jarayonlarda mashina va mexanizmlar qismlarining
aylanishlar sonini o‘lchash hamda nazorat yoki boshqarish tizimiga berilgan
qiymatdagi aylanishlarga etganda buyruq berish talab qilinadi. Burchak tezlikni
o‘lchovchi asboblar — taxometrlar ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, stroboskopik,
magnitoinduksion, elektrik va elektronli bo‘ladi. Taxometrlar ko‘rsatishlarni
(ma’lumotlarni) masofaga uzatuvchi va ma’lumotlarni bevosita joyda ko‘rsatuvchi turlarda ishlab chiqariladi. Asboblar o‘lchash ob’ektiga ulash usuliga ko‘ra turli xil
tuzilishda yasaladi. Mexanik va stroboskopik taxometrlar avtomatlashtirish
tizimlarida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, shu munosabat bilan mazkur darslikda ular qarab chiqilmaydi. Magnitoinduksion taxometrlar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlaridagi mexanizmlar va mashinalar qismlarining aylanishlar sonini ham mahalliy o‘lchash uchun, ham masofadan o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Masofadan turib o‘lchaydigan magnitoinduksion taxometrlarning ishlash prinsipi ob’ekt valining aylanish chastotasini birlamchi o‘zgartkich tomonidan valning aylanish chastotasiga mutanosib chastotali elektr yurituvchi kuchga aylantirishga hamda uch fazali toklar tizimining aylanuvchi magnit maydonini vujudga keltirish xossasiga asoslangan. Tuzilishi jihatidan o‘zgartkich o‘zgarmas magnitli uch fazali o‘zgaruvchan tok generatoridan iborat. Kuchlanish generatordan ko‘rsatuvchi asbobga keladi, unda esa qabul qilgich (priyomnik) sifatida doimiy magnitlarni aylantiruvchi sinxron dvigatel qo‘llanilgan. Aylanish chastotasining strelkaning burchak siljishiga o‘zgartirish magnitoinduksion o’lchash uzeli (bo‘g‘ini) vositasida amalga oshiriladi, bo‘g‘inning ishlashi esa aylanuvchi doimiy magnitlar magnit
maydonning shu maydoning metall diskka yo‘naltirgan induksion toklar bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida strelka bilan bog‘liq diskning aylanish momenti yuzaga keladi, bu moment magnitlarning aylanish chastotasiga mutanosibdir, disk qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi prujina yordamida muvozanatga keltirib turiladi. Uzoq masofaga uzatmaydigan taxometrlarda mexanizm valining aylanishi doimiy magnitlar o‘rnatilgan asbob valiga bevosita uzatiladi. Magnitoinduksion taxometrlar aylanish tezligini o‘lchashning ishchi oralig‘I doirasida 1% gacha aniqlikda o‘lchashga imkon beradi, shkalaning qolgan qismida esa o‘lchashning yuqori chegarasidan ko‘pi bilan 1,5% aniqlikda o‘lchashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |